Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism
Download 0.51 Mb.
|
. Qushlarning umumiy tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA…………………………………………………………………………27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.…………………………29 KIRISH
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………...……………..2 I.ADABIYOTLAR SHARXI ……………………………………………………5 II. ASOSIY QISM………………………………………………………..……….7 II.1. Zoologiya darslarida qushlar mavzusini o’qitilishi………………….…7 II.2. Qushlarning umumiy tasnifi………………………………..…………10 II.3. Foydali qushlar va ularning ahamiyati………………………………...20 II.4. Qushlar - biozararlanish manbai……………………………...………24 XULOSA…………………………………………………………………………27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.…………………………29 KIRISH Respublikamizda amalga oshirilayotgan umumta‘lim maktablarini isloh qilish muammosi umumta’lim maktab o‘qituvchisi faoliyatini o‘quvchining bilim olishi, uning qobiliyatini yanada rivojlanishi va shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratib berishga yo‘naltirishni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi har doim kimni o‘qitish, nimani o‘qitish va qanday qilib o‘qitish kerak? degan savollarga javob izlashi kerak bo‘ladi . Bu savollarning to‘g‘ri yechimini topish uchun o‘qituvchi pedagogikaning asosiy qonun va qoidalarini, o‘quv predmetining mazmuni, maqsadi va vazifalarini yaxshi tushunib olishi, o‘qitish metodlari va texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Hozirgi ijtimoiy va ma‘rifiy islohatlar davrida ta‘lim muassasalarida olib boriladigan ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi zamonaviy dastur asosida ta‘lim samarasini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Umumta‘lim muassasalarida amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni shakllari dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalar, uyga vazifa va o’quvchilarning mustaqil ishlaridan iborat. Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quv predmetidagi ayrim mavzularni chuqur o‘rganish, o‘quv predmeti yoki mavzuning eng muhim bo‘lgan qismini metodologik jihatda ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘ladi.Biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqa o‘rnatiladi. O‘quvchilar nisbatan kichik guruhlarga bo‘linib, o‘zaro jonli mashg‘ulot olib borishadi, fikr almashinishadi, o‘z qarashlarini bayon qilishadi. Bunday darslarda o‘qituvchi qo‘yilgan muammoning muhokamasini tashkil etadi va boshqarib boradi; o‘quvchilar fikrini muayyan muammoga jalb etadi O‘qituvchi bu vazifalarni kirish so‘zi orqali aniq va qisqa bayon qiladi. O‘qituvchidan o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, muhokamaga tavsiya etilgan masalaning mohiyati va shaklini aniq bilish, talab qilinadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning mustaqil ish bajarishi va tajriba o‘tkazishi bilan boshqa darslardan farq qiladi. Ularda o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni va ko‘rgazmali vositalar yordamida ishlashni chuqurroq o‘rganishadi. Zoologiya o’qituvchisining qushlar mavzusini o’qitishda ilmiy–metodik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: -Qushlar mavzusini o’qitish jarayonida o’quvchilar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini; - Qushlar mavzusini o’qitish jarayonida o’quvchilarni huquqiy, iqtisodiy, ekologik, sanitariya-gigienik tarbiyalashning mazmuni, metodlari va shakllarini bilishi va amaliyotga qo’llay olishi; - Qushlar mavzusini o’qitish jarayonida o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik printsiplari va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning mazmuni, metodlari va shakllarini bilishi va amaliyotga qo’llay olishi; - Qushlar mavzusining asosiy g’oyalari, maqsadi va vazifalarini aniqlay olish; -Qushlar mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llay olish. Xulоsa qilib aytganda, zoologiya darslarida qushlar mavzusini o‘qitishda, o‘quvchilarning barkamоlligini ta‘minlash, tabiat va ijtimоiy muhitga nisbatan оngli munоsabatini namоyon etishi, falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisоdiy, xuquqiy, axlоqiy, estetik ideallar va e‘tiqоdlar yig‘indisi, shuningdek, mоddiy bоrliq haqidagi qarashlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritish, ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarning bilish faоliyatini faоllashtirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivоjlantirish maqsadida pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalardan o‘z o‘rnida va samarali fоydalanish zarur. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling