Mundarija kirish. Bob. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili va baholanishi
Download 331.06 Kb.
|
Ashurov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tannarxning namunaviy kalkulyasiyasi
- Buyurtma tannarxini kalkulyasiya qilishda xarajatlar tahlili va baholanishi.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili va baholanishiKorxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usuli va mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish bilan bog’liqdir. Mahsulot birligiga qilingan material, mehnat va moliyaviy xarajatlarning umumiy summasi mahsulot tannarxi deyiladi. Mahsulot (ish) tannarxini quyidagi kalkulyasiya metodlarining biri yordamida aniqlash mumkin: Xarajatlarning namunaviy kalkulyasiyasi; Jarayonli kalkulyasiya; Normativ kalkulyasiya. Tannarxning namunaviy kalkulyasiyasi maxsus buyurtma, bir tuda tovar va shartnoma tannarxi kalkulyasiyasini ifodalaydi. Tannarxni namunaviy kalkulyasiya usuli kompaniya iste’molchidan kalkulyasiya qilinayotgan mahsulotning bir guruh yoki bir birligini ishlab chiqarish buyurtmasini olganda qullaniladi, masalan, qurilishda, tipografiyalarda, aviasozlikda, mebel fabrikalarida mashinasozlikda, remont ishlarini amalga oshirishda, auditorlik yoki konsultasiya xizmatlarini kursatishda va boshqalar.Kalkulyasiyaning namunaviy metodi buyurtma bajarish hajmiga bog’liq holda uch turga bulinadi: buyurtma tannarxining kalkulyasiyasi; tovar partiyasi (guruhi) tannarxining kalkulyasiyasi. shartnoma tannarxining kalkulyasiyasi. Buyurtma tannarxini kalkulyasiya qilishda xarajatlar tahlili va baholanishi. Buyurtmani bajaruvchi korxonalar mahsus bir martalik tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar. Ushbu holatda firma ommabop ishlab chiqariladigan mahsulot sifat standartidan yuqori mahsulotga bulgan talabni qondirishi kerak. Agarbunday sifatli mahsulot ishlab chiqarmasa, ishlab chiqarishga boshqa korxonalarni jalb qilmasligi va mahsus rejalashtirish va uskunalar bilan shug’ullanmasligi kerak. Namunaviy metodda kalkulyasiya qilinadigan mahsulotlarga qilinadigan xarajatlarni tahlil qila turib buyurtmalarning kalkulyasiya kartochkasida kursatilgan haqiqatda qilingan xarajatlarni dastlabki hisoblar bilan solishtirish kerak. Buyurtmaning kalkulyasiya kartochkasi iste’molchining har bir buyurtmasi buyicha ochiladi va unda quyidagilar kursatiladi; zaxiradan olingan materiallar (buyurtma asosida); ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi (buyurtmani bajarishga sarflangan vaqtni hisobga oluvchi tabel kartochkasi asosida; tug’ri xarajatlar (schyot fakturalar asosida). Buyurtmani bajarilishida kalkulyasiya kartochkasida tug’ri xarajatlarning jami summasi chiqariladi. Bundan keyin bu metodlarning biri asosida ushbu buyurtmaga kiruvchi qushimcha xarajatlar hisoblab chiqiladi. Agar hisobat davrining oxirida buyurtma tugallanmagan bulsa, jami xarajatlar ma’lum bir sanaga kalkulyasiya kartochkasiga yozib quyiladi va u tugullanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Mahsulotning narxi belgilanishga namunaviy usulning tannarx kalkulyasiyasini tug’ri aniqlanishiga bog’liqdir. Mahsulot narxining oshib ketishi buyurtmachilarning qochishiga olib keladi. Buyurtma bajarilishi narxining pasayishi foydaning kamayishiga yoki ushbu buyurtmaning zarar keltirishiga olib keladi. Mahsulot tannarxi yana bir birlik mahsulotga qilinadigan qushimcha xarajatlar ulushining hisobiga, ishlab chiqarish hajmiga ham bog’liq. Ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishi har bir buyurtma mahsulotining narxiga ta’sirini kursatadi. Shuning uchun, buyurtmalar buyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmat kursatuvchi korxonalarda mahsulot tannarxini kalkulyasiyasi tug’ri tuzilishi katta ahamiyatga ega va u asosida mahsulot (xizmat) bahosi aniqlanadi. Download 331.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling