Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism
Download 0.51 Mb.
|
. Qushlarning umumiy tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uya qurishi.
- Tuxumning tuzilishi.
- Jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar.
- Nasliga g‘amxo‘rlik qilish.
Juft hosil qilishi. Ko‘pchilik qushlarning erkagi va urg‘ochisi ko‘payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko‘pchilik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg‘ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg‘ochisini taklif etadi. Karqurlar va
qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahs qilish uchun to‘planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o‘rtasida qisqa muddatli jang ham bo‘lib o‘tadi. Uya qurishi. Ko‘pchilik qushlar tuxum qo‘yish uchun uya quradi. Uyalarning shakli va tuzilishi juda xilma-xil bo‘ladi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go‘ngqarg‘alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o‘rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o‘rdak va turnalar yerda uya quradi. Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo‘ladi. Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o‘rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po‘chog‘iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me’yorda isishi uchun ularni oyog‘i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya’ni qush tanasi yaqinida turadi. Jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘ladi; jo‘jalar ko‘p o‘tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular jo‘ja ochadigan qushlar deyiladi. Nasliga g‘amxo‘rlik qilish. Qushlarning nasliga g‘amxo‘rlik qilishi tuxum bosish, jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmaniga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug‘urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo‘ja ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tug‘ilganida tovush bilan jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich hayvonning e’tiborini o‘ziga tortish va jo‘jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo‘jalarini chaqirib oladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling