Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism


Download 0.51 Mb.
bet6/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1047884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
. Qushlarning umumiy tasnifi

Muskullari. Bir juft katta ko‘krak muskullari massasi boshqa barcha muskullar massasiga teng keladi. Ko‘krak muskullarining bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ko‘krak toj suyagiga birikadi. Katta ko‘krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. O‘mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko‘tariladi.
Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘tgan. Paylar uchi barmoqlarga birikadi.
Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilaydi. Tumshug‘ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog‘liq. Tishlari bo‘lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilab, uzib olib yutadi. Donxo‘r qushlar (masalan, kaptar)larda qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ jig‘ildonga aylangan. Qushlarning oshqozoni ikki bo‘limdan iborat. Oldingi bezli bo‘limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta’sirida oziq yumshaydi. Oshqozonning muskulli ikkinchi bo‘lmasida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi. Qushlar tanasida haroratning doimiy bo‘lishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi; hayotining ko‘p qismini oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm bo‘ladi. Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yo‘li va siydik yo‘li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladi.
Nafas olish sistemasi. Qushlarning o‘pkasi murakkab tuzilgan bo‘lib, havo saqlovchi juda ko‘p mayda pufakchalardan iborat. Pufakchalar devorida joylashgan mayda kapillyarlar orqali qonga kislorod o‘tadi. Nafas olishda havo pufaklari ham ishtirok etadi . Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va o‘pka bilan bog‘langan. Qushlar yerda ko‘krak qafasining kengayib-torayishi tufayli nafas oladi. Uchayotgan qush qanotlarining ko‘tarilib tushirilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Bunda gaz almashinuvi ikki marta: havo o‘pkaga kirganida va pufaklardan chiqayotganda sodir bo‘ladi. Qush qancha ko‘p qanot qoqsa, o‘pka orqali havo aylanishi shuncha tez boradi. Shuning uchun uchayotgan qushning
nafasi bo‘g‘ilmasdan, aksincha, tezlashadi. Kaptar bir minutda tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling