Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism
Butazor – o’rmon qushlari
Download 0.51 Mb.
|
. Qushlarning umumiy tasnifi
Butazor – o’rmon qushlari
to’ti qush kaptar II.3. Foydali qushlar va ularning ahamiyati Yer yuzida qushlar bo`lmasa, o`simliklarning hammasini hasharotlar yo`q qilib yuborgan bo`lar edi. Qushlarning faqat ba`zilarini nazarda tutmaganda, hammasi umrining muayyan sharoitida foyda yoki zarar keltiradi. Masalan, chug`urchiqlar dalalarda chigirtkani qiradi, tokzorlarda esa uzumni cho`qiydi. Demak, chug`urchiq cho`llarda foyda keltirsa, bog`da zarar keltiradi. Baliqchi qushlar dalalarda zararli hasharotlarning lichinkalarini terib yeydi, daryo va иипko`llarda esa baliq tutadi, lekin ular suv yuziga qalqib chiqqan kasal baliqlarni ko`proq ovlaydi. Bunday baliqlarni ovlab suv havzalarini yaxshilaydi. Bu baliqchi qushlarning foydaliligini ko`rsatadi. Qushlar- umurtqalilar orasida hammadan ochko`zidir. Bu tushunarli. Qushlarning gavda temperaturasi boshqa hayvonlarnikidan yuqoriroq bo`lib, moddalar almashinuvidan ham tezroq bo`ladi. Ovqat esa issiqlik va energiya manbayidir. Ko`pgina ilmiy-ommabop kitoblarda chittak, masalan, o`zining vazni qancha bo`lsa, bir kecha — kunduzda o`shancha hasharotni yeyishi yozilgan. Kakku qush boshqa qushlar yemaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda yeb qo`yadi. Bir gala chug`urchuq esa uya solish davrida (bir oyda) 20 tonnagacha chigirtkani qiradi. Bitta yapaloq qush bir yozda 1000 ta kalamush va sichqonlarni qiradi. Demak, bitta yapaloq qush bir necha sentner bug`doyni saqlab qoladi. Qushlar bolalarini boqayotgan vaqtda zararli hasharotlarni, ayniqsa ko`p qiradi. Hasharotxo`r qushlargina emas, balki donxo`r qushlarning ko`plari ham jo`jasini hasharotlar bilan boqadi. Qushlar to’dasi qirg’oqlarda qimmatli o’g’it – qushlar tezagi qoldiradi, bu tezak qisman suvga yuvilib tushadi, natijada suv o’tlari va qamishlar qalinroq, qirg’oqlarda jiyda changalzorlari o’sib ko’payadi. Qizilishton jo`jalariga bir kecha-kunduzda 300 martaga yaqin ovqat keltiradi. Bog`ga qo`ngan bir juft chittak 30-40 daraxtni zarakunandalardan saqlab qola oladi. Chug’urchuq o’z uyasiga har gal 3 ta chirtka olib keladi. Bu chigirtkalarning har biri 3 gramm keladi. Bir juft chug’urchuq bir kunda jo’jalariga 360 gramm chigirtka beradi. Qush uya qo’yadigan oyda 10800 gramm chigirtka yeydi. 1000 ta chug’urchuq ochgan jo’jalari bilan bir oyda 22 tonna chigitkani qiradi. Ekin maydonida yashaydigan qushlarning ko’pchiligi odamlarning yordamchilaridir. Ular ekinlar hosilini kamaytirib yuboradigan hasharotlarni ko’p qismini yo’q qiladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling