Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari


Download 85.22 Kb.
bet13/13
Sana13.11.2023
Hajmi85.22 Kb.
#1769754
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org

XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqorida aytib o‘tilgan chora-tadbirlar ichida muhim o‘rin tutishi lozim, buning uchun esa quyidagilarni bajarish zarur:
    • respublikamizdagi eksportchilarning mahsulotini sotish bozorini shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O‘zbekistondagi eksportchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko‘maklashish;


    • chuqur qayta ishlash mahsulotlarini yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi buyumlar ishlab chiqariladigan eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarish sohasi va uning tarkibini takomillashtirish;


    • eksportning intellektual mulk obyektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnika va tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko‘rsatish kabi turini rivojlantirish yo‘li bilan respublikamizda erishilgan fan-texnika yutuqlarining jahon xo‘jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish.


  • ilmiy loyihalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy loyihalarga bozor yo‘nalishini berish uchun sharoitlar yaratish maqsadida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish;


  • innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijoriy qo‘llab- quvvatlashning optimal uyg‘unlashuvining asosiy yo‘llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan natijalar darajasigacha yetkazish;


  • o‘zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi yetakchi institutlar, tashkilot va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;


  • yuqori darajali marketing tadqiqotlari o‘tkazish, tijoratlashtirish va texnologiyalar menejmenti sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi sig‘imi, talabning mavjudligi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo’shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.


Tashqi iqtisodiy faoliyatda erkin iqtisodiy zonalar ham alohida o‘rin tutadi. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyalashuvi, erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirishni taqazo etadi. Ular xalqaro xo‘jalik aloqalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Erkin iqtisodiy zonalar turli mamlakatlardagi xorijiy va milliy tadbirkorlar faoliyati uchun imtiyozli iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan hududlar bo‘lib, ular iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sotsial va ekologik muammolarni yechishta bartaraf etish maqsadida tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar o‘zining faoliyat yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin:


  1. Erkin savdo zonalarida boj bekor qilinadi yoki uning miqdori ancha past bo‘ladi, eksport-import ustidan nazorat bo‘lmaydi.


  2. Eksportga mo‘ljallangan sanoat zonalarida xorijiy kapitalga soliq imtiyozi beriladi, boj puli kamaytiriladi. Bunday imtiyoz milliy kapitalga ham beriladi. Bundan ko‘zlangan bosh maqsad ma’lum joylarda chet el kapitali faoliyatini kuchaytirib, xorijiy texnologiyani joriy etish, eksportni ko‘paytirib valyuta topish yoki import qilinadigan tovarlar o‘rnini bosuvchi boshqa bir tovarlarni ishlab chiqarishdan iborat bo‘ladi.


  3. Bank va sug‘urta zonalari ham erkin iqtisodiy zona turkumiga kiradi. Bunday zonalarda bank operatsiyalari va sug‘urta ishlari uchun imtiyoz bo‘ladi va kapitalning kirib kelishiga qulay sharoit yaratiladi.


  4. Erkin iqtisodiy zonalarning maxsus turi bo‘lib texnologik zonalar hisoblanadi. Bu yerda yangi texnika va texnologiyalarni yaratish uchun imtiyozlar mavjud bo‘lib, ulardan nafaqat xorijiy, balki milliy korxonalar va har xil tashkilotlar ham foydalanadi.


  5. Nihoyat, kompleks xarakterdagi alohida iqtisodiy zonalarda ham savdo, ham sanoat, ham texnologiya ishlari uchun qulayliklar yaratiladi. Bunday zonalar hamma uchun ochiq hududlar deb yuritiladi.


1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.



2 Г.Ленс, http://www.contr-tv/discuss/353



3 Nazarova G.G‘., Xaydarov N.X. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. -T.: TDIU, 2005. 247-b



4 Роцеско С. Глобализация: взаимодействия в рамках многообразия. // Сборник научных докладов «Глобализация и крупные периферийные страны». –Москва: Международные отношения, 2003. – С.45



5 Nаzаrоvа G.G’., Sаliхоvа N.M. Jаhоn iqtisоdiyotining glоbаllаshuvi. / prоf. N.Х. Jumаеv tаhriri оstidа (o’quv qo’llаnmа). –Т.: TDIU, 2011 y. 162-163 b.



6 Nаzаrоvа G.G’., Sаliхоvа N.M. Jаhоn iqtisоdiyotining glоbаllаshuvi. / prоf. N.Х. Jumаеv tаhriri оstidа (o’quv qo’llаnmа). –Т.: TDIU, 2011 y. 162-163 b.



7 Загладин В.В., Фролов И.Т. Глобальные проблемы современности: научный и социальный аспект. – М.: 1981.



8 Филипп Р.Лейн и Джан-Мария Милези-Фиретти. Изучение глобальных дисбалансов // Финансы и развитие (МВФ). – 2006. – март. – С.38-41.



9www.stat.uz



10 www.stat.uz






http://fayllar.org
Download 85.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling