Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism
Qushlarni boqish va o`rgatish. Q
Download 0.51 Mb.
|
. Qushlarning umumiy tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qushlar qonun yo`li bilan qo`riqlanadi.
- Ovlanadigan qushlar
Qushlarni boqish va o`rgatish. Qushlar odamning eng yaqin do`stlaridir. Qushlar nechog`li foydali ekanligini I.V.Michurin yaxshi bilar eda. Shuning uchun u qushlarni turli usullar bilan o`z bog`iga o`rgatar, asrar va boqar edi.
Qushlarning uyasini buzadigan, har bir qushga rogatkadan tosh otadigan bolalar ona tabiatga va yurtimizga katta zarar yetkazadi. Qush uyasini buzish yoki jo`jasini o`ldirish- shu qushning o`ziga va jo`jalariga ovqat bo`ladigan necha o`n minglab hasharotlarning omon qolib xalq xo`jaligiga zarar yetkazishi demakdir. Qushlarni qo`riqlash va tomosha bog’, bog’, poliz va dalalarimizga jalb qilish zarur. Qish qattiq, sovuq kelgan yillarda qushlarga ovqat berib turish zarur. Qushlar uchun sun`iy uyalar tayyorlash, masalan, taxta qutichalar qilib qo`yish zarur. Taxta qutichalarni chumchuqlar egallab olmasligi uchun turar joydan uzoqqa, bog`larga osib qo`yish kerak. Kemiruvchilarni qiradigan yirtqich qushlar uchun baland qo`noqlar qilib qo`yish zarur, ular shu qo`noqlardan o`ljasini poylab yotadi. Darsdan tashqari vaqtda bajariladi: Maktab yonidagi maydonda, bog’ yoki istirohat bog’ida qushlar oziqlanadigan kichkina stolcha qilib qo’yish. Qushlarning ovqatga kelishini kuzatish. Maktabda taxta quticha (uya), kovak uya tayyorlash, qushlar uchib kelguncha uyalarni taxt qilib qo’yish, foydali qushlarni o’ldirmoqchi bo’layotgan bolalarni to’xtatish. Qushlar qonun yo`li bilan qo`riqlanadi. Qushlar uya soladigan vaqtlarda ularni otish ta`qiqlanadi. Mustaqil yurtimizda tabiiy boyliklar, boshqa mamlakatlardagi singari talon-taroj qilinmaydi, balki qo`riqlanadi va to`ldiriladi. Shu haqda, avvalo, maktab o`quvchilari g`amxo`rlik qilishlari lozim. O`quvchilar zoologiyadan olgan bilimlarini amalda tatbiq etib, qushlarni qo`riqlashlari va o`rgatishlari kerak. Agar mamlakatimizdagi hamma o`quvchilar qanotli do`stlarimizni himoya qilsalar, xalq xo`jaligi katta yordam olgan bo`ladi. Ovlanadigan qushlar. Yovvoyi qushlardan ko`pchiligining go`shti mazali bo`ladi, ba`zilarining pari va pati olinadi. Bunday qushlar ko`plab ovlansa, ovlanadigan qushlar deb ataladi. Mamlakatimizda suv havzalaridan turli qushlar: g`oz va o`rdaklar, o`rmonlarda bulduruq, qur va boshqa qushlar ovlanadi. O`zbekistonda qushlar ko`plab ovlanmaydi. Bizda faqat ba`zi qushlar (bedana va kakliklar) ovlanadi. O`zbekistonning hamma yirik daryo vodiylarida va Farg`onaning tog`, o`rmonlarida qirg`ovul ko`p bo`ladi. Qirg`ovul eng chiroyli qushlardan biridir. Qirg`ovul go`shti juda mazali bo`ladi. Qirg`ovul uncha katta qush emas, uning og`irligi 1-2 kg dan oshmaydi. O`zbekistonda qirg`ovullarni ovlash ta`qiqlab qo`yilgan, chunki ular juda kamayib ketgan. Xulosa qilib aytganda, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish to’risida gapirar ekanmiz, o’z chaqiriqlarimizni bevosita insonni o’rab olgan- shahar va qishloqda ekilgan daraxt va gullarga, o’simliklarning madaniy turlariga, xonaki sayroqi qushlar va hokazalarga qaratib qolish bilan cheklanish mumkin emas. Ko’pincha bunda, o’rmonlar, o’tloqlar va hatto cho`llar holidagi tabiat, ularda joylashgan qushlarni ham qo’riqlash talab etilishi unutib qo’yiladi. Ba’zi vaqtda shunday manzarani ko’rish mumkin bo’ladi. Yozda unda- bunda o’q ovozi eshitiladi va tartibni buzgan ovchining o’zini ko’rish mumkin. U endi o’z o’ljasini- bedana, kaptar yoki kaklikni ushlab turibdi. Endi uning tuxumi bilan ishi nima, ular endi uyasida muzlab qotib qoladi yoki ularning jo’jalari tezda o’ladi. Bularning hammasini butunlay boshqacha qilish ham mumkin. Dam olish oramgohlarida va dam olish uylarida dam olish, tog’ va dalalarida yurish va hech qayerda ifloslangan tuproq, suv yoki sindirilgan o’simlik qoldirmaslik shart. Nihoyat, ov qilish ham mumkin, lekin onasi va jo’jalari yoki ojiz bolalarni o’dirmaslik kerak. Inson tabiatda tug’ilganligini unutmasligi lozim, tabiat- onamiz, kattalar va kuchli bolalar onalari haqida qanday g’amho’rlik qilsalar, unga ham oshanday g’amho’rlik qilishlari kerak. Chunki tabiatning hamma bolalaridan faqat inson aqlga ega va bu aql uni eng kuchli qilgan. Bizning g’amxo’rligimiz uchun tabiat o’z o’rmonlarini, dalalar va bog’larini yangiligicha, qushlar chug’ur-chug’urini, suv tozaligini va rang- barang landshaftlar misli yo’q g’o’zalligini saxiylik bilan in’om etgan. Qanotli do’stlarimizni asrab avaylash har birimizning insoniylik burchimizdir. Biz bu insoniylik burchimizni hech qachon unutmaylik. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling