Mundarija Kirish I. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdoriy o’lchovlarni o’rganishning nazariy asoslari
Download 343 Kb.
|
Bоshlang’ich sinflarda uzunlik o’lchоvlarining nazоrat asоsi va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish……………………………………………………………………….6 I. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdoriy o’lchovlarni o’rganishning nazariy asoslari……………………………………..……………7
- II. Bob. Boshlang’ich ta’lim 3 sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatish imkoniyatlari…………………………………………………..............……24
- Xulosalar ………………….…………………………………………..…..62 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
- Tadqiqot maqsadi
- Tadqiqot farazi
Mundarija Kirish……………………………………………………………………….6 I. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdoriy o’lchovlarni o’rganishning nazariy asoslari……………………………………..……………7 1.1. Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish………………………….....7 1.2. 3-sinflarda miqdorlarni o’qitishning joriy holati ………………………17 II. Bob. Boshlang’ich ta’lim 3 sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatish imkoniyatlari…………………………………………………..............……24 2.1. Vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish……………………………24 2.2. Xajm haqida tasavvurlarni shakllantirish…………………………41 2.3. Miqdorlarga oid masalalar yechish ……………………..…………48 Xulosalar ………………….…………………………………………..…..62 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati ……………………………………...65 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimovning “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir”1 degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi miqdorlarga oid masalalar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 3-sinf o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy taxlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni qatnashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J.. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun, tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda miqdoriy masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masalalar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borish, bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “ III sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi ” deb nomladik. Tadqiqot maqsadi.: III sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi bо‘yicha dars samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish, uning bir butun tizimini о‘rganib chiqish. Tadqiqot obyekti: III sinflarda miqdorlarni o’qitish jarayoni. Tadqiqot predmeti: III sinflarda miqdorlarni o’qitishning metod, usul va vositalari. Tadqiqot farazi: III sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish mumkin agar: -III sinflarda miqdorlarni o’rganish zaruriyati nazariy asoslansa; о‘quvchilarning olgan bilimlari qiziqarli, ongli va aniq bо‘lishi ta’minlansa; III sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mazmuni, shakl va metodlari takomillashtirilib borilsa; III sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘qitishda matematikadan olgan bilimlarining sifat kо‘rsatkichi yuqori bо‘lishi e’tiborga olinsa;. Download 343 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling