Mundarija Kirish I. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdoriy o’lchovlarni o’rganishning nazariy asoslari


-SINFLARDA MIQDORLARNI O’QITISHNING JORIY HOLATI


Download 343 Kb.
bet4/9
Sana13.04.2023
Hajmi343 Kb.
#1351039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bоshlang’ich sinflarda uzunlik o’lchоvlarining nazоrat asоsi va

1.2. 3-SINFLARDA MIQDORLARNI O’QITISHNING JORIY HOLATI

Og’irlik o’lchov birliklari.


Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalarning his tuyg’ulari asosida jismlarning og’irliklari haqida dastlabki tasavvurlarni olgan.
Ular shu sharoitda biror narsani ko’rsatib ko’rib og’ir, yengil, biroz og’irroq, biroz yengilroq kabi so’zlarni gapirganlar.
Jismning massasi og’irlik kuchi bilan chambarchas bog’liq. Bu kuch bilan jism yerga tortiladi. Shuning uchun jism massasi jismning o’ziga bog’liq emas. Jism og’irligini taqqoslaganda bu xossa massa deb ataladi.
Matematik nuqtai nazardan massa quyidagi xossalarga ega bo’lgan musbat kattalik.
1. Tarozida bir-birini muvozanatlashtiruvchi jismlarning massasi bir xil.
2. Bir necha jismning massalari ularning yig’indisiga teng. Jismning massasi qancha katta bo’lsa uning og’irlik kuchi ham shuncha katta bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bolalar kilogramm bilan tanishadilar.
1 kg og’irlik haqida tasavvur qilishlari uchun amaliyot bajarishlar lozim
Bolalar bu narsa 1 kg ekan deb aniq ishonch hosil qiladilar. O’qituvchi darsda og’irlik o’lchovlari moslama tarozini ko’rsatadi. Tarozi pallasi undagi yuklar pallasi baravarlashtirish kerakligini aytadi. Dars mobaynida tarozini tarbiyaviy ahamiyatlari ham tushuntiriladi.

Tarozini tortish paytidagi har xil holatlari kuzatiladi. Masalan, tarozining bir pallasida biror buyumni kitoblar yoki sumkani qo’yib tarozini, ikkinchi pallasiga toshlar qo’yiladi. Lekin toshlar bu buyumlardan og’ir yoki ortiqcha buni qanday bilishimiz mumkin tarozini qaysi pallasi og’ir bo’lsa o’sha palla pastga turadi.
Yengil pallaga kerakli toshlarni qo’yamiz va tarozi tenglashadi. Bundan biz tarozi pallasini tenglashganini ko’ramiz.
Shundan keyin o’quvchilar o’qituvchi yordamida 1 kg, 2 kg, 3kg, 5kgli toshlar bilan tuz, shakar, guruch kabi narsalarni navbat bilan o’lchab ko’rishlari mumkin. Tortish davomida natijalarni doskaga yozib ketaveradilar. Daftarga son orqasiga kg so’zi “kg” deb yozib quyiladi. Keyin esa o’quvchilar bilan qiziqarli masalalar tuzib yechiladi.
490-masala. Do’kondan 400g qora choy va undan 150g kam ko’k choy xarid qilindi.Hammasi bo’lib necha gramm choy xarid qilingan?
Yechish:
1)400-150=350g
2)400+350=750g
Javob: 750g choy xarid qilingan.
494-masala. Do’kondan 400g sariyog’ va undan 50g ortiq pishloq xarid qilindi. Hammasi bo’lib necha gramm mahsulot xarid qilindi?
Yechish:
1)400+50=450g
2)400+450=850g
Javob:850g mahsulot xarid qilingan.
496-misol.1)Sentnerda ifodalang:200kg;500kg;700kg;900;3t;48t;10t;85t.
2)Tonnada ifodalang:30sr;50sr;560sr;840sr;1000sr.
Yechish:
1)200kg=2sr 3t=30sr
500kg=5sr 10t=100sr
700kg=7sr 48t=480sr
900kg=9sr 85t=850sr
2)30sr=3t 840sr=84t
50sr=5t 1000sr=100t
560sr=56t
501-masala.Bozorda 10 qop guruch keltirildi.Har bir qop guruch 70kg dan bo’lsa, bozorga necha sentner guruch keltirilgan?
Yechish:
1)70*10=700kg
1sr=100kg
2)700kg=7sr Javob:7sr guruch keltirilgan.
Dars davomida bolalarga mantiqiy qiziqarli masalalar berib boriladi
Masalan.
1. Xo’roz bir oyoqda tursa og’ir bo’ladimi, yoki ikkala oyoqda turgandami?
Bu jumboqli masalalar o’quvchilarni o’ylantiradi.
Bir kg tosh og’irmi? Yoki bir kg paxtami?
O’quvchilar o’z fikrlarini aytadilar. O’qituvchidan yordam olishlari mumkin.
Navbatdagi darsda o’quvchilar gramm bilan tanishadilar. O’quvchilarda gramm haqidagi tassavurni uyg’otish uchun bolalarda 1 grammlik toshni ko’rsatib uni chamalab ko’rishadi.
Shunda gr yengil o’lchov birligi ekanligiga ishora hosil qilishadi. U bilan yengil narsalar urug’lar, dorilar tangalar o’lchanadi degan firkni tushuntirish lozim.
Masalan 1 tiyinlik tanga 2 g ekanligini aytish kerak.
Biz sinfxonada dorixona tarozisini olib kelamiz. Unda dorilar tortilishini tushuntiramiz. Dorilarni o’lchash uchun 1g, 2 g, 3g, 5 g, 10 g, 100 g mayda toshlar kerakligi aytiladi.
Shundan keyin tortish grammga doir amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.
525-masala.Do’kondan 1kg 200g konfet va undan 300g ortiq pecheniy xarid qilindi.Do’kondan jami qancha konfet va pecheniy xarid qilindi?
Yechish:

  1. 1kg 200g=1200g

  2. 1200+300=1500g

  3. 1200+1500=2700g=2kg 700g

Javob:2kg 700g
O’quvchilarga tarozida o’zlari tortib ko’rishlari uchun sharoit yaratamiz, yo’l qo’ygan xatolarini ko’rsatib boramiz.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida savdo tarozisi haqida kengroq tushuntirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun bolalarni yaqin joylashgan savdo do’konlariga olib borib u yerda tarozidan qanday foydalanish tushuntiriladi. 500 g tuz olmoqchi bo’lsak bu yarim kgni tashkil etishini tushuntiramiz.
1 kg -1000 gramm
0,5 kg-500 gramm
Masalalar orqali mustahkamlaymiz.
529-masala.Bozorda sotuvchi 1-kuni 312 kg, 2-kuni undan 43 kg ortiq piyoz sotdi.Sotuvchi 2 kunda necha kg piyoz sotgan?
Yechish:
1)312+43=355kg
2)312+355=667kg Javob:667 kg piyoz sotgan.
521-masala.Birinchi xirmondagi bug’doy 12 ta qopga, ikkinchi xirmondagi bug’doy 8 ta qopga solindi.Har bir qop 50kg dan bo’lsa, hamma bug’doy necha sentner? Tonnaga aylantirganda-chi?
Yechish:
1)8+12=20 ta qop
2)20*50=1000kg Javob:1)10sr 2)1t
541-masala.Bozorga 768 kg sabzi keltirildi.1-kuni 232 kg, 2-kuni 324kg sabzi sotildi.Qancha sabzi qoldi?
Yechish:
1)768-232=536kg
2)536-324=212kg
II usul
768-(324+232)=768-556=212 Javob:212 kg
Boshlang’ich sinflarda og’irlik o’lchovlarini tushuntirishda davom etamiz. O’quvchilar o’zlari uchun notanish bo’lgan yangi o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Bu tonna va sentner. Shu o’lchov birliklari orqali og’irlik o’lchovi jadvali yuzaga keladi.

1kg=1000 gr
1 gr=1000mgr
1 sen=100 kg
1 tonna=1000 kg

Savol-javob orqali og’irlik o’lchov birliklari mustahkamlanadi.

  1. 1 kg da necha gramm bo’ladi?

  2. 1 tonna qancha kg ni tashkil etadi?

O’quvchilar 1 tonna yoki 1 sentner og’irlikdagi massani qo’lga ko’tarib bo’lmasligini tushinib yetadilar. Qum, shag’al, tuproq, ko’mir, sement kabi narsalar ushbu o’lchov birligi yordamida o’lchashni tushuntiriladi. Shartda 1 qop kartoshka 2 sentner: “Moskvich” avtomobilining og’irligi taxminan bir tonna: 30-35 ta o’quvchilarning og’irligi taxminan 1 tonnaga teng ekanligini tushuntirish katta ahamiyatga egadir. Og’irlik o’lchoviga doir masalalar ularni tassavurini yanada boyitadi.
Masalan: 64kg=g
702s=s  kg
3642 tonna= t = kg
563-masala.Tomorqadan 194kg piyoz, undan 76kg ortiq sabzi, sabzidan 158kg ortiq kartoshka kovlab olindi.Necha kilogram kartoshka kovlab olingan?
Yechish:
1)194+76=170kg sabzi
2)170+158=328kg kartoshka Javob:328 kg
564-masala.Bozorga 378 kg pomidor va undan 76 kg ortiq bodiring keltirildi.Bozorga hammasi bo’lib qancha pomidor va bodiring keltirilgan?
Yechish:
1)387+76=463 kg bodiring
2)387+463=850 kg Javob:850 kg

O’tmishda xalqimiz ko’pgina og’irlik o’lchovi birliklaridan foydalangan.


Masalan: Misqol, pud, do’l, payza, botmon, daxlar, chorak, nimcha va boshqa og’irlik birliklaridir.
Og’irlik o’lchov birliklarini ikki guruhga bo’lish mumkin.

  1. Aniq miqdorni ifodalashi birliklar

  2. Noaniq miqdorni ifodalovchi birliklar.

Aniq miqdorni ifodalovchi birliklar pud, keli, dol va boshqalar.
Pud- so’zi qadimdan og’irlik o’lchovi sifatida qo’llanilgan, hozirdan “don” maxsulotlarini o’lchashda ishlatiladi.
1 pud-16kg
Do’l esa taxminan 90-100 kg ni bildiradi.
Keli-esa taxminan 3-4 kg ni bildiradi.
Bundan tashqari og’irligi aniq bo’lmagan miqdorni ifodalovchi o’lchov birliklari ham bor.
Paysa, botmon, chorak.
Paysa, miqdor- so’zlari ham miqdorli o’lchovlarda ishlatiladi.

Misqol-500 gr


Chorak-4kg
Nilaa-500 gr
Garbek-125 kg
Nimchorak-2kg
Masalan 1 qadoq olma, sakkiz qadoq tosh, uch chorak g’isht, bir chorak qand, bir choksa lashba mayi, 50 botmon bug’doy kabi so’zlar.
594-masala.Do’konga keltirilgan 10 qop shakar 3 kg li xaltachalarga solib chiqildi. Agar bir qop shakar 45 kg bo’lsa, keltirilgan hamma shakar necha xaltachaga solingan?
Yechish:
1)45:3=15 kg
2)10*15=150 ta xaltacha javob:150 ta
623-masala.Supermarketdan 502 kg qo’y go’shti va mol go’shti keltirildi.Birinchi kuni qo’y go’shtidan 138 kg, mol go’shtidan 154 kg sotildi.Supermarketda qancha go’sht qoldi?
Yechish:
1)138+154=292 kg
2)502-292=210 kg
Javob: 210 kg


  1. Download 343 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling