Mundarija kirish i-bob akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya 1


Download 157 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi157 Kb.
#1583081
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA JISMONIY TARBIYA


MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA JISMONIY TARBIYA
1.1 Jismoniy tarbiya o’qituvchilarining me’yoriy hujjatlari.
1.2.Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarning qo‘llashning hozirgi holati
II-BOB O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturi.
2.1 Jismoniy tarbiya darslarini loyihalashtirish texnologiyasi
2.2 Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-yil jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holdaUstozi avval arastu Xakim “Xitoba” (Ritorika) kitobida yozadiki, ajoyib jismoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yigitlar – sog‘lom, bo‘ydor, sport musobaqalarida chaqqon yoshlar har qanday davlatning boyligidir. Bunday jismoniy fazilatlarga qanday erishiladi.
Albatta, oila, maktab muhitida tarbiya topish, ayni vaqtda o‘z-o‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya bilan aqliy tarbiyani ahloqiy tarbiyaga muvofiqlashtirish yo‘li bilan barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin.Sir emaski, faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, umrida tesha ushlamagan, ketmon chopmagan, aqalli birorta mih qoqmagan yoki ko‘chat ekmagan odamlar ham borki, bular jismoniy mehnat qimagani uchun doimo kasallikdan chiqmay yuradilar. Qadim donishmadlanir barcha sohalarda faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama kamol topganlar. Qadimgi Yunonsitondagi Fales, Pittak, Solen, Biant, Xilen kabi donishmand-lar ham mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otuvchi ham davlat arbobi bo‘lib yetishganlar.

. I-BOB AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA JISMONIY TARBIYA


1.1 Jismoniy tarbiya o’qituvchilarining me’yoriy hujjatlari.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni foydali mehnatga, Vatanni himoya qilishga va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
- jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni his qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, jamoat ishlarida faol qatnashadigan g‘oyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash;
- o‘z kelajakdagi faoliyatiga, kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
- yuqori ishchanlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash haqida doimiy qayg‘urish;
- harakat faoliyatining hajmini kengaytirish, jismoniy va ruhiy qobiliyatlarni shakllantirish;
- hayot uchun kerakli mehnat faoliyati va mudofaa xizmatini o‘tashga tayyorlash;
- jismoniy va ruhiy uyg‘unlashgan harakat madaniyatiga, chiroyli tana tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustahkam sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish;
- sog‘lom turmush tarzini tashviq qilish, xalq an’analarini, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini shakllantirish;
- harakat tartibini mumkin qadar mustaqil to‘g‘ri tashkil qila olish;
- tanlangan sport turi bo‘yicha o‘z mahoratini muntazam takomillashtirish;
- kun tartibida faol harakatda bo‘lish, jismoniy tarbiya, sport va sayyohlik qonunlarini bilish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya dasturi quyidagi qismlardan iborat:

  1. Tushuntirish xati.

  2. Jismoniy tarbiya darsi.

3. O‘quv kun tartibidagi ommaviy-sog‘lomlashtirish tardbirlari.
4. Darsdan tashqari vaqtda jismoniy tarbiya, sayyohlik va har xil sport turlari bilan shug‘ullanish.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quv muassasalari o‘quvchilari bilan darslarni iloji boricha ochiq havoda, o‘yin va musobaqa tarzida o‘tkazish hamda har bir darsda o‘quvchilarga uyga vazifalari berish maqsadga muvofiqdir.
Uyga beriladigan vazifalarning mazmuni: qomatni rostlash, gigienik qoidalarga rioya qilish, ertalabki gigienik gimnastika majmualarini tuza bilish va bajarish, mustaqil yugurish, harakat ko‘nikmalarini bajarish, nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, harakat sifatlarini rivojlantirish, sport turlari tarixini, hozirgi ahvolini, musobaqa qoidalarini o‘rganishlardan iborat bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak: jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv dasturi, umumiy soatlar hajmining o‘quv semestrlariga taqsimlash jadvali, yillik mavzuviy-taqvim reja, kunlik dars rejasi, tayanch konspektlari.
Tibbiy nazoratdan to‘liq o‘tkazilgandan keyin o‘quvchilarga dars va mashg‘ulotlarda shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Ular havo harorati + 15˚ va undan yuqori bo‘lganda darslarga engil kiyimda, agar harorat undan past bo‘lsa, issiqroq sport kiyimida qatnashishlari mumkin.
O‘quvchilar jismoniy tarbiya darsiga qatnashishlari bo‘yicha uchta guruhga ajratiladi:

  1. Asosiy guruh.

  2. Tayyorlov guruhi.

  3. Maxsus tibbiy guruh.

1. Asosiy guruhga sog‘lom, jismonan baquvvat, boshidan o‘tkazgan kasalliklarining hech qanday asorati qolmagan, o‘sib rivojlanishida anatomik, morfologik, fiziologik hech qanday kamchiliklari bo‘lmagan o‘quvchilar kiradi. Bu guruh o‘quvchilari sportning biror turida malakalarini oshirishlari va musobaqalarda qatnashishlari mumkin.
2. Tayyorlov guruhiga avval biror kasallik bilan og‘rigan, lekin uning sezilarli asorati qolmagan, jismonan zaifroq, katta yuklamalarni ko‘tara olmaydigan o‘quvchilar kiradi. Tayyorlov guruhining vazifasi yosh o‘g‘il-qizlarning badanlarini chiniqtirib, jismonan tayyorlab, ularni asosiy guruhga o‘tkazish.
3. Maxsus tibbiy guruhga salomatligida biron-bir kamchiligi bo‘lgan, avval boshidan kechirgan kasalliklarining sezilarli, tibbiy nuqtai nazardan tasdiqlanadigan asoratlari saqlanib qolgan, yaqin orada kasalxonada davolanib qaytgan, jarrohlik operatsiyasidan keyingi holatdagi o‘quvchilar kiradi va ular sport kiyimlarida maxsus tashkil etilgan darslarga qatnashishlari lozim.
20% dan ko‘proq jismoniy tarbiya darslariga qatnashmagan o‘quvchilar yakuniy sinovlarga qo‘yilmaydi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning I-II-III bosqichlarida quyidagi sport turlari yildan-yilga murakkablashtirib o‘rgatilib boriladi: gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol), kurash, suzish, batbaa tayyorgarligi va milliy raqs elementlari, sayyohlik, harakatli o‘yinlar.
Kasbga taalluqli amaliy jismoniy tayyorgarlik o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan holda maxsus maqsadlarni amalga oshiradi va o‘quvchilar kelajak mehnat faoliyatlarining asosiy turlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarning hunarga taalluqli va zaruriy jismoniy sifatlarini takomillashtirish va rivojlantirish.
2. Aniq hunarga taalluqli va organizmga kerakli ruhiy-fiziologik faoliyatlarni o‘zlashtirish.
3. Mehnat sharoitida gipodinamiya, majburiy ish vaziyati, harakatning yuqori va past shiddati, toliqish kabi noxush ta’sirlarning oldini olish.
Har bir kasb uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari tanlangan mutaxassislikka o‘rgatish jarayonida va mehnat jarayonining o‘zida orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta’lim jarayonini maxsus jismoniy mashg‘ulotga qo‘shib olib borilsa, ish operatsiyalarini o‘rganib olish ancha tezroq bo‘ladi. Ko‘pincha jismoniy fazilatlarning etarli darajada taraqqiy etmagani kasbiy mahoratga erishish yo‘lida yagona to‘siq bo‘ladi. Ko‘p hollarda jismoniy mashg‘ulot qilmagan kishini mutlaqo ishga qo‘yib bo‘lmaydi (reaktiv aviatsiya uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlarning qo‘llanishi professional ta’lim saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina iqtisodiy foyda keltiradi, chunki bunda o‘quv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablag‘lar kamayadi.
Jismoniy mashqlar insonlarni bevosita kasbiy mehnatga va mudofaa faoliyatiga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalarni hal etishga yordam beradi. Xuddi shuning uchun ham sport yangi va murakkab kasblarni egallayotgan barcha kishilarning eng yaqin yordamchisi bo‘lib qolmoqda. Tegishli jismoniy mashqlar, shuningdek, tashqi muhitning ko‘pgina turdagi mehnat faoliyatida bo‘ladigan salbiy ta’siriga (badanning qizib ketishi, sovib ketishi, atmosfera bosimining pastligi va boshqalarga) organizmning chidamliligini ham oshiradi.
Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, u hech qachon insonni jismoniy tarbiyalashning mustahkam asosi bo‘lgan umumiy jismoniy tarbiya o‘rnini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling