Mundarija kirish bob. Nizoli vaziyatlarning o'rganilishi
Download 39.49 Kb.
|
Ismoilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. NIZOLI VAZIYATLARDA OSMIR XULQ-ATVORI.
- XULOSA...........................................................................................................18
MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................................3 BOB. NIZOLI VAZIYATLARNING O'RGANILISHI............................4 Nizo tushunchasi........................................................................................4 Nizoli vaziyatlarning konfliktologiyada o'rganilishi..................................9 BOB. NIZOLI VAZIYATLARDA O'SMIR XULQ-ATVORI. O'smirlar rivojlanishining o'ziga xos jihatlari..........................................11 O'smirlardagi nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda oila, mahalla va maktabning o'rni.......................................................................................15 XULOSA...........................................................................................................18 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................20 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o‘smirlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o‘zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko‘nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi. Xalq ta’limi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarni axloqiy jihatdan barkamol shaxs qilib shakllantirishdir. Tarbiya jarayonida ayniqsa, o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik, milliy g‘oya va baynalmilalchilik, voqelikka faol munosabatda bo‘lish, o‘rtoqlik, mehnat kishisiga chuqur hurmat hislarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taraqqiyot goyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy jihatdan barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun munosib hayot shart-sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi deb qaraladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosat tufayli ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashgan darajaga olib chiqish, islohotlar taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi insonni voyaga yetkazishning muhim manbai sifatida «Ta’lim haqida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» singari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, talab va maqsadlari aniq belgilab berilgan, hamda ularni amalga oshirish hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi bosqichma-bosqich o‘tkazilishi asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. O‘zbekistonda ijtimoiy tarbiyaning eng oliy maqsadi har bir fuqaroda komil insonga xos fazilatlarni shakllantirishdir. Komil inson deganda biz: «ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan, bilimli, hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, mexanizmlari mavjud. Shuni alohida taokidlash kerakki, o‘smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatlarda anglashilmovchilikni bartaraf qiladi, iliq psixologik iqlimni yaratadi. Hozirgi kunda o‘smirlar taqdiri masalasi g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur. Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling