Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari
-BOB. MAMLAKATLARI O`RTASIDA GLOBALIZATSIYA ASOSIY YO’NALISHLARI TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Download 85.22 Kb.
|
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org
2-BOB. MAMLAKATLARI O`RTASIDA GLOBALIZATSIYA ASOSIY YO’NALISHLARI TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI.
2.1. Mamlakatlari o`rtasida globalizatsiya asosiy yo’nalishlari tahlili XX asrning ikkinchi yarmida xo‘jalik hayotining baynalminalla- shuvi zamonaviy jahon xo‘jaligi rivojlanishining yetakchi an’anasiga aylandi. Jahon xo‘jaligini global baynalminallashuvining asosiy tendensiyalaridan biri shundaki, ma’lum bir davlat yoki bir necha davlatlar guruhining ta’sir zonasi vujudga kelishidir. Bu davlatlar yoki davlatlar guruhi jahon xo‘jaligi aloqalari ta’sirida o‘ziga xos mintaqalar hosil qilib, boshqa davlatlarni o‘z atrofida birlashtiruvchi integratsion markazlarga aylanib boradi. Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integratsiya o‘z navbatida, bu jarayon ishtirokchilari bo‘lmish davlatlar o‘rtasida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuviga imkon yaratadi. Iqtisodiy integratsiyaga boshlovchi jarayonlarni sxemali tarzda quyidagi o‘zaro bog‘liq zanjir shaklida tasvirlash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi - xalqaro mehnat taqsimoti - ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi - iqtisodiy integratsiya. Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integratsiyaga ikkita omil katta ta’sir ko‘rsatadi: ilmiy-texnik inqilob va transmilliy korporatsiyalarni faoliyati. Jahon xo‘jaligi va XIMda integratsion jarayonlarning rivojlanishi bo‘yicha to‘plangan tajribalar iqtisodiy integratsiya hosil bo‘lishi va rivojlanishining quyidagi to‘rt bosqichi mavjudligini ko‘rsatadi: Tarif va boshqa cheklashlarni bekor qilish bilan erkin savdo zonasini tashkil qilish. Savdo, mehnat va kapital harakatida bir xil tariflar tizimini o‘rnatish bilan bojxona ittifoqini tashkil qilish; Iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bilan diskriminatsiyasiz ishtirokchi davlatlar iqtisodiy ittifoqini tuzish. Yagona iqtisodiy siyosat, umumiy valyuta va davlatdan yuqori turuvchi tartibga soluvchi organlarga ega bo‘lgan to‘liq integratsiya. Oxirgi ikki bosqich o‘z ichida u yoki bu integratsion guruhga xos bo‘lgan tomonlar bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir kichik bosqichlarni jamlashi ham mumkin. Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy integratsiya alohida kompaniyalar va davlatlararo darajalarda ham ro‘y berishi mumkin. G‘arbiy Yevropada iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajada rivojlangan. G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy integratsiyasi obyektiv iqtisodiy jarayonlar bilan bir qatorda V.Gyugo, I.Kant kabi Yevropaning siyosiy, jamoat arboblari va faylasuflari tomonidan olg‘a surilgan yagona qarashlar konsepsiyasi bilan ham keng sug‘orilgandir. G‘arbiy Yevropa integratsiyasi rivojlanishini to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin. Download 85.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling