Mundarija kirish bob. Istemolchilar elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etish usullari
Sanoat korxonalarida elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etish bo’yicha ilmiy va amaliy tahlilar
Download 1.04 Mb.
|
Dissertatsiya001
1.3.Sanoat korxonalarida elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etish bo’yicha ilmiy va amaliy tahlilar.
Ma'lumki Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari bugun elektr energiyasining asosiy iste'molchilari sanaladi. Umumiy qiymatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 45% sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonida sarflanadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyaning asosiy iste'molchilari bular kompryessorlar, ventilatorlar, nasoslar va ko'tarma - transport qurilmalar 10kV kuchlanishda, stanoklar, elektr mashinalar 660-380-220V, elektr pechlari, elektr qurilmalar kuchlanishi 1000 V ha ega bo'lgan qurilmalar. 1.3.1-rasm. yirik sanoat korxona energetika xo‘jaligining namunaviy tarkibi: 1 — elektr stansiyalar; 2 — elektr nimstansiyalar va tarmoqlar; 3 — sexlarning elektr qurilmalari; 4 — aloqa va signalizatsiya qurilmalari va tarmoqlari; 5 — elektrovaqt qurilmalari; 6 — elektr jihozlarni ta’mirlovchi sex va ustaxonalar; 7 — bug‘ qozon qurilmalari; 8 — havoni shamollatuvchi va tozalovchi qurilmalar; 9 — gaz hosil qiluvchi qurilmalar; 10 — suv yig‘uvchi va suv bilan ta’minlovchi qurilmalar; 11 — suvni chiqarib tashlovchi, tozalovchi va kanalizatsion inshootlar; 12 — laboratoriyalar (elektrotexnik, nazoratlovchi va o‘lchovchi asboblar va b.); 13 — yoqilg‘i xo‘jaligi. Sanoat korxonalarida elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etishdagi asosiy omillardan biri bu elektr energiya sifat ko'rsatkichlaridir. O'zbekistonda elektr tarmoqlarida energiya sifat ko'rsatkichlari va standartlar ro'yxatdagi barcha turdagi rejimlar uchun quvvat sifati GOST 32144-2013 davlatlararo standarti tomonidan o'rnatilgan. Elektr energiyasining sifat ko'rsatkichlari - chastotali og'ish; - barqaror holatdagi kuchlanish og'ishi; - diapazoni bilan tavsiflangan kuchlanish tebranishlari kuchlanishning o'zgarishi va dozasi; - garmonik komponentining koeffitsiyent - sinusoidal kuchlanish egri chizig'ining buzilish omili; - manfiy ketma-ketlik kuchlanishining muvozanatsiz koeffitsiyenti; - nol ketma-ketlikdagi kuchlanish muvozanatining koeffitsiyenti; - kuchlanishning pasayishi davomiyligi; - impulsli kuchlanish; - vaqtinchalik ortiqcha kuchlanish omili. Elektr yuritmalarni chastota o’zgartkichlar orqali boshqarish har tomonlama samarali usul hisoblanadi.Bunda asinxron elektr motorni silliq ishga tushirish mumkin.Odatda asinxron elektr motorlar ishga tushish paytida normal ishlayotgan vaqtdagi istemol qiladigan elektr energiyasidan 5-6 barobar ko’proq elektr energiya istemol qiladi.Chastota o’zgartkich orqali asinxron elektr motor ishga tushirilganda motor silliq holatda ishga tushadi va elektr energiya istemoli pasayadi. Bu esa energiyani tejash imkonini beradi. Elеktr tizimlarini enеrgiya tеjash masalalarini yеchish doirasida rivojlanishi va rеkonstruktsiyalash esa enеrgiya tizimda elеktr enеrgiyani uzatishni va taqsimlashni optimal sxеmasini bajarish, enеrgiya uzatish liniyalarining yuklamalarini kamaytirish va enеrgiya stansiya qurilmalarining ish rеjimini yaxshilash imkonini bеradi. Rivojlanish hududda elеktr enеrgiya bozorini shakllantirishga olib kеladi. Elеktr enеrgiyani magistral tarmoqlarini modеrnizatsiyalashning hududiy loyihasini amalga oshirishni koʻzda tutadi. Bu loyihalarning barchasi isroflarni qisqartirish, istе'molchilarni enеrgiya bilan ta'minlash sifati va ishonchliligini oshirish imkonini bеradi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling