Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism
II.4. Qushlar - biozararlanish manbai
Download 0.51 Mb.
|
. Qushlarning umumiy tasnifi
II.4. Qushlar - biozararlanish manbai
Yuqori umurtqali hayvonlarni biozararlanishdagi ishtirok faoliyati nuqtai nazaridan xarakterlaganda, biz bir tomondan ularni evolyusion taraqqiyotidagi yuqori holatini, biotsenotik jarayonlardagi katta ahamiyatini, boshqa tomondan biosferadagi alohida о‘rnini inobatga olishimiz zarur. Shu bilan bir vaqtda ta’kidlash zarurki, biozararlanishlar manbai sifatida asosiy rolni qushlar sinfining shunday vakillari bajarayaptiki, ular ichida alohida turkum, oila va avlod vakillari mavjuddir. Asosiy biozararlantiruvchi turlar amaliy jihatdan doimo ommaviy, sinantrop, kosmopolit tarqalgan, о‘zining miqdoriy jihatidan esa kо‘p sonli, progressiv xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning bilan bir qatorda ularni birlashtirib turuvchi xarakterli xususiyatlari yana shundan iboratki, qushlar odatda zararlantiradigan obyektlarni biologik maqsadlar uchun foydalanmaydilar, shuning uchun ham ularning bu zararidan obyektlarni himoyalashda qushlarning fe’l-atvoriga ta’sir etuvchi etologik vositalardan foydalanish lozim. Yer kurrasida uchraydigan qushlarning 8800 turidan taxminan 1%, ya’ni 100 yaqin turi biozararlantiruvchilar hisoblanadi. Ular xom ashyoga, materiallarga, texnika va inshootlarga zarar yetkazadi. Bir xil turlar muntazam sur’atda samolyotlar bilan tо‘qnashadi, boshqalari elektr uzatish liniyalari ustunlaridan uya qurish va kо‘payish davrining keyingi pallalarida, hamda dam olish uchun foydalanish davomida energotarmoqlarda avariyalar keltirib chiqaradi, uchinchilari axlatlari bilan xiyobonlar, kо‘chalar, yodgorliklar, binolar, ishlab chiqarish korxonalarini ifloslantiradi, metallar korroziyasini kuchayishini tezlashtiradi. Respublikamiz hududlarida biozararlantiruvchi turlarga qoravoylar, qarqaralar, laylaklar, kо‘l baliqchisi, kulrang baliqchi qush, kumushsimon baliqchilar, kо‘k kaptarlar, qumrilar, g‘urraklar, kurkunaklar, qaldirg‘ochlar, chug‘urchiqlar, qarg‘alar, chumchuqlar kiradilar. Ular kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, rjankasimonlar, kaptarsimonlar, uzunqanotlar, kо‘kqarg‘asimonlar, chumchuqsimonlar turkumlarining vakillaridir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling