Mundarija kirish Bob. Lizing mohiyati va lizing operatsiyalari turlari
Lizing xizmаtlаri bozori dinаmikаsi vа hаjmi
Download 253.91 Kb.
|
Mavzu Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing bozori ishtirokchilari
Lizing xizmаtlаri bozori dinаmikаsi vа hаjmi
2014 yilning yakuniy natijalariga muvofiq, asosiy sarmoyadagi investitsiyalar tarkibida lizinglar ulushi 2,5 foizni tashkil qildi. Lizingning YaIMdagi ulushi biroz kamayib, 2013 yilda ushbu ulush 0,7 foizdan iborat boʼlgan boʼlsa, 2014 yilda ushbu koʼrsatkich 0,6 foizga tushib qoldi. Biroq YaIMdagi lizing portfelining ulush koʼr satkichi 2013 yilga nisbatan 0,2 foizga oʼsdi va 1,5 foizni tashkil etdi. Yil yakuniga koʼra, avvalgi yilning shu davriga nisbatan yangi lizing operatsiyalari hajmi oʼsish surʼati 2,5 barobarga toʼgʼri keldi. Yaʼni, 2013 yilda lizing hajmi 805,2 mlrd. soʼmga teng boʼlsa, 2014 yilda ushbu koʼrsatkich 21 mlrd. soʼmga ortgan va 826,2 mlrd. soʼmga yetgan. Lizing shartnomasi portfelining jami qiymati 2013 yilga nisbatan 29,3 foizga oʼsdi va 2 trln. 139 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Lizing bozori ishtirokchilari 2014 yil yakunlariga koʼra, lizing bozorining katta ulushi lizing kompaniyalariga toʼgʼri kelib, 71,7 foizga teng boʼldi. Lizing kompaniyalari tomonidan tuzilgan bitimning umumiy miqdori 592,6 mlrd. soʼmdan iborat. Yangi tashkil etilgan kompaniyalar soni 5 tani tashkil etdi hamda 2 nafar lizing beruvchilar Oʼzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat koʼrsatadigan boʼldi. 2015 yil boshiga kelib, lizing beruvchilar soni 88 tani (24 ta tijorat banklari va 64 ta lizing kompaniyalari) tashkil etmoqda. Lizing bitimlarini asosiy vositalarga koʼra taqsimlash lizing xizmati bozori taraqqiyoti dinamik surʼatda tahlil qilinar ekan, asosiy vositalar turi boʼyicha bitimlar diversifikatsiyasi holati yuzaga kelayotganini qayd etish mumkin. 2013 yildan boshlab, qishloq xoʼjaligi texnikasi ulushi kamayib, texnologik uskunalar ulushi oʼsayotgani maʼlum boʼladi. 2014 yil yakunlariga koʼra, lizingga berilgan mulkning tarkibiy qismi oʼrganilganida, narxi boʼyicha yuqori oʼrinlarni egallab kelayotgan lizing obʼekti qishloq xoʼjaligi texnikasi ulushiga toʼgʼri keladi. Lizingga berilgan qishloq xoʼjaligi texnikasi umumiy qiymati 280 mlrd. soʼmdan ortiqni tashkil etdi ( bozordagi ulushi – 34,2 foiz). 2013 yilga nisbatan qishloq xoʼjaligi texnikasi ulushi 2,8 foizga qisqardi. Bu esa 2014 yil I yarim yilligida TTZdan qishloq xoʼjaligi texnikasining yetkazib berilishi bilan bogʼliq vaziyatlar tufayli yuzaga keldi. Texnologik uskunalarning ulushi biroz oʼsdi va 27,7 foizni tashkil qildi, 2013 yil bilan solishtirganda (22,4 foiz). Texnologik uskunalarni lizingga taqdim etishda yetakchilikni qoʼlga kiritayotgan lizing kompaniyalari orasida «Oʼzbek Lizing Interneshnl А.O.» АJ QK (60 mlrd. soʼm), «Oʼzmeliomashlizing» DLK (25,4 mlrd. soʼm) va «Ipoteka-bank» АTIB (13,5 mlrd. soʼm)lar bor. Bitimlarning hududlar kesimidagi holati Respublikada lizing operatsiyalarining hududlar kesimidagi holati bir maromdadir. Аvvalgi yillardagidek, bitim eng koʼp, aniqrogʼi, amaldagi lizing operatsiyalarining toʼrtdan bir qismi tuzilgan hududlar sirasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyati kirmoqda (11,13 foiz). Shuningdek, 2014 yil yakuniga muvofiq, lizing bozori Sirdaryo viloyatida ham faollashgan. Natijada Sirdaryo viloyati kuchli uchlikdan oʼrin egalladi (7,26 foiz). Download 253.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling