Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism


Qushlar zararlantiradigan obyektlar


Download 0.51 Mb.
bet14/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1047884
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
. Qushlarning umumiy tasnifi

Qushlar zararlantiradigan obyektlar. Materiallar, texnik qurilmalar, me’morchilik va sanoat inshootlari, yodgorliklar, obidalar, va nihoyat xom ashyo resurslari yetishtirish, saqlash, ularni transportirovka qilish, qayta ishlov berish bosqichlarida qushlar tomonidan zararlantirish kabi qator amaliy jahatdan salbiy muammolarni qamrab olgan. Quyida shularning eng muhimlariga tо‘xtalib о‘tamiz.
1. Qushlar teri - mо‘yna buyumlarini bilvosita zararlantirishda ishtirok etib, ularni sifatini pasaytiradi. Chorva fermalarida hayvonlarga tegishli oziqaning bir qismini yeb, jiddiy zarar keltirishini ham aytib о‘tish о‘rinlidir. Bu zarar asosan ola qarg‘alar, maynalar, chumchuqlar tomonidan yetkaziladi. Negaki, mо‘yna fermalarida ayniqsa qish faslida oziqa miqdorining mо‘l-kо‘l bо‘lishligi qishlovchi qushlar populyatsiyasini bunday obyektlar о‘ziga kо‘proq jalb etadi. Chorva fermalari sharoitida ularni chо‘chitib haydash juda qiyin, butunlay yо‘qotish esa undan ham qiyinroq kechadi. Qanchalik darajada samarali chо‘chitib haydash usullari qо‘llanilmasin qushlar bunday joylarga tez-tez galalashib turadi va mо‘ynali hayvonlar uchun beriladigan oziqaga sherik bо‘ladi. Lekin, qushlarning (qarg‘alar) bir qismini tutish va otish yо‘li bilan sonini qisqartirish katta samara bermaydi, chunki qushlar soni atrofda yashayotgan populyatsiya hisobidan tezda tiklanadi. Garchand bu yetkazilayotgan zararlarni miqdoriy kо‘rsatkichlarini hozircha baholash qiyin bо‘lsa ham, uning ancha yuqori ekanligiga shubha yо‘q. Chorva fermalari sharoitida hozirgacha qushlar zararini kamaytirishning samarali chora tadbirlari mavjud emas. Bu borada birdan bir eng istiqbolli usullardan biri о‘rgatilgan yirtqich qushlardan foydalanish mumkin.
2. Qushlarning energetik qurilmalardagi ziyoni. О‘zbekiston sharoitida oq laylaklarning yuqori kuchlanishli elektr ustunlariga uya qо‘yishlari Farg‘ona vodiysi elektr tarmoqlari ishiga juda katta zarar yetkazmoqda. Masalan, faqatgina Namangan elektr tarmoqlari korxonasida 1994 yilda oq laylaklarning uya qо‘yishlari tufayli 92 marotaba qisqa tutashuvlar sodir etilgan. Shundan 40 tasi oq laylaklarning suyuq axlatlari orqali, 52 tasi esa bevosita oq laylaklarning о‘zlari orqali yuzaga kelgan. 1995 yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylari ichida 4 marotaba ana shunday qisqa tutashuvlar qayd etilgan. 1995 yil 25 mayda Namangan viloyatining Pop tumani hududigagi “Obi hayot” stansiyasidagi oq laylaklar tomonidan yetkazilgan moddiy zarar bir necha о‘n ming sо‘mni tashkil etdi (Jabborov, Mamashukurov, 1997).
3. Qushlarning qishloq hо‘jaligidagi roli. О‘zbekistonda qushlarning qishloq xо‘jaligi tarmog‘idagi roli yechimini topish zarur bо‘lgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. О‘zbekistonda turli-tuman ekinlarni ekilishi (erta bahor, yoz va kuz mavsumlarida) qushlarni о‘ziga deyarli butun yil bо‘yi jalb qiladi va qishloq xо‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan qush turlari tarkibini turli-tumanligi, ular tomonidan keltirilayotgan zarar darajasi va hajmi sezilarli ekanligi bilan xarakterlanadi. Masalan, A.K.Sagitov va S.B.Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga kо‘ra, gо‘ngqarg‘alarning qishloq xо‘jaligiga keltirayotgan g‘oyat katta foydasidan tashqari ba’zi bir hollarda zarar yetkazishlari mumkinligi ham kuzatilgan. Kuzgi va bahorgi bug‘doy ekish davrida gо‘ngqarg‘alar yerdan urug‘larni chо‘qilab chiqarib tashlaydi. Oktabr oyida g‘alla ekilgan dalada 5 gо‘ngqarg‘a oshqozoni tekshirilib kо‘rilganda, ularning har biri 228 bug‘doy doni bо‘lganligi aniqlangan (Sagitov, 1959). Ekin maydonlarida gо‘ngqarg‘alar xush kо‘rib oq jо‘xori va makkajо‘xori donlari va maysalari bilan oziqlanadi. Ba’zan ular g‘о‘zaning yosh maysalarini yerdan sug‘irib olish holatlari ham kuzatiladi. Samarqand viloyati Kattaqо‘rg‘on tumani g‘о‘za maydonlarida ovlangan bir gо‘ngqarg‘aning oshqozonidan 25 dona chigit topilgan.
XULOSA
Zoologiya o’qituvchisining qushlar mavzusini o’qitishda ilmiy–metodik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar:
-Qushlar mavzusini o’qitish jarayonida o’quvchilar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini;
- Qushlar mavzusini o’qitish jarayonida o’quvchilarni huquqiy, iqtisodiy, ekologik, sanitariya-gigienik tarbiyalashning mazmuni, metodlari va shakllarini bilishi va amaliyotga qo’llay olishi;
- Qushlar mavzusini o’qitish jarayonida o’quvchilarni milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, mustaqillik printsiplari va ona-Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalashning mazmuni, metodlari va shakllarini bilishi va amaliyotga qo’llay
olishi;
- Qushlar mavzusining asosiy g’oyalari, maqsadi va vazifalarini aniqlay olish;
-Qushlar mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llay olish.
O’quvchilar ongiga qushlar mavzusini singdirishda turli xil metod va ko’rgazmali vositalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Jumladan hikoya, suhbat, maruza, ko’rgazmali, amaliy va kuzatish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Qushlar bu katta bobni tashkil etadi. U bir qancha mavzulardan tashkil topgan. O’qituvchi har bir mavzu uchun yillik taqvimiy reja asosida mavzuli reja tuzib chiqishi kerak.O’qituvchi har bir mavzu uchun tuzadigan konspegida quyidagilar e’tiborga olinishi kerak:

  1. Darsning maqsadi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari;

  2. Darsda qo’llaniladigan metodlar;

  3. Dars jihozlari.

  4. Darsning borishi: tashkiliy qism;

  5. Yangi mavzu bayoni;

  6. Uyga topshiriqlar:

Qushlar mavzusini yoritishga xizmat qiladigan ko’rgazmali vositalar yetarli bo’lgan taqdirdagina ularni boshqa guruh hayvonlari bilan o’zaro taqqoslashi, ulardagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlay olishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi tarqatma didaktik materiallar tayyorlashi zarur. Bu ko’rgazma vositalari yordamida o’quvchi o’rganilayotga qushlar mavzusini analiz, sintez qilishi, abstraksiyalash, konkretlashtirish, tizimga solish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. O’qituvchi qushlar mavzusini o’qitishda o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish bosqichlariga mos holda tabiiy, tasviriy va og’zaki yoki verbal kabi ko’rgazmali vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ekin maydonida yashaydigan qushlarning ko’pchiligi odamlarning yordamchilaridir. Ular ekinlar hosilini kamaytirib yuboradigan hasharotlarni ko’p qismini yo’q qiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling