Mundarija kirish bob. Istemolchilar elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etish usullari


Download 1.04 Mb.
bet2/18
Sana19.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1602001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dissertatsiya001

Energetik zanjir-energiya oqimining birlamchi energiya resurslaridan to energiyaning iste’molchiga uzatilib,undan foydalanishgacha bo’lgan yo’li tushuniladi.
Energiya tejamkorlik-energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ko’riladigan tadbirlar majmuasi.
Energiya hajmi- mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo’ladigan energiya miqdori.
Energiyadan samarali foydalanish-ijtimoiy,siyosiy,moliyaviy cheklanishlar,atrof-muhit,ekologiya va h.k. larni hisobga olgan holda energiyani iste’molchilarga eng maqbul yo’l bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qo’llash natijasida iqtisodiy foyda olishga erishish.
Energiyani iqtisod qilish-ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarishga sarf bo’layotgan energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir.
Energiyani iqtisod qilishning solishtirma sarflari-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog’ini o’zgartirmagan holda bir yil ichida birlik mahsulot uchun sarf bo’ladigan energiya tushuniladi.
Elektr motorlar va kuch transformatorini ekpulatatsiya qilishda iqtisodiy samaraga bir qancha tadbirlar yordamida erishish mumkin. Masalan mexanizimlarning ishlatish koeffitsientni oshirish, payvandlash qurilmalari va elektr motorlarni salt ishlash holatini kamaytirish, transformatordagi yuklanishini oshirish, yuklamalar grafigini rostlash, kuch transformatorlarining optimal ish jarayonarini topish, quvvat koeffitsientini oshirish va elektr yoritgichlardan foydalanishni yaxshilash kabilardir.
Shunday qilib bizni o’rab turgan dunyo turli ko’rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir. Hozirda ularning ba’zilaridan ya’ni, quyosh energiyasi, yer va oyning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan energiya, termoyadrosintezi energiyasi, yer issiqligi energiyasidan to’laqonli foydalanilmayapti.
Energiya tejamkorligiga e’tiborsizlik, energoresurslarni uzatishdagi o’lchov asboblarining aniq va to’g’ri ishlamasligi,texnologik jarayonlarda energiya istemolining yuqoriligi,elektr qurilmalarini ma’naviy va jismoniy eskirishi tufayli energoresurslar isrofining oshishiga olib kelmoqda [4].



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling