Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari
-rasm. Globallashuv sharoitida raqobat turlari
Download 85.22 Kb.
|
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org
4-rasm.
Globallashuv sharoitida raqobat turlari6. Turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat munosabatlariga globallashuv quyidagi umumiqtisodiy va bozor omillari orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: ichki bozorlarda raqobat sharoitlarining og‘irlashishi va tashqi bozorlarga chiqish to‘siqlarining kamayishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni istovchi ko‘p miqdordagi sub’ektlarning paydo bo‘lishi; jahon savdosining rivojlanishi va tashqi savdo ishtirokchilari uchun sharoitlarni tenglashtirish yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishi; turli bozorlardagi faoliyatni tez muvofiqlashtirish, o‘zgarayotgan bozor sharoitlariga tez moslashish imkonini beruvchi aloqa vositalarining rivojlanishi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda tashish xarajatlari ulushini pasaytirish imkonini beruvchi transport (konteyner tashish, katta o‘lchamli aviatashuvlar) tizimlarining rivojlanishi; milliy bozorlarga ikki tomonlama kirish imkoniyatini kengaytiruvchi xorijiy investorlarga nisbatan turli mamlakatlar hukumati ijobiy munosabatining shakllanishi; turli mamlakatlar iste’molchilarining mahsulot va xizmatlar iste’moli xususiyatlarining borabarlashtirilishi va boshqalar. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi eng asosiy kuchlardan yana biri fan texnika taraqqiyoti hisoblanadi. Bizning davrimizda ilmiy-texnika taraqqiyoti global ahamiyatga ega bo‘lgan omilga aylandi. Ilmiy va texnologik taraqqiyot ko‘p jihatdan jahon iqtisodiyotining holatini belgilaydi. Keng miqyosda ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar insoniyat hayotini doimiy o‘zgartirib, ishlab chiqarish tizimida, ishlab chiqarish mahsuloti va iste’molda moddiylashadi. Har qanday mamlakatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti, ilmiy-texnikaviy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Texnologik innovatsiya taraqqiyoti ham globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlardan biri bo‘lib, fan-texnika taraqqiyoti darajasi ko‘p jihatdan texnologik innovatsiya taraqqiyotiga bog‘liq. Jahon iqtisodiyotida bugungi kunda jahon eksportining 15% dan ortig‘ini tashkil etuvchi yuqori texnologiyalar va ilmtalab ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘rni ortib bormoqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar bozorida bozorning 80 %ini nazorat qilayotgan AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya mamlakatlarining kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. Ushbu kompaniyalar qatoriga so‘nggi yillarda Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur kabi mamlakatlar kompaniyalari qo‘shilib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalarga aylanayotgan yangi bilimlarni yaratuvchi yirik korporatsiyalarga ushbu mamlakatlar YaIM o‘sishining 70-85% qismi to‘g‘ri keladi. Yirik korporatsiyalar eski tizimdan farqlanuvchi “yangi iqtisodiyot”ni shakllantirgan bo‘lib, uning asosini yangi axborot texnologiyalari tashkil qiladi. Iqtisodiy faoliyat (xo‘jalik hayoti)ning erkinlashuvi ham globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlardan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlarining o‘ziga ham, ushbu jarayonlar oqibatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir harakatlantiruvchi kuch - iqtisodiy hayotni erkinlashtirish, tovarlar, xizmatlar va kapital uchun bozorlarni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan turli ma’muriy to‘siq va cheklovlarni olib tashlash iqtisodiy hayotni baynalmilallashtirishni chuqurlashtirish tendensiyasini mustahkamlaydi. Download 85.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling