Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi Mazkur muammoning nazariy asoslari dastlab A.Smit, A.Tyurgo, J.B.Sey, I.Shumpetr, L.Mizes, F.Xayek kabi klassik iktisodchilar tomonidan tadkik etilgan. Shuningdek, Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish muammolarini xal etish yullarini garb va MDX, mamlakatlari iktisodchi olimlari A.I. Agayev, A.V.Busigin, B.A.Rayzberg, V.Radayev, G.Gross, D.G.Gozibekov, J.Filips, L.I.Abalkin, M.G.Lapusta, R.Xizrich, S.Piters kabilar o’z asarlarida yoritgan. Mamlakatimiz iktisodchi olimlaridan A.V.Vaxobov, A.Sotvoldiyev, M.B.X,amidullin, M.Tulaxodjayeva, M.Sh.Sharifxujayev, S.S.Gulomov, X.N.Jamolov, E.Gadoyev, Yu.M.Itkin kabilar o’z asarlarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish masalalari yoritilgan.
Bitiruv-malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yullarini aniqlash va bu bo’yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chikishdan iboratdir.
Ushbu belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi:
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibini o’rganish;
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini shakllantiruvchi xarajatlarni tahlil kilish;
Mahsulot tannarxining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining korxona faoliyatiga ta’sirini tahlil kilish;
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining rentabelligini aniqlash;
Iqtisodiy modernizasiyalash sharoitida Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar berish;
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining korxona umumiy xarajatlari tarkibidagi o’rniga baho berish.
Bitiruv-malakaviy ishining obyekti va predmeti.
Mahsulot ishlab chikaruvchi korxonalar xamda ularning moliyaviy xisobotlari mazkur ishimizning obyekti xisoblanadi. Ushbu sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, uni bugungi kundagi holati va uni yanada kamaytirish yullarini aniqlash mazkur ishimizning predmeti xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |