Mundarija kirish I. Bob. Alsgeymer kasaligi


ORGANIZMDA LIPIDLAR SINTEZI


Download 170.7 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi170.7 Kb.
#1508034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ODAMDA NEURODEGENERATIV KASALLIKLARI VA GEN TERAPIYASI (3)

ORGANIZMDA LIPIDLAR SINTEZI


sirka kislotasi - bu sinf Eng moddalar, shu boshlang'ich materiallar bir kamerada sintez qilinadi. Bunday insulin, adrenalin va gipofiz gormonlar kabi, yog 'metabolizm gormonlar tartibga.
tanasi o'z ishlab chiqarish mumkin emas lipidlar ham bor. Ular oziq-ovqat bilan inson tanasini kirishingiz zarur. Ular sabzavot, meva, ko'katlardan, yong'oq, don, kungaboqar, zaytun moylari va o'simlik chiqqan boshqa mahsulotlar asosan mavjud. 
Tirik sistemalarning muhim struktura monomerlari – aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari, mononukleotidlar o’zaro uzviy bog’langan. Bu bog’liqlik monomerlarning parchalanishi va sintezlanish yo’llarida umumiy bo’g’in vazifasini bajaradigan kalit metabolitlar orqali amalga oshadi. Bunday metabolitlarga piruvat, atsetil-KoA, α-glitserolfosfat va Krebs siklining oraliq mahsulotlari (oksaloatsetat, malat, fumarat, suktsinil-KoA, 2-oksoglutarat, izositrat va sitrat) kiradi. Piruvat glyukoza va boshqa monosaxaridlar hamda ayrim aminokislotalar parchalanishi va sintezining kesishish nuqtasi hisoblanadi. Atsetil-KoA ning esa metabolik bog’lari ko’proq tarmoqlangan. U orqali monosaxaridlar va aminokislotalardan lipidlarga ko’prik quriladi, ya’ni aminokislotalar (oqsillar) va glyukoza (umuman uglevodlar) ning lipidlarga almashinuv yo’llari ochiladi. Uglevodlar va lipidlar orasida yordamchi bog’lovchi bo’g’in vazifasini α-glitserolfosfat bajaradi. U orqali uglevodlarning ayrim lipidlarga (triatsilglitserinlar, fosfoglitseridlar) va aksincha, glitserin saqlovchi lipidlarning uglevodlarga o’tishi amalga oshadi.
Bir monomerning ikkinchisiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar Krebs siklining oraliq mahsulotlari uchun xosdir. Krebs sikli orqali moddalar parchalanishi va sintezlanishining hamma asosiy yo’llari tutashadi. Shu sababli atsetil-KoA manbai hisoblangan yog’ kislotalar uglevodlarga (Krebs siklining oksaloatsetati orqali glyukozaning yangidan hosil bo’lishi), aminokislotalarga (oksaloatsetat va 2-oksoglutarat orqali aspartat va glutamat kislotaga), porfirinlarga (suktsinil-KoA orqali) aylanadi.
Monomerlar biopolimerlarning struktura bo’g’inlari hisoblanadi, shu sababli oqsillar, uglevodlar, lipidlar ovqatning asosiy komponenti sifatida nisbiy o’zaro almashinuvi bo’lishi mumkin. O’zaro almashinuv chegaralarini tushunish faqatgina bir tarkibli ovqatlanishda modda almashinuvining buzilishini emas, balki ochlikda moddalar almashinuvi o’rnini to’ldirish mexanizmi, ya’ni bir moddaning boshqa endogen zahirasi hisobiga hosil bo’lishini tushunish imkoniyatini beradi. Bu ramkani avvalo aminokislotalar chegaralaydi. Sakkizta almashinmaydigan aminokislota organizmda sintezlanmaydi, yarim almashinadigan aminokislotalar biosintezi ham chegaralangan. Bunday aminokislotalarsiz organizm oqsil sintezlay olmaydi. Shu sababli aminokislotalar boshqa biomolekulalarga nisbatan kelib chiqishiga ko’ra birlamchi.
Moddalar almashinuvi yo’llarining o’zaro bog’liqlik cxemasidan agar aminokislotalar va uglevodlar to’liq assortimentda va yetarli miqdorda iste’mol qilinsa, organizm uzoq vaqt lipidlarsiz (yarim to’yingan lipidlardan tashqari) yashay oladi. Aminokislota va uglevodlar atsetil-KoA ning, uglevodlar buning ustiga NADF∙H2 ning manbai bo’lib, yetarli miqdordagi lipidlarni sintezlash imkonini beradi.
Shuningdek, odam organizmi uchun ovqat bilan birga purin va pirimidinli nukleotidlar talab etilmasligining sababi, ovqat tarkibida oqsil va uglevodlar bo’lganda ular yetarli miqdorda sintezlanadi. Bundan kelib chiqadiki. Oqsil va uglevodlar organizm to’qimalarining hayotiy muhim komponentlarining va uning normal faoliyatini uzoq vaqt davomida ta’minlash imkonini beradi. Albatta bu holatning oqsil va uglevodlar bilan birga vitaminlar, suv va anorganik ionlar kirgan sharoitda imkoni bo’ladi. Odam zarur miqdordagi boshqa ovqat komponentlari kirgan taqdirda uzoq vaqt uglevodlarsiz ham yashashi mumkin.
Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi. Modda almashinuvi integratsiyasida aminokislotalar dezaminlanish natijasida hosil bo’ladigan azotsiz qoldig’i alohida o’rin tutadi.
Ba’zi aminokislotalarning azotsiz qoldig’idan uglevodlar, boshqalaridan esa keton tanachalari hosil bo’ladi. Shu sababdan aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi



Glikogen aminokislotalar

Ketogen
aminokislotalar

Glikogen va ketogen aminokislotalar

Alanin, arginin, asparagin, sistein, glutamin, glitsin, gistidin, gistidin, prolin, oksiprolin, metionin, serin, treonin, triptofan, valin

Leytsin

Izoleytsin, lizin, fenilalnin, tirozin

Glikogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida piruvat, oksaloatsetat, α-ketoglutarat hosil bo’ladi, ulardan glikogen sintezlanadi. Ketogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida atsetoatsetat, atsetil-KoA va atseton (keton tanachalari) hosil bo’ladi.


Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi. Aminokislotalardan glyukoneogenezning mumkinligi qandli diabetni o’rganishda ko’rsatilgan. Eksperimental qandli diabet hayvonlarda 50% (ba’zida 80% gacha) kiritilgan oqsilning glyukozaga aylanishi ko’rsatilgan. Bu jarayonda glikogen aminokislotalar eng muhim o’rinni egallaydi, ularning parchalanishidagi azotsiz qoldig’idan pirouzum kislota hosil bo’ladi, u esa glyukoza parchalanishi va sintezining oraliq metabolitidir. Mushaklarda oqsilning parchalanishidan hosil bo’lgan alanin, serin, treonin, sistein kabi aminokislotalardan glyukoza-alanin sikli yordamida qondagi glyukozaning miqdori organizmda glyukoza yetishmagan davrida, uning qondagi miqdorini boshqarishda ahamiyatga ega
Gliterin triatsilglitserinlar parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Uglevod va lipid almashinuvi o’rtasidagi bog’lanish glitserin orqali amalga oshadi, chunki glitserin oksidlanganda pirouzum kislotasi hosil bo’ladi va undan glyukoza sintezlanadi.
Bu jarayonlarni boshqarishda glyukokortikosteroidlar muhim ahamiyatga ega. Ularga kortizol, kortikosteron, kortizon va boshqalar kiradi. Ular glyukoneogenezning spetsifik fermentlari – piruvatkarboksilaza, fosfoenolpiruvatkarboksilaza, fruktozo-1,6-bisfosfataza, glyukozo-6-fosfataza hosil bo’lishini stimullaydilar. Periferik to’qimalarda glyukozaning sarflanishini pasaytiradilar. Gidrokortizon glyukozaning hujayrada faol transportini ingibirlaydi.
4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi. To’qimalarda glyukoza parchalanishi jarayonida pirouzum kislotadan sirka kislota hosil bo’ladi. Krebs siklida u shavel sirka kislotasi va α-ketokislota aminlanishi natijasida aminokislotaga aylanadi:

CH3

CH – NH2 + NAD+

COOH

Alanin


CH3

C = NH + NADH2

COOH

Imino-kislota



CH3

C = O


COOH

Piruvat


+NH3


- H2O

Bu reaktsiyalar natijasida uglevod va oqsil almashinuvi o’rtasida to’g’ri bog’lanish vujudga keladi.


Uglevodlardan yog’larning biosintezi. Triatsilglitserinlar molekulasi glitserin va 3 ta yog’ kislotasi qoldig’idan hosil bo’lgan. Glikoliz metabolitlari: fosfodioksiatseton yoki fosfoglitserinaldegiddan glitserin sintezlanadi. Yog’ kislotalari sintezi uchun asosiy modda bo’lib atsetil-KoA hisoblanadi. U piruvatning oksidlanib, dekarboksillanishidan hosil bo’ladi.
Limon kislota sikli va siydikchil hosil bo’lishi – ornitin sikli o’rtasida murakkab bog’lanish bo’lib, hujayraning energiyaga bo’lgan talabi va metabolizmini oxirgi mahsulotlari komtsentratsiyasiga bog’liq holda ma’lum darajada reaktsiyalar tezligini belgilab beradi. Fumarat kislotasi arginino-qahrabo kislotasini parchalanish davrida hosil bo’ladi, ularni sintezi uchun esa aspartat bo’lishi kerak. Hosil bo’lgan fumarat kislotasi keyinchalik limon kislota siklida undagi 2 ferment fumaratgidrataza va malatdegidrogenaza ta’sirida oksaloatsetatga aylanadi, u esa spetsifik transaminaza ishtirokida aspartatga aylanadi, ya’ni o’ziga xos sitrat siklini siydikchil hosil bo’lish sikli bilan bog’langan aspartat-arginino-qahrabo shunti hosil bo’ladi.
Shunday qilib bu jarayon o’ziga xos birlashgan mexanizm yordamida ikki sikl reaktsiyalar bir-biri bilan bog’lanadi. Bu mexanizm Krebs velosipedi degan nom olgan.
Bu reaktsiya orqaga qaytmas bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun yuqori yog’ kislotalardan uglevodlar hosil bo’lmaydi. Shunday qilib uglevodlar yog’lar tarkibiga kiruvchilar faqatgina glitserindan hosil bo’ladi. Vaholanki, odatdagi sharoitlarda reaktsiya orqaga borishi mumkin, ya’ni uglevodlar oksidlanishidan hosil bo’lgan glitserindan yog’lar sintezlanishi mumkin.
Uglevod, yog’ va qator aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan atsetil-KoA yog’ kislotalari sintezi uchun boshlang’ich substrat bo’lib hisoblanadi, shuningdek u uchkarbon kislotalar siklining birinchi substratidir. Bu siklda atsetil-KoAni oksidlanishi uchun oksaloatsetat zarurdir, u Krebs siklini ikkinchi kalit substratidir. Oksaloatsetat pirouzum kislotasi va karbonat angidriddan sintezlanishi yoki transaminlanish jarayonida asparagin kislotasidan hosil bo’lishi mumkin. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiyalanib, atsetosirka kislota (atsetoatsetat) hosil bo’ladi, u esa boshqa keton tanachalarini, xususan β-oksimoy kislotasi va atsetonning manbai bo’lib hisoblanadi.
Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiya reaktsiyasi xolesterin sintezining birlamchi bosqichini tashkil etadi. Xolesterin, o’z navbatida, steroid gormonlar, D3 vitamini, shuningdek o’t kislotalarning o’tmishdoshi hisoblanadi.
Galaktoza va qisman glyukoza MNS faoliyatida spetsifik funktsiya bajaruvchi serebrozid va glikolipidlar biosinteziga sarflanadi, bu sintezlarda erkin monosaxaridlar emas, balki galaktozamin va glyukozamin qatnashadi, ularni sintezi o’z navbatida glutaminni amid azoti bo’lishini talab etadi. Shunday qilib, natijada uglevod, lipid oqsil almashinuvi integratsiya qilinadi.
Lipidni suvda nisbatan erimaydigan, organik erituvchilarda (alkogol, efir va boshqalarda) eriydigan yoki yog 'kislotasi bilan bog'liq bo'lgan va tirik hujayralar tomonidan ishlatiladigan organik moddalar deb hisoblash mumkin.
Baʼzan biz yogʻni parhezimizni buzuvchi zararli modda sifatida gapiramiz. Aslida yogʻlar kichikkina molekulalardir, ularning har biri glitserin deb ataladigan kiyim ilgichga oʻxshash struktura hosil qiluvchi molekulaga birikkan uchta uzun uglevodorod dumchalaridan hosil boʻladi. Boshqa biologik molekulalarga oʻxshab, ular ham insonlar va boshqa organizmlar biologiyasida muhim rol oʻynaydi. (Soʻnggi vaqtlardagi parhez tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, shakar yogʻdan koʻra koʻproq sogʻliq bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishiga sabab boʻlar ekan!)
Yogʻlar suv bilan yaxshi aralashish xususiyatiga ega boʻlmagan molekulalar toifasi boʻlgan lipidlarning bir turi hisoblanadi. Lipidlar gidrofob, qutbsiz va asosan uglevodorod zanjirlaridan iborat boʻladi. Lipidlarning turlari organizmlarda har xil strukturalarga ega va shunga mos ravishda organizmlarda turli vazifalarni bajaradi. Misol uchun, lipidlar energiya saqlaydi, izolyatsiyani taʼminlaydi, hujayra membranalarini tashkil qiladi, yaproqlarda suv oʻtkazmaydigan qatlamlarni hosil qiladi va testosteron kabi gormonlarning tarkibiy qismlarini ham taʼminlaydi.
Bu yerda biz yogʻlar va moylar, mumlar, fosfolipidlar va steroidlarni oʻz ichiga oluvchi lipidlarning eng muhim turlarini batafsil koʻrib chiqamiz.
Yogʻ ikki turdagi qismdan iborat: glitserin asosi va uchta yogʻ kislotasi dumchasi. Glitserin uchta gidroksil (OH) guruhi boʻlgan kichik organik molekuladir, yogʻ kislotasi boʻlsa karboksil guruhiga birikkan uzun uglevodorod zanjiridan iborat. Odatda yogʻ kislotasi 12-18 ta ugleroddan tarkib topadi, ammo baʼzilarida bor-yoʻgʻi 4 ta yoki 36 tagacha uglerod boʻlishi mumkin.
Yogʻ molekulasini hosil qilish uchun glitserin asosidagi gidroksil guruhlar degidratlanish reaksiyasi natijasida yogʻ kislotalarining karboksil guruhlari bilan reaksiyaga kirishadi. Bu esa uchta dumchali yogʻ kislotasi molekulasini glitserin asosiga murakkab efir bogʻlari (karbonil yoki C = O guruhi yonida kislorod atomi joylashgan bogʻlar) orqali bogʻlaydi. Triglitseridlar uchta bir xil yoki uchta har xil va turli uzunlikdagi yogʻ kislotasi dumchalaridan tuzilgan boʻlishi mumkin.

Glitserin asosi va uchta yogʻ kislotasi zanjiridan iborat triatsilglitserin molekulasi sintezi, suvning uchta molekulasi ajralib chiqishi.

Download 170.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling