Mundarija: Kirish I- bob. Ma’lumotlarni intellektual tahlili
Download 0.84 Mb.
|
Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish
Yaqinlashish. Agar binar yoki kategoriyali toifadagi o’zgaruvchi qiymati o’tkazib yuborilgan bo’lsa, uni eng oddiy (mod) o’zgaruvchi qiymati bilan almashtirish mumkin. Butun yoki uzluksiz o’zgaruvchilar uchun mediana ishlatiladi.
Hisoblash. O’tkazib yuborilgan qiymatlar o’qituvchi bilan o’qitishni ilg’or algoritmlari asosida hisoblanishi mumkin. Bunday hisoblashlar vaqtni talab qilsada, ular odatda to’liq bo’lmagan qiymatlarni aniqroq bahosiga olib keladi. Sabab shundaki, umuman eng ko’p tarqalgan qiymatlarga yaqinlashish o’rniga qiymatni baholash uchun baholanuvchi yozuv bilan mos keladiganlarigina ajratiladi. O’chirish. Favqulatda holda, boshqa vositalarni ishlatish imkonsizligida to’liq bo’lmagan qiymatlar qatori o’chirilishi mumkin. Bundan tashqari tahlil uchun imkonli bo’lgan ma’lumotlarni hajmini kamaytirmaslik uchun bundan qochiladi. Yana ma’lumot elementlarini istisno qilish alohida (ayniqsa, kam sonli) guruhlarga nisbatan natijalarni buzilishiga olib kelishi mumkin. Kiruvchi ma’lumotlar to’plami qayta ishlanib bo’lingach, tahlilga kirishish mumkin. MIT algoritmlari. Ma’lumotlarni tahlillash algoritmini tanlovi yechishimiz kerak bo’lgan vazifaga bog’liq, u esa o’z navbatida MIT doirasida o’qitishga u yoki bu yondashuvni qo’llash imkoniyatini belgilaydi. Ularning har biri uchun bunday yondashuvlarni qo’llanilishi mumkin bo’lgan algoritmlar to’plami mavjud (4-jadval). 4-jadval MIT asosiy algoritmlari
Vazifa: ma’lumotlarda qonuniyatlarni topish. O’qitish usuli: o’qituvchisiz. Tahlillanuvchi ma’lumotlar to’g’risida qandaydir dastlabki bilimlarsiz ma’lumotlar to’plamida yashirin qonuniyatlarni aniqlash talab qilinganda o’qituvchisiz o’qitish algoritmlaridan foydalanish mumkin. Qanday qonuniyatlarni qidirishni bilmaganimizda va qidirishni algoritmni o’ziga yuklanadigan algoritmlar shunday nomlanadi (5-jadval). O’qituvchisiz o’qitishni asosiy algoritmlarini ko’rib chiqamiz. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling