Mundarija Kirish I. Asosiy qism


Ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsiyalash jarayonida


Download 0.5 Mb.
bet11/14
Sana13.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1677319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
HISOBOT 2022

Ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsiyalash jarayonida ammiakni saqlashdagi mikro - iqlim



Ammiakni saqlashda olib borilayotgan texnologik jarayonda maxsus xonaning havosining holatini muntazam nazorat qilish yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Ko’rsatilgan maxsus xonalarda me’yordan oshib ketganda quyidagilar ishga tushishi kerak:

      1. Boshqaruv xonasidagi yorug’lik va tovush signallari

      2. Zarur hollarda atmosferaga chiqariladigan yuqori zararli moddalarni yutuvchi avariyaviy tizim bilan blokirovka qilingan avariya ventelyatsiyasi

Operator muhandis joylashgan xonalar baland ovozli signalizatsiyalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
ST 40/60 apparatidan foydalanilgan korxonalarda ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG-200,NV-15,NG-200, LDS-20, LD-20, LB-30,LBS- 40,LDS- 80 kunduzgi chiroqlardan foydalaniladi.
Texnologik uskuna, moslama, qurilma apparatlarining xavfsizligi


Sanoat korxonalarida mo`ljallangan ishlarni, texnologik jarayonlarni bajarib,talabga mos keladigan mahsulot va moddalar olishda bir necha turdagi univarsal, maxsus, asosiy va qoshimcha asbobuskunalardan foydalaniladi. Ularga nasoslar,kompressorlar, ventilyatorlar, sentrifuga, quritish qurilmasi, ekstraktorlar, separatorlar, gazni va changni tozalash uskunalari, transport vositalari, issiqlik almashtirgichlar, rektifikatsiya kolonnalari, absorberlar, granulyatorlar, sublimatorlar, presslar, valetslar, reaktorlar, kontakt apparatlari, sintez kolonnalari, buglatgichlar, sigim, distillyatorlar, maydalagichlar, idish saqlagichlar va boshqalar misol bo`ladi. Sanoatda qo`llaniladigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo`llashda umumiy xavfsizlik yo`llanmasi siftida unifikatsiya jadallashtirish, kam quvvat sarflash, ergonomika, yiriklashtirish, ishonchlilini oshirish omillari hisobga olinadi, shuningdek, uskunalarga inson xususiyatlarini, faoliyatini ifodalaydigan antropometrik, psixofiziologik, psixologik, gigienik talablar qo`yiladi. Talablar ГОСT 12.2.032-78, ГОСT
12.2.033 78, ГОСT 12.2.049 -80 ga asoslanishi lozim. Uskuna, moslama apparatlarning ishonchlilik darajasini oshirish, baholash, shuningdek bo`ladigan avariya va shikastlanishdan ogohlantirishda ishlatiladigan metallar qotishmalarining mexanik pishiqligi, issiqlik ta`siriga, chirishga chidamliligi hisobga olinadi. Mexanik pishiqlik materiallarini, qismlarni, qurilmalarni, tashqi kuch ta`sirida buzilishga bo`lgan qarshilik qobiliyati bilan ifodalanadi. Pishiqlik, oquvchanlik chegarasi, urilishi, qovushqoqlik, mexanik pishiqlikning asosiy ko`rsatgichlari bo`lib hisoblanadi. Barcha uskunalarning pishiqlikligini baholashda zahira koeffitsientidan foydalaniladi. Materiallarning issiqlikka chidamliligi ularning yuqori haroratda tashqi mexanik kuch ta`sirida buzilishiga bo`ladigan qarshiligi bilan ifodalanadi. Materiallarni toblash, tarkibigi boshqa qotishma materiallar (xrom, volfram va h.k.) qo`shish va termik qayta ishlash bilan uning pishiqligi oshiriladi. Texnologik uskuna– apparatlar pishiqligini ta`minlash, avariya sodir bo`lmasligi ularni tayyorlash uchun materiallarni, shakllarni to`g’ri tanlashga, jismlar yuzasini sifatli qayta ishlashga bog’liq. Tayyorlangan har bir uskuna, idish, apparat ishga tushirishdan avval to`liq texnik ko`rikdan o`tkaziladi. Buning uchun defektoskopiya usullaridan foydalaniladi. Choklarning sifati, mexanik pishiqligi tekshirilganidan so`ng foydalanishga ruxsat beriladi. Idish va qurilmalarning tashqi tomoni bir yilda bir marta ko`rib chiqiladi. Cho`zilish, bukilish va qovushqoqlikka sinaladi, materiallar va idishlarning ba`zi qismlari rentgen va gamma nurlari bilan tekshiriladi. Ulangan joylarning zichligi, mustahkamligi suv yordamida sinab ko`riladi. Ba`zi hollarda apparat, uskuna qobig’ida tashqi kuch ta`sirida vujudga keladigan haqiqiy cho`zilish, siqilish kuchlanishni va xavfsizlik darajasini aniqlashda mexanik va elektr tenzometrlardan foydalaniladi. Sanoatda qo`llaniladigan uskuna va apparatlarning barchasi xavfsizligini ta`minlash maqsadida ГОСT 12.2.003 – 79 ССБT talablariga to`liq javob berishi kerak.
Texnologik uskuna, moslama, appartlarning xavfsiz ishlatilishida, ishchilarning shikastlanishdan saqlashda quyidagi umumiy tadbir–choralar ko`rilishi zarur.

  1. uskuna, apparat tarkibidagi qismlar xavf tug’diradigan darajada shikastlangan bo`lmasligi;

  2. uskuna, qurilma tayyorlash uchun qo`llaniladigan material xavfli va zararli bo`lmasligi;

  3. harakatlanuvchi va xavfli qismlarni to`siqlash;

  4. uskuna, apparatlarning to`liq ko`rinishida o`tkir qirralar, bo`rtiqlar, notekis yuzalar bo`lmasligi;

  5. ishchilarning issiq yoki sovuq qismlarga to`satdan, favqulotda tegish sharoiti bo`lmasligi;

  6. uskuna, apparatlarni qulay, xavfsiz yo`lak, vositalar bilan ta`minlash;

mahalliy yoritilishi to`liq ta`minlash;

  1. uskunalarni ularga elektr tokini uzatishni uzib qo`yadigan vositalar bilan ta`minlash;

  2. elektr toki yordamida shikastlanishdan himoyalash;

  3. shovqin, tebranish, ultratovushning normadan oshib ketmasligini ta`minlash;

  4. xom-ashyo, mahsulotni yuklash, tushirish, tashish jarayonini mexanizatsiyalash;

  5. bosim ostida bajariladigan ishlarda kichikroq hajmdagi apparatlardan foydalanish.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling