Mundarija kirish bob. Nizoli vaziyatlarning o'rganilishi


Nizoli vaziyatlarning konfliktologiyada o'rganilishi


Download 39.49 Kb.
bet3/6
Sana29.01.2023
Hajmi39.49 Kb.
#1139871
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ismoilova

1.2 Nizoli vaziyatlarning konfliktologiyada o'rganilishi.
Konfliktologiya ilmiy bilimlar ichida eng yosh soha hisoblanadi, yani bu fan sotsiologiya va psixologiya ilmlarining asosida rivojlanib kelmoqda. Konfliktologiya oz oldiga yonalish sifatida XX asrning 50- chi yillaridan sotsiologiya ichidan paydo boldi va u «konflikt sotsiologiyasi» degan nomda yuritildi. Bu yonalishning olib borilishi R. Darendorfning (Germaniya) «Sotsialnie klassi i klassovie konflikti v industrialnom obщestve» «Industrial jamiyatda sinfiy konfliktlar va ijtimoiy sinflar» (1957), shuningdek A. Kozerning (AQSh) —
«Funktsii sotsialnix konfliktov» «Ijtimoiy konfliktlarning funktsiyalari»
(1956), nomli ishlari bilan chambarchas bogliq.
Ana shu davrda psixologiya sohasida ham analogik holatlar yuz bera boshladi. M. Sherif, D. Rapoport, R. Doz, L. Tompson, K. Tomas, M. Doych, D. Skott va boshqalarning tadqiqotlari natijasida konflikt psixologiyasi oz oldiga bir yonalish bolib dunyoga keldi.
Konfliktlarni tadqiq qilish konfliktologik amaliyotning rivojlanishiga olib keldi. Bu amaliyotning paydo bolishi XX-asrning 70-yillar avj oldi. Bu davrda Gorovits va Bord-man Konfliktli munosabat vaqtida konstruktiv xulq –atvorga orgatishga yonaltirilgan psixologik trening dasturini ishlab chiqadi. Konfliktologik amaliyotning paydo bolishida konfliktlarning yechimini topishning muzokarali metodikalari alohida orin tutadi (D. Skott; va G. Bouer; G.Kelman va b.). Vositachi-mediator qatnashuvida muzokaralar texnologiyasining ishlab chiqilishi
(V.Linkoln, L. Tompson, R.Rubin va b.) 70-80-yillarda AQShda mediator-mutaxassislarni tayyorlaydigan oquv orinlarini tashkil qilinishiga olib keldi. Bu paytda R.Fisher va U.Yuri tomonidan ishlab chiqilgan «printsipial-muzokara» deb nomlangan Garvard metodi dunyoga tanilmoqda edi.
80-chi yillarda AQShda va boshqa mamlakatlarda konfliktologik markazlar paydo bola boshladi. 1986 yili esa Avstraliyada OONning tashabbusi bilan konfliktlarni bartaraf etishning Xalqaro markazi tashkillashtirildi. Rossiyada bolsa konfliktlarni bartaraf etishga yonaltirilgan birinchi markaz 90-yillarda Sankt- Peterburgda ishga tushgan. Konfliktologiya predmeti. Konfliktologiya predmetiga keladigan bolsak «konfliktologiya» so'zining ma'nosining o'zi, yoki etimologiyasidan malum bolishicha «konflikt haqida ilm» degan fikrga kelamiz. Aniqroq izoh beradigan bolsak quyidagicha tarif berishimiz mumkin:
Konfliktologiya — bu konfliktlarning rivojlanishi, paydo bolish mexanizmlari va qonuniyatlari haqida bilimlar tizimi hisoblanib, shuningdek uni boshqarishning texnologiyasi va prinsiplari haqida fan.
Konfliktologiya sohasining taniqli tadqiqotchilaridan biri V. P. Sheynov o’zining «Konflikti v nashey jizni i ix razreshenie» «Bizning hayotimiz konfliktlari va ularning yechimini topish» degan asarida konfliktlarning uchta formulasini keltirib o'tadi (A, B va V). Konfliktlarning formulalarining amaliy ahamiyati juda katta, chunki ular koplab konfliktlarni tez va oson tahlil qilish va ularni bartaraf qilish yo'llarini topishga yordam beradi.
Shaxslararo konfliktlarga aniq bir izoh berish juda qiyin masala. Lekin, biz konflikt haqida gapirar ekanmiz bizning koz oldimizga ikki insonning dunyoqarashlarining togri kelmasligi natijasida kelishmovchiligi keladi.


Download 39.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling