Tannarxni jarayonli kalkulyasiya qilishda xarajatlar tahlili va baholanishi. Ishlab chiqarish xarajatlarning jarayonli kalkulyasiyasi bu sanoatda ommabop mahsulot ishlab chiqaruvchi, lekin jarayon doimo
takrorlanadigan operasiyalarga bulingan, ya’ni uzoq vaqt davomida ommabop mahsulot bir nechta qayta ishlaщ bosqichidan utadigan ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hisoblash metodi. Ularga ximik, neftni qayta ishlash, tekstil, lak-buyoq, tegirmon, rezina texnik metallurgiya, shisha, tog’, sement sanoati korxonalari kiradi.
Jarayonli metod nosanoat sohasida ham qullaniladi, masalan, pochta xatlarini saralashda, uz-uziga xizmat qilish kafelarida va boshqalar.
Jarayonli metodda mahsulot bir jarayondan boshqa jarayonga tuliq tayyor bulmaguncha utaveradi. Tayyorlash jarayoni bilan birgalikda ishlab chiqarish xarajatlarini yig’ilishi jarayoni ham olib boriladi. Har bir texnologik jarayon uchun tug’ri va egri xarajatlar aniqlanishi zarur.
Xarajatlar xuddi kalkulyasiyaning namunaviy metodidagiday aniqlanadi. Hamma material xom ashyo mehnat haqqi uchun tug’ri xarajatlar, shunigdek, ishlab chiqarishning qushimcha xarajatlar hisobga olinadi. Namunaviy metodda egri hisoblangan xarajatlarni katta qismi jarayonli metodda tug’ri xarajat hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini nazorati uchun sarflar, jarayondagi uskunalar amortizasiyasi va boshqalar.
Jarayonli metodning namunaviydan farqi xarajatlar hisobi obyektining tanlanishidadir. Birlik mahsulotning tannarxini aniqlanishi ikkala metodda ham hisoblash yuli bilan aniqlanadi, ya’ni ishlab chiqarishni jami tannarxini ushbu davrda ishlab chiqarilgan mag’sulotlar soniga bulish yuli bilan asosiy farq maxrajning kattaligida. Namunaviy metodda u kichik (masalan, bitta qadaqlovchi mashina), jarayonli metodda esa katta (masalan, ming metr, birlik, kub, galon va h.k.).
Tannarxni normativ kalkulyasiya qilishda xarajatlar tahlili va baholanishi. Tannarxni normativ kalkulyasiya qilishda xarajatlarni tahlil qila turib normativ xarajat va daromadni haqiqiy natija bilan solishtiriladi. Bu korxona faoliyati samaradorligini oshishi va ularning sabablarini aniqlash uchun ishlatiladigan aniqlash maqsudida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |