Mundarija kirish bob. Nizoli vaziyatlarning o'rganilishi


II.BOB. NIZOLI VAZIYATLARDA O'SMIR XULQ-ATVORI


Download 39.49 Kb.
bet4/6
Sana29.01.2023
Hajmi39.49 Kb.
#1139871
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ismoilova

II.BOB. NIZOLI VAZIYATLARDA O'SMIR XULQ-ATVORI
2.1. O'smirlar rivojlanishininh o'ziga xos jihatlari.
Inson ontogenizida o‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan xam xarakterlanadi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi Krizis deb nomlagan. O‘smirlik yoshida ularning xulq–atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq–atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik, yig‘loqilik, kabi xususiyatlar xos. O‘smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o‘ziga xos xususiyati mavjud bo‘lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik, kattalar avtoritetiga bo‘ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini oldindan ayta olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to‘liq baholay olmaslik kabi sifatlar namoyon bo‘ladi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bolishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini uluglab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. 0 ‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.
O'smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bolgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bolishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday boiishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «кегак» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» faqat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «кегак» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O'smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. 0 ‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O'smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
O'smir uchun eng yoqimsiz vaziyat — jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa — ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.
O'smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari — sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘riso‘zlik. Do‘stlik me'yorlarni egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim yutug‘idir.
Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o‘z qiziqishlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir to‘ldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki o‘z tengqurlari orasidan albatta topadi. O'z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. O'zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. O'smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. O'z sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. O'z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shaxsini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u katta bo‘lish huquqi deb anglaydi. 0 ‘smirning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning (ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va «tarbiyasi qiyin» bo‘lgan o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan «tushib qolishlariga» yo‘l qo‘ymaydilar.
O'smir shaxsi xususiyati, bu davrdagi o‘ziga xos jihatlar va xulqiy buzilishlar bilan bog‘liq muammolar G.K.Tulyaganova, N.G.Kamilova, E.I.Ganeyeva, Z.F.Kamaletdinova ishlarida yoritilgan.
G.K.Tulyaganova «Tarbiyasi qiyin» o‘smirlarning motivatsion ehtiyoj doirasidagi qiziqishlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq etar ekan, uning ta’kidlashicha, tarbiyasi «qiyin» O‘smirlar qiziqish sistemasi ko‘p jihatdan ularni qurshagan «muhit» yetakchi ehtiyojiga, yosh xususiyatiga, muomala doirasiga bog‘liqdir, mo‘tadil o‘smirlar tarbiyasi «qiyin»lardan farqli o‘laroq o‘z qiziqishlarini boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Yosh xususiyatiga ko‘ra qiziqishning o‘zgaruvchanligi kichik maktab yoshidan boshlanadi, ularda qiziqishning zaif ifodalanganligi oldingi taraqqiyot bosqichi hosilasidir. G.K.Tulyaganovaning fikricha, 6-sinfdan boshlab tarbiyasi «og‘ir» o‘smirlarda o‘quv jarayoniga nisbatan qiziqish va motivatsiya susayadi, ammo ayrim tarbiyasi og‘ir o‘smirlar o‘quv motivatsiyasi yuksakligi bilan ajralib turadilar.
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda o‘z-o‘ziga baho berishning o‘ziga xos xususiyatlari masalalari N.G.Kamilova ishlarida yoritilgan bo‘lib, ijtimoiy maqbul xulq-atvorni ta’minlashda yordam beradigan o‘z-o‘ziga baho berishning asosiy xususiyati o‘ziga bo‘lgan emotsional-qadriyatli munosabatni belgilovchi, kongruentlik va o‘z-o‘zini anglash bilan xarakterlanuvchi konstruktivlik ekani ta’kidlanadi. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda esa destruktiv o‘z-o‘ziga baho berish xos bolib, bu holat ularning shaxslararo munosabatlar jarayonida o‘z o‘rnini topishiga to‘sqinlik qiladi, turli nizolarni vujudga keltiradi va shaxsdagi xulqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi.
O‘smirlarda integral individuallik va uning rivojlanishida individual uslubning o‘rni masalalariga e’tiborini qaratgan E.I.Ganeyeva ta’lim-tarbiyaviy jarayonida o‘quvchilarda muomala individual uslubi shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlagan. Olimaning tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, individual muomala uslubi o‘smir integral individualligi strukturasining o‘ziga xosligini belgilaydi, ya’ni turli ierarxik bosqichlarining xossalari aloqadorligini determinatsiya qilishda vositachi bo‘g‘in sifatida namoyon boladi.
O‘smir xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlar sabablarini ijtimoiy omillar bilan boglagan V.M. Karimovaning shogirdi A.T.Kadirova o‘smirlarda oilaviy nizolar to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy psixologik mavqeyi, oilaviy munosabatlarga tayyorlik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etadi. Shuningdek, o£smirlarda aniqlangan nizokashlik to‘g‘risidagi tasavvurlar mohiyatan oiladagi o‘zaro munosabatlarga, nafaqat ota-ona bilan, balki aka-ukalar, opa-singillar o‘rtasidagi muomala xarakteriga ham bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.

Download 39.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling