Mundarija kirish i-bob. Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish xususiyatlari
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishi bosqichlari
Download 32.38 Kb.
|
Harakat faoliyatini o\'rgatishning nazariy va uslubiy asoslari
2.2 Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishi bosqichlari
Funksional imkoniyatlarga asoslangan jismoniy sifatlar, ularni iqtisoslashtirilgan yo‘nalishda rivojlantirish va texnik taktik xarakatlar bilan birgalikda integrallashtirish zamonaviy valeybolning ustuvor masalalaridan biridir. Integral tayyorgarlik xaqida gap ketganda har bir sport tupriga mos yetakchi mutaxassis D.Azzaraning fikriga qaraganda bugungi professional sportda katta yuklamalarga bardosh berish texnik taktik harakatlar samaradorligani yillik tayyorgarlik sikllarida o‘tkazadigan mashg‘ulot va musobaqa o‘yinlari davomida saqlab qolish hamda yuqori natijalarga erishish birinchi navbatda kuch sifatlariga bog‘liq ekan. Uning ta’kidlanishicha sportda ustuvor ahamiyatga loyiq bo‘lgan sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, tezkorlik va o‘yin chidamkorligi portlovchi kuch, dinamik kuch, reaktiv kuch, maksimal (obsolyut) kuch turlari evaziga yuksak darajada sayqal topishi mumkin ekan. Muallif shunga urg‘u beradiki, mashg‘ulotlarda u yoki bu kuch turlarini rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llashda ularni o‘yin davomida qo‘llanadigan tehnik xarakatlar hususiyatiga moslashtirish zarur ekan. Lekin borada ya’ni kuch turlarini rivojlantirishda muvofiq funksional organlarni (“javobgar” mushaklar, bo‘g‘imlar va x.k) mashqlantirishda urg‘u berish muhim ekan. Funksional mashg‘ulotlarni u uch turda qo‘llanishni tavsiya etadi. 1. Bir mashqni qo‘llashda maksimal mushaklarni jalb qilish. 2. Butun tana harakatini nazorat qilish. 3. Qonrni va oyoq mushaklariga urg‘u berish. Bir qator mutaxasisi olimlarning e’tirofiga muvofiq sportda o‘rgatuvchi yoki takomillashtiruvchi mashqlarni qo‘llashda ularni o‘yin davomida ijro etiladigan texnik harakatlar koordinatsiyasiga moslashtirish maqsadga muvofiq ekan. A.T.Garipov, Yu.Yu.Kleshev, Ye.V.Fomin, A.G.Furmanovlar jismoniy shakllarni qo‘llashda ham, tehnik mashqlarni qo‘llashda ham shug‘ullanuvchilarning biologik yoshi, tayyorgarlik imkoniyati va sport malakasi e’tiborga olinishi darkor ekanligini takidlashadi. Bu borada bir qator yetakchi mutahasislar shuni alohida takidlaydilarki, yuqori malakali sportchilar tayyorlashda, shu jumladan jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilish, ayniqsa uni boshqarishda quydagi prinsipial masalalarga asoslanish prinsipial ahamiyatga ega ekan. Sportchilar tayyorlash jarayoniga bundan texnologik yondashuv doirasida yetibor qaratish, albatta, o`ta muhim ahamiyatga loyiqdir. Lekin, yuqorida qayd yetilgan mualliflarning malumotlari, loyihalari, dasturlari va mashqlari qo`llash texnologiyasida funksional tayyorgarlik masalalariga urg`u berilmagan. Gap shundaki, xar bir mashq,u jismoniy sifatgata alluqli bo`ladimi yoki texnik-taktik xarakatlar (usllar)ga aloqador bo‘ladimi, endi bajarish ijrochi funksiaonal organldar ( ko‘l, ayoq, ko‘z va x.k ) ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday mashq ijrosini tak’minlash esa narv-mushak , nafas olish, qon-tomir, shu jumladan bkuyrak, jigar, taloq va xokozo kabi biofiziologik organlarning “ishi” bilan be5lgilandi. Demak, xar bir mashqning jismoniy yoki texnik-taktik xususiyatidan qat’iy nazar, uning biogernitik qiymati fuksional jixatdan baxolanishi lozim. Masalaga bunday yondashuvning zarurligi yana shu bilan asoslanadiki, xar bir jismoniy sifat (teskorlik, kuch,, chaqqonlik va x.k) yoki u bilan bog‘liq xar bir mashqni ijro etishda deyarli barcha jismoniy sifatlar ishtirok etadi (12; 275-b., 46; 189-b.,) maslan teksorlikni namoyish etishda kuch turlari (absolyut, portlovchi, dinamik kuch va x,q,) agar uzoq muddatli teskorlik bo‘lsa-chidamkorlik (aerob va anaerob chidamkorlik), bordiyu o‘zgaruvchi yo‘nalishlarda yuajariladigan bo‘lsa chaqqonlik, teskorlik bilan bog‘lik xarakti turli amplyutulada bajarish kerak bo‘lsa, egiluvchanlik va x.k so‘ngi yillarda chop etilayotgan o‘quv va ilmiy manbalarda sportchining jismoniy tayyorgarligi bilan bir qatorda uning funksional yoki psixofunsional tayyorgvarligi, uni shakllantirish metodlari vositalari ochib bermoqda. Bunday munosabatning axamiyatli joyi shundaki, agar sporrtchida psixofunksional imkoniyachtlar zaif shakllangan bo‘lsa, xech kanday jizmoniy texnik-taktik faollik xaqida gap bo‘lishi mumkin emas. Xulosa A.V. Radionovin, fikriga ko‘ra, jismoniy va psixik ish qobiliyati –bu bir biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan bir faoliyaitning ikki tomoni ekan. “ jismoniy ish qobiliyati” yillik tayyorgarlik sikllarida maqsadli rejalashtirishgan va malga oshirishgan jismoniy hamda psixofunksoinal maxsuli bo‘lib, aynan shu qobiliyat mashg‘ulot va musobafqa jarayonlarida texnik-taktik xarakatlar samaradorligini saqlash asosida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratida. Bu borada shuni xzam ta’kidlash joiski, qayd etilgan. Barcha tayyorgarlik turlarini maqsadli shakllarni uchun yillik tayyorgarlik sikillarning barcha bosqichlarida ularning real xolati va o‘sish dinamikasini nazorat qilib borish xamda muvofik testlar yordamida baxolash ustuvor axamiyatga egadir. Trenirovka mashg‘ulotlari sport turlariga mos xolda olib borilib, pedagogik jarayon sifatida yuqori natijalarga erishishga qaratilgan. Bugungi kunda sport zahiralarini tayyorlash ilmiy-uslubiy asoslarga tayangan holda olib borilmoqda. Farzandlarimizning har tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishida joylarda tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar orasida sportga qiziqish, sog‘lom bo‘lishga intilish kuchayib bormoqda. Bolalar sportini rivojlantirish va ularni sport turlariga saralashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar olib borish zarurati O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarorida belgilab berilgan bo‘lib, bu soha mutaxassislari oldiga yanada yangi talablar qo‘yadi. Yurtimizda bolalar va o‘smirlar sportiga qaratilayotgan jiddiy e’tibor tufayli, yosh avlodni jismonan yetuk qilib tarbiyalash, salomatligini mustaxkamlash hamda turli miqyosdagi musobaqalarda natijalarga erishishlari uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bularning hammasi bolalar va o‘smirlar sporti nazariyasi va uslubiyati sohasidagi qator muammolarning har tamonlama hal etilishini talabqiladi. Bolalar sportini rivojlaptirishning tashkiliy va dasturiy-me’yoriy asoslari, sportda saralash, harakat qobiliyatlarini rivojlantirishning biologik va uslubiy asoslari, yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarining taqsimlanishi, mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish, yosh sportchilar tayyorgarligini boshqarishning kompleks nazorati, yosh sportchilarni tarbiyalash hamda bolalar sporti sohasi mutaxassislarining nazariy tayyorgarligi muammolari shular jumlasidandir. Biroq bolalar va o‘smirlar sporti rivojlanishining hozirgi bosqichi bir qarashda go‘yo xal etilgan masalalarni tanqidiy tahlil qilishni va qayta muxokamadan o‘tkazishni, bolalar va o‘smirlar mashg‘ulot jarayonini hamda ular bilan ishlovchi sport soxasidagi mutaxassislarni tayyorlash ishlarini ilmiy tashkil kilishning yangi kontseptual qoidalarini shakllantirishni talab etadi. Zamonaviy sportda jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho‘qqilarga olib chiquvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo‘lib hizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarni erta yoshlikdan, endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport trenirovkasining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to‘gri ‘tanlash va amalga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste'dodli sport zahiralarini yetishtirishda o‘ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi.Shunday ekan yosh sportchilar o‘quv trenirovka mashg‘ulotlarining uslubiy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb muammolaridan biridir. http://hozir.org Download 32.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling