Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism


Download 0.51 Mb.
bet2/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1047884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
. Qushlarning umumiy tasnifi

Mavzuning dolzarbligi. Fan-texnika rivojlanishining jadallashuvi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy-texnikaviy extiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z aksini topgan bu talablar maqsadi har tomonlama kamol topgan, bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni amalga oshirish uchun o‘qitishning samarali shakllari va vositalarini ishlab chiqib, ta‘lim jarayoniga tadbiq etish, ta‘limning o‘quvchi shaxsiga qaratilgan demokratik yo‘nalishlarini rivojlantirish, didaktik va axborot vositalarining yuqori samara beradigan yangi avlodini yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish zarur.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunda ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi ta‘lim jarayonining uzluksizligi, izchilligi, dunyoviyligi, bilim olishning hamma uchun ochiqligi yozilgan. Davlatimiz tomonidan biologiya ta‘limi sohasidagi oldinga qo‘yilgan vazifalarni muvoffaqiyatli hal qilinishi uchun eng avvallo uzluksiz ta’lim tizimida biologiyadan ta‘lim va tarbiyani tashkil etishning nazariy asoslari bo‘lgan didaktik tamoyillarini aniqlab olish zarur. Pedagogik adabiyotlarda o‘qitish tamoyillari sifatida ta‘lim tizimining tuzilishi, mohiyati, qonuniyatlari, didaktik faoliyatni tashkil etishda va boshqarishda namoyon bo‘ladigan bilimlar ta‘minoti tushuniladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan umumta‘lim maktablarini isloh qilish muammosi umumtahlim maktab o‘qituvchisi faoliyatini o‘quvchining bilim olishi, uning qobiliyatini yanada rivojlanishi va shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratib berishga yo‘naltirishni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi har doim kimni o‘qitish, nimani o‘qitish va qanday qilib o‘qitish kerak? degan savollarga javob izlashi kerak bo‘ladi . Bu savollarning to‘g‘ri yechimi topish uchun o‘qituvchi pedagogikaning asosiy qonun va qoidalarini, o‘quv predmetining mazmuni, maqsadi va vazifalarini yaxshi tushunib olishi, o‘qitish metodlari va texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Hozirgi ijtimoiy va ma‘rifiy islohatlar davrida ta‘lim muassasalarida olib boriladigan ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi zamonaviy dastur asosida ta‘lim samarasini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Zoologiya darslarida qushlar mavzusini o‘qitishda, tabiat va ijtimоiy muhitga nisbatan оngli munоsabatini namоyon
etishi, falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisоdiy, xuquqiy, axlоqiy, estetik ideallar va
e‘tiqоdlar yig‘indisi, shuningdek, mоddiy bоrliq haqidagi qarashlariga muayyan
o‘zgartirishlar kiritish, ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarning
bilish faоliyatini faоllashtirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va
rivоjlantirish maqsadida pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalardan o‘z o‘rnida va
samarali fоydalanish zarur.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling