Mundarija Kirish I adabiyotlar sharxi II asosiy qism


Download 19.93 Kb.
bet11/16
Sana05.01.2022
Hajmi19.93 Kb.
#234435
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mundarija Kirish I adabiyotlar sharxi II asosiy qism Oqsillarnin-fayllar.org

2.2 3-rasm Sifatli oqsillar

Flavoproteidlar - prostetik guruh sifatida B2 vitaminining hosilalaridir. Nafas olish zanjiri fermentlarining tarkibiga kiradigan flavoproteidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi.Nukleoproteidlar– tarkibida nuklein kislotalarni - RNK (ribonukleoproteidlar) va DNK (dezoksiribonukleo- proteidlar)ni tutadi. Bularga xromosomalar, ribosomalar, viruslar misol bo‘la oladi. Lipoproteidlar – murakkab oqsillar, prostetik guruhi sifatida lipidlarni tutadi. Ularning tarkibida neytral yog‘lar, yog‘ kislotalari, fosfolipidlar, xolesterinning efirlari bo‘ladi. Lipoproteidlar hujayra membranalari va organoidlari hamda nerv qobiqlari tarkibiga kiradi. Qon zardobida ular lipidlarni tashish vazifasini bajaradi.Fosfoproteidlar– aminokislotalardan tashqari fosfor kislotasini ham tutadi Gemoproteidlarga - qonning gemoglobini, muskul tolasi hujayrasidagi - mioglobin, o‘simliklardagi xlorofil (magniy-porfirin) va boshqalar kiradi. Gemoglobin – o‘pkadan to‘qimalarga kislorodni, to‘qimalardan o‘pkaga esa karbonat angidrid (CO2) ni tashuvchisi hisoblanadi. U eritrotsitlar joylashgan (bitta eritrotsitda 280 million molekula atrofida gemoglobin bo‘ladi) globin oqsilidan va oqsil bo‘lmagan qism - gemdan tuzilgan. Globin 4 polipeptid zanjiridan - ikkita bzanjirdan va ikkita (-zanjirdan tuzilgan. Globinning molekulasi 574 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. .


Download 19.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling