Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism


Download 0.51 Mb.
bet7/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1047884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
. Qushlarning umumiy tasnifi

Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi to‘rt kamerali: ikkita yurak bo‘lmasi va ikkita qorinchadan iborat. Shuning uchun arteriya va vena qoni tamoman ajralgan bo‘lib, yurakdan tanaga kislorodga boy arteriya qoni keladi. Qushlar yuragining ishlashi ularning harakatlanishi bilan bog‘liq. Masalan, kaptarning yuragi tinch turganida 165 marta, uchganida
esa 550 marta qisqaradi. Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar organizmida juda tez kechganidan, ularning tana harorati o‘rtacha 42°C ni, ayrim qushlarniki hatto 44,5°C ni tashkil etadi.
Sezgi organlari. Qushlarning ko‘zi juda yaxshi rivojlangan. Ayrim qushlarning ko‘zi odamnikidan 100 marta o‘tkirroq bo‘ladi. Ularrangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydi.
Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi ancha yirik va murakkab
tuzilgan (86-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miyaning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan bog‘liq. Qushlarning miyachasi po‘stlog‘ida burmalar ko‘p bo‘ladi.

Ularning xilma-xill murakkab harakatlari miyacha bilan bog‘liq. Lekin ularning ko‘pchilik xatti-harakatlari (urchish, uya qurish, tuxum bosish, bola boqish) tug‘ma instink hisoblanadi.
Qushlarning hayoti davomida ham turli xil shartli reflekslar hosil bo‘lib turadi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo‘jalar dastlab ko‘zga ko‘ringan hamma narsani cho‘qib ko‘radi. Keyinchalik ular yeb bo‘ladigan va yeb bo‘lmaydigan narsalarni farq qilishni o‘rganadi; o‘z egasini taniydigan, uning ovoziga e’tibor beradigan bo‘lib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo‘l topish xususiyati ham
yaxshi rivojlangan. Bu xususiyat qushlarning uchib ketishi va uchib kelishida katta ahamiyatga ega. Qushlar turli tovushlar yordamida o‘zaro aloqa qiladi. Ular
sayrash bilan birga notinchlik, qo‘rqinch, chaqiriq kabi holatlarni bildiruvchi tovushlar chiqarib, o‘z turi individlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Qarg‘a, mayna, qorayaloq va, ayniqsa, to‘tilar ayrim so‘zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi mumkin.
Ko‘payish davri. Qishki sovuq kunlar o‘tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko‘payishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o‘rtalarida ko‘payishga kirishadi. Qushlarning ko‘payish davri tuxumdan chiqadigan jo‘jalar uchun oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling