Mundarija Kirish I bob. Axborot resurs markazlari haqida
Mavzuning o‘rganilish darajasi
Download 193.5 Kb.
|
kurs ishi tayyor (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsad va vazifalari.
- Mavzuning obyekti.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Kurs ishining o‘rganilish darajasi shundan iboratki, bu kitobni sevuvchi va qadrlovchi kitobsevarlar shuningdek butun Farg‘ona ahli uchun ham muhimdir. Sababi, Farg‘ona davlat universiteti axborot resurs markazi nafaqat universitet talabalariga balki, oddiy fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatuvchi dargohdir.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlarni olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratishdan iborat. Mavzuning obyekti. Farg‘ona davlat universiteti axborot resurs markazi Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I bob. AXBOROT RESURS MARKAZLARI HAQIDA I.1-§. Axborot resurs markazlari haqida tushuncha, vujudga kelish tarixi hamda faoliyati XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan “axborot inqilobi” kutubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir natijasida kutubxonalar borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanib, axborot resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari ham keskin kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot-tahliliy materiallarni jamlab berish, kutubxona kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir. Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu yerda gap kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni axborot resurslari markazlariga aylantirish haqida bormoqda. Bunday yangi turdagi kutubxonalar “elektron kutubxona”, “virtual kutubxona” singari nomlar bilan atalmoqda1. Download 193.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling