Mundarija Kirish I bob. Axborot resurs markazlari haqida


I.2.-§. Farg‘ona davlat universiteti axborot resurs markazi tarixi


Download 193.5 Kb.
bet4/14
Sana21.06.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1642910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi tayyor (2)

I.2.-§. Farg‘ona davlat universiteti axborot resurs markazi tarixi
Farg‘ona davlat universiteti axborot-resurs markazi (Sagatov nomidagi kutubxona) 1930-yil 5-mayda tashkil etilgan. 1930-1937-yillarda kutubxonaga birinchi bo‘lib Konchevskaya Zinaida Ivanovna rahbarlik qilgan. Kutubxona fondini boyitish va tashkilllashda institut professor-o‘qituvchilarining ham yordami katta bo‘ldi. 1930-yilda kutubxona boshlang’ich kitob fondi 3000 ta bo‘lib,’kitobxonlar soni 66 kishidan iborat bo‘lgan. 1931-1932 yillarda institut qoshida yana 3 ta fakultet ochilishi hisobiga kitobxonlar soni 400 kishiga ko‘paydi. 1947-1957-yillarda kutubxonaga rahbarlik qilgan A.D.Eleskina, kutubxona fondining kengayishida jonbozlik ko‘rsatdi. 1969-yilda kutubxona hozirgi egallab turgan binoga ko‘chib o‘tdi va o‘z ishini keng ko‘lamda davom ettira boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g’risida”gi PQ-381 sonli Qarori, o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 23-iyundagi 135-sonli buyrug’i, Farg’ona viloyat hokimining 2006-yil 27- iyundagi 170-sonli qarori va universitetning 2006-yil 10-iyuldagi 159-sonli buyrug’i asosida 2006-yil 13-oktyabrda Farg’ona davlat universitetida Axborot – resurs markazi tashkil etildi.
“Axborot kutubxona faoliyati to‘g’risida”gi Qonunni qabul qilinishi, kutubxona faoliyatida huquqiy asos bo‘ldi.
Mazkur qarorga asosan universitet qoshida 1 va 2 Axborot-resurs markazi tashkil etilib, unda 72 nafar ishchi-xodim faoliyat yurita boshlagan.
Kutubxona fondini boyitishda institut professor–o‘qituvchilari P.P.CHernov, N.I.Leonov, S.N. Deneyka, ye.V.Averinsevlarning xizmatlari katta bo‘lgan6
1930 –yildan shu kunga qadar kutubxonani boshqargan rahbarlar

  • Z.I.Konchevskaya (1930-1947-yy.)

  • N.D.Eleskina (1947-1957-yy.)

  • V.K.Dubrovina (1957-1958-yy.)


  • Download 193.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling