Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va o‘rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo‘ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo‘ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlarning bahorda o‘z vatanlariga uchib kelishi ko‘payish instinkti bilan bog‘liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlarning qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal bo‘ladi.
Qushlarning uchib ketish yo‘lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlarning yo‘l topishida quyoshga qarab mo‘ljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki ko‘pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduzlarga qarab yo‘l topishi aniqlangan. Ayrim qushlar yer magnit maydonining o‘zgarishini qabul qilishi ham mumkin.
Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo‘li, tarqalishi va umr ko‘rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog‘iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydirilib uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko‘rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash orqali O‘rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada;
bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg‘ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan.
Qushlarning xilma – xilligi va turlar sonini ko’p bo’lishiga sabab:
Oziqlanishi .
Yashash sharoiti.
Qushlar ozuqasi turlariga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi
Yirtqich
O’laksaxo’r
Baliqxo’r
Hashoratxo’r
Donxo’r
Mevaxo’r
Qushlar yasash sharoitiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |