Mundarija kirish bob. Yevropada ma’rifatchilik davri


-Bob. Yevropada ma’rifatchilik davri


Download 71.58 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.58 Kb.
#1579498
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jahon tarixi Kurs ishi 2023 tekshirildi (2)

1-Bob. Yevropada ma’rifatchilik davri.
1.1 Ma’rifatchilikning Yevropada yoyilishi.
Maʼrifatchilik - madaniyat va maʼnaviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Maʼrifatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishonganlar. Shu nuqtai nazardan mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targʻib qilish qad. zamonlarda boshlangan boʻlsada, oqim sifatida Gʻarbda XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida, Sharqda esa XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida maydonga keldi.
Yunonistonda Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel singari faylasuflar, Qad. Xitoyda Konfutsiy, Oʻrta Osiyoda Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy kabi allomalar fanning ulkan ahamiyatini eʼtirof etib, keng targʻib qilganlar. Ularning gʻoyalari tom maʼnodagi gʻoyalari edi. Gʻarbda ham, Sharqsa ham bir necha umumiy xususiyatga ega boʻlib, diniy aqidapara-stlikka qarshi qaratilgan va turlicha davom etgan. Gʻarb maʼrifatchiligining Volter, Monteskye, Kondilyak, La-metri, Golbax, Didro, Gelvetsii, Mabli, Morelli, Kondorse va boshqa vakillari diniy aqidaparastlikni tanqid qilish bilan cheklanmay, umuman dinga qarshi kurash olib bordilar. Gʻarb maʼrifatchiligi dahriylik xususiyatini kasb etdi, bu uning asosiy belgilaridan biriga aylandi1.
Sharq maʼrifatchiligi umuman dinga qarshi emas, balki diniy aqidaparastlikka qarshi boʻldi. Sharqdagi yirik namoyandalari Ismoil-bek Gasprinskiy, Zakiy Validiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Abdulla Avloniy kabilar diniy aqidaparastlikka qarshi keskin kurash olib bordilar, lekin bu kurash dahriylik mavqeidan emas, moʻʼtadil dindorlik mavqeidan olib borildi. Ularning kupi dindor, baʼzilari esa (M. Behbudiy) diniy ulamo boʻlgan. Gʻarb maʼrifatchiligi zamindorlar va monarxiyaga qarshi kurash bayrogʻi ostida oʻtdi. 1789-yil Buyuk fransuz inqilobish keltirib chiqargan sabablar orasida M. muhim oʻrin tutadi.
Sharq, xususan, Oʻrta Osiyo maʼrifatchilari keskin siyosiy talablarni olgʻa surishmadi. Ular jamiyatni savodli qilish orqali adolatli va farovon turmushga erishmoqchi boʻldilar. Gʻarbda maʼrifatchilar koʻproq tabiiy fanlarga murojaat qilishdi. Chunki yuqorida nomlari zikr etilgan gʻarblik maʼrifatchilarning deyarli barchasi ayni paytda tabiatshunos olim boʻlib, ularning koʻpchiligi tabiatshunoslik rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan. Sharkda faqat tabiiy fanlarga emas, umuman ilm-fanga, sogʻlom fikrga, mantiqqa murojaat qilishdi. Ular xalqni roʻshnolikka chiqarishning asosiy yoʻli — uni savodli qilish, ortiqcha sarfharajatlar talab qiladigan marosimlarga qarshi kurashda deb bilishdi. Shu bilan birga, ular diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda faqat dunyoviy fanlardan emas, Qurʼon oyatlari va paygʻambar hadislaridan ham foydalanishdi, zero ularning koʻpchiligi mu-ayyan diniy bilimlarni ham egallagan edi. Gʻarb maʼrifatchilari cherkov tomonidan taʼqib va tazyiq ostiga olindi. Lekin XVII asr oxiri —XVIIIasr boshlarida Yevropada demokratik muassasalar tarkib topa boshlagani, soʻz erkinligi va vijdon erkinligi tamoyillari amal qila boshlagani uchun cherkov ularga sezilarli zarba bera olmadi. XVII asr fransuz adabiyotining rivoji va o‘ziga xos xususiyatlari ana shu tarixiy davr sharoitlari bilan bog‘liq. «Ma’rifat» so‘zi, keng ma’noda xalqni bilimli, ma’rifatli qilish ma’nosida qo‘llansa, tor ma’noda burjuaziyaning feodalizmga qarshi kurashi avj olgan davrdagi aqliy harakatni ifoda etadi. Ma’rifatchilik adabiyoti – feodal asoslarga qarshi o‘laroq maydonga chiqib, XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Ovrupa mamlakatlari va Shimoliy Amerikada keng yoyilgan g‘oyaviy-mafkuraviy harakat; shu harakat g‘oyalarini o‘ziga singdirgan va targ‘ib etgan adabiyot. Yevropaning turli mamlakatlarida ma’rifatchilikning maydonga kelishi vaqt jihatidan farqlanadi: u dastlab Angliyada yuzaga kelgan bo‘lsa, ijtimoiy shart-sharoitlarning yetilishi barobarida qit’aning boshqa mamlakatlariga yoyilgan va ularning har birida konkret shart-sharoitlar bilan bog‘liq tarzda kechgan. Jumladan, Rossiyada Ma’rifatparvarlik ancha kech – XVIII asrning ikkinchi yarmida maydonga chiqqan; shuningdek, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qator Sharq mamlakatlari, jumladan, Rossiya tarkibidagi turkiy xalqlar yashovchi mintaqalar (Qrim, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiston) da kuzatilgan Ma’rifatchilik harakatlari ham Ovrupa Ma’rifatparvarlari bilan ko‘plab mushtarak jihatlarga egadir.2 Ma’rifatparvarlar uchun aql-idrok bosh masaladir. Ular insonning aqliy faoliyatiga, odamiylik fazilatlariga yuqori baho berganlar. Shu bilan birga, ma’rifatparvarchilik g‘oyasiga yuqori baho berishadi. Ma’lumki, Yevropa XVIII asr ma’rifatchilarining aksariyati “ma’rifatli hukmdor” g‘oyasini ilgari surgan edilar. Fransuz ma’rifatchisi Golbax “Tabiat tizimi” va “Tabiiy siyosat” kabi asarlarida Fransiya erishishi mumkin bo‘lgan siyosiy tizim sifatida konstitutsiyaviy monarxiya haqida fikr yuritib, uning boshida ma’rifatli hukmdor turishi lozimligini ta’kidlaydi3. “Taqdir taqozosi bilan taxtga ma’rifatli, adolatli, mard, xushaxloq hukmdorlar o‘tirishlari mumkin va ular inson boshiga yog‘ilgan balolarning asl sababini bilib, aql ko‘rsatmalari bo‘yicha bartaraf etishga harakat qiladilar”. Badiiy adabiyotda ham o‘z ifodasini topgan bunday g‘oyalarni Volter (“Kandid yoki optimizm”), Monteskyo (“Fors nomalari”), J.Svift (“Gulliverning sayohatlari”), Deni Didro (“Rohiba”), I.V.Gyote (“Faust”, “Gets fon Berlixingen”) va boshqa ma’rifatparvar yozuvchilar ijodida ko‘plab uchratish mumkin. Ma’rifatparvarlar «tabiiy inson haqidagi» konsepsiyasini ilgari surdilar. Ularning fikricha, inson tabiatan go‘zal va yaxshi xulqli, uni faqatgina hayot, yashash sharoiti buzadi. Djon Lokk falsafasi ma’rifatchilarga katta ta’sir o‘tkazdi. Uning «Inson aqli haqida tajriba» (1690) kitobi. Uning fikricha, inson olayotgan barcha bilimlar aql-idrok orqali keladi. Jamiyat hayotida katta o‘zgarishlar kechayotgan davrda esa, ma’lumki, yangicha fikrlaydigan kishilarni tarbiyalash masalasi birinchi o‘ringa chiqadi.

Download 71.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling