1.2. Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirish pedagogik fan sifatida.
Nutq o’stirish metodikasining maqsad vazifalari. Nutq o’stirish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishi, pedagogik fan ekanligi.
Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o’stirish metodikasi.
Bolalar so’z boyligini oshirish metodikasi.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini grammatik jihatdan to’g’ri shakllantirish metodikasi.
Maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish metodikasi.
Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi.
Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlar metodikasi.
Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.
Nutq o’stirishning asosiy vazifalarini aniqlash, uning mazmunini to'liq belgilash, nutq o’stirish ishlarini tashkil etishni yengillashtiradi, bolalar nutqini o’stirishning samarali bo’lishini ta'minlaydi, chunki cginakam oqilona ta'lim bola ongini ham, xulqini ham o’zgartiradi.
Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Ta'lim-tarbiya ong mahsuli, ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi”
Chunki bugungi xalqaro hayot, jamiyat taraqqiyotida har qanday salbiy faoliyat va muammolarni bartaraf etishda intellektual saloqiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, “Kuch-bilim va tafakkurda” (I.A.Karimov).
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishga doir barcha ishlar biz orzu etgan barkamol avlodni, komil insonni shakllantirishga qaratilishi lozim.
O’tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari nimalardan iborat?
Til va nutq birliklarini farqlang?
Kishilik jamiyatda nutqning o’rni
Til va nutq haqida allomalar fikri
Til va nutq haqida rivoyat bilasizmi?
II. BOB.Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari . Ta'lim muassasalarida nutqni rivojlantirish dasturini amalga oshirish vositalari
Do'stlaringiz bilan baham: |