Mundarija kirish bob. Yevropada ma’rifatchilik davri


Mavzuning o‘rganilish darajasi


Download 71.58 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.58 Kb.
#1579498
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jahon tarixi Kurs ishi 2023 tekshirildi (2)

Mavzuning o‘rganilish darajasi: XVIII asrga kelib G‘arbiy Yevropa a davlatlari turlicha siyosiy tuzumga ega edilar. Angliyada mutlaq hokimiyat o‘z umrini yashab bo‘ldi. Qirollik hokimiyati siyosatiga ta’sir o‘tkazmaydigan hokimyatga aylandi. (1648–1649 burjuaziya inqilobi). Fransiyada hali mutloq hokimiyat yashamoqda edi. Germaniya mayda knyazlik, gersogliklarga bo‘linib ketgan edi. Italiyada ham Germaniya singari mayda davlatlarga bo‘linish yuz bergan, shimoli esa Avstriya mustamlakachiligi azoblarini tortmoqda edi. Yevropa ilg‘or kuchlarining siyosiy kurashlari, asosan, antifeodal xarakterda bo‘lgani uchun XVIII asr adabiyoti ham, asosan, antifeodal yoki ma’rifatchilik ruhida edi.XVII-XVIII asrlarda Fransiyada ma’rifatchilik davri bo’ldi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ma’rifatparvarlar uchun aql-idrok bosh masaladir. Ular insonning aqliy faoliyatiga, odamiylik fazilatlariga yuqori baho berganlar. Shu bilan birga, ma’rifatparvarchilik g‘oyasiga yuqori baho berishadi. Ma’lumki, Yevropa XVIII asr ma’rifatchilarining aksariyati “ma’rifatli hukmdor” g‘oyasini ilgari surgan edilar. Fransuz ma’rifatchisi Golbax “Tabiat tizimi” va “Tabiiy siyosat” kabi asarlarida Fransiya erishishi mumkin bo‘lgan siyosiy tizim sifatida konstitutsiyaviy monarxiya haqida fikr yuritib, uning boshida ma’rifatli hukmdor turishi lozimligini ta’kidlaydi. “Taqdir taqozosi bilan taxtga ma’rifatli, adolatli, mard, xushaxloq hukmdorlar o‘tirishlari mumkin va ular inson boshiga yog‘ilgan balolarning asl sababini bilib, aql ko‘rsatmalari bo‘yicha bartaraf etishga harakat qiladilar”
Mavzuning davriy chegarasi: Fransiyadagi ma’rifatchilik yuksalishi ya’ni fan, adabiyot va boshqa ma’naviy yuksalish XVII-XVIII aslarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishi mavzusi nazariy uslubiy asoslari: Kurs ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obektivlik prinsiplari asosida tahlil qilindi. Tarixiy va arxeologik manbalardan foydalanish va taqoslash uslul qo’llanildi
Kurs ishining strukturasi:Ikki bob, to’rt paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Download 71.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling