Mundarija kirish I. Adabiyotlar sharxi II. Asosiy qism
Download 0.51 Mb.
|
. Qushlarning umumiy tasnifi
Adabiyotlar tahlili. Men kurs ishi materialimni tayyorlash jarayonidan bir qancha o’zbek va rus adabiyotlaridan foydalandim. Jumladan Ochil Mavlonovning “Umurtqali hayvonlar” darsligida qushlar mavzusi chuqur yoritilgan. Bundan tashqari biologiya o’qitish metodikasi darsliklaridan ham keng foydalandim. Bu darsliklardan olgan malumotlarim asosida xulosalar chiqardim va chiqargan xulosalarim asosida mavzuyimni yanada chuqurroq yoritib bera oldim. Eng yangi malumotlardan foydalanish va iloji boricha zamonaviy yangi malumotlardan foydalanish maqsadida internet saitlaridan ham foydalandim va kurs ishimni qushlarning ahamiyati va foydali qushlar haqidagi ko’plab malumotlar bilan boyitdim
Davlatimiz tomonidan biologiya ta‘limi sohasidagi oldinga qo‘yilgan vazifalarni muvoffaqiyatli hal qilinishi uchun eng avvallo uzluksiz ta‘lim tizimida zoologiyadan ta‘lim va tarbiyani tashkil etishning nazariy asoslari bo‘lgan didaktik tamoyillarni aniqlab olish zarur. Pedagogik adabiyotlarda o‘qitish tamoyillari sifatida ta‘lim tizimining tuzilishi, mohiyati, qonuniyatlari, didaktik faoliyatni tashkil etishda va boshqarishda namoyon bo‘ladigan bilimlar ta‘minoti tushuniladi. Ta‘lim tizimining demokratik tamoyillarini rivojlantirish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini faol tashkil etish va rag‘batlantirishga imkon beradi. Pedagogik adabiyotlarda o‘qitish tamoyillari sifatida ta‘lim tizimining tuzilishi, mohiyati, qonuniyatlari, didaktik faoliyatni tashkil etishda va boshqarishda namoyon bo‘ladigan bilimlar ta‘minoti tushuniladi. O.Mavlonov va boshqalarning ishlarida laboratoriya mashg’ulotlarida asosiy metod o‘quvchilarning individual mustaqil ishini tashkil etish ekanligi ta’kidlanadi. Mualliflar laboratoriya mashg’ulotlarida asosiy vaqtni o‘quvchilarning individual mustaqil ishlarini bajarishga sarflanishi lozimligi mashg‘ulotlarni tarqatma materiallar yordamida olib borish imkoniyatlari; tabiiy holda hayvonlarni o‘rganishning amaliy ahamiyati haqida ma‘lumotlar berishadi. Metodist olimlardan I.A.Norbekov, M.Maxkamov, A.T.G‘ofurov zoologiya fanidan o‘tkaziladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar ekskursiyalarning xillari, ularni o‘tkazish metodikasi, unda o‘quvchilar tomonidan olib boriladigan kuzatishlar, tajribalarni hal qiladilar . Maktab biologiya kursini o’qitishga bo‘lgan didaktik talablar, biologiyadan darsdan va sinfdan tashqari darslarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalari X.SHokirovning ―Zoologiyadan sinfdan tashqari ishlar qo‘llanmasida ifodasini topdi. M.Ortiqov esa o‘zining maktablarda o‘tkazgan tajribalari , biologiya darslarida ekran vositalari o‘quv filmlari, diafilmlardan foydalanish o‘quvchilarda biologik o‘quv materialini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini orttirishiga, ularning bilimini mustaxkam bo‘lishida aloxida axamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. J.Tolipova darslarni xilma xillashtirish, noan‘anaviy darslar, seminar, konferentsiya, muammoli munozarali o‘tkazish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, mustaqilligini rivojlantirishda, puxta bilim egallashlarida katta rol o‘ynashini ko‘rsatib berdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling