Mundarija Kirish I. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdoriy o’lchovlarni o’rganishning nazariy asoslari


Download 343 Kb.
bet8/9
Sana13.04.2023
Hajmi343 Kb.
#1351039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bоshlang’ich sinflarda uzunlik o’lchоvlarining nazоrat asоsi va

XULOSALAR.

O’zbekiston Respublikasining istiqboli xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida bo’lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo’ymoqda. Zero yosh avlod tarbiyasi O’zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim zamini deb hisoblanadi.


“Yoshlari bilimdon, yurtning kelajagi buyukdir”.(I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”).
Biz shunday farzandlarimizni tarbiyalashimizda boshlang’ich sinflarda matematika fanini ahamiyati juda katta ekanligini aytib o’tishimiz lozim hisoblanadi.
Bugungi kunda har bir kishi ishbilarmonlikni, iqtisodiy hisob-kitobni bilishi zarur.
Matematika kerak
Har bir o’g’il qizga
Aqlini va fikrini
Soladi yaxshi izga
Shuning uchun boshlang’ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan yaxshilash davr talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o’qituvchidan yuksak tajribani puxta bilimni, malakani talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda miqdor va birliklarni juda keng o’rganilmoqda. Boshlang’ich sinf matematikasida uzunlik o’lchovi, vaqt o’lchovi, yuzani o’lchash va topishga doir misol va masalalar berilgan.
Bu sinflarda miqdor o’lchovlari o’zgarmas birligidan foydalanib bilib boriladi. Masalan: uzunlik o’lchovi, millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr.
Og’irlik o’lchovi: gramm, kilogramm, sentiner, tonna.
Vaqt o’lchovi: sekund, minut, soat, yil, asr, oy, kun sutka, hafta.
O’lchov birliklarini tarkib toptirishda qadimgi nomlardan ham foydalanilgan. Masalan: qarich, quloch, gaz, qadam, chaqirim, tosh, pud, misqol, chorak, daqiqa, tanob, asr, qadam, olchin, ongli, manzil, yog’och, farzand va shular kabilar.
Bundan tashqari miqdorlar tushunchasi figuralarning yuzini o’lchashda ham ma‘lum birliklardan foydalaniladi.
Kvadrat santimetr (kv sm) kvadrat detsimetr (kv dm) kvadrat metr (kv m) lardir.
Hozirgi vaqtda minutni daqiqa, sekuntni soniya deb atash odat tusiga kirib qolgan.
Maktab matematika darsligida o’qituvchi uchun shunchaki ko’rsatma berilgan. Darsni qiziqarli va mazmunli o’tish uchun esa o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
Shuning uchun ham men malakaviy bitiruv ishimda qiziqarli savollar, miqdor birliklarini kelib chiqish tarixi, eskicha nomlanishini ham keltirib o’tdim.
Shu bilan birga dars jarayonini o’yin va qiziqarli didaktik tarzda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Darsni she‘riy usulda olib borish ham darsni qiziqarli o’tib mavzuni yaxshi tushunib olishga yordam beradi.
Har bir masalalarni yechayotganda 4 ta masala berishni eslatib o’tiladi.
“Ta ortiq”-bu qo’shish
“Ta kam”-esa ayirish
“Marta ko’p”-ko’paytirish
“Marta kam”-esa bo’lish
Buni derla:
Matematik hisob
Masala yechilar
Aytilar javob
Matematikada didaktik she‘rlar o’quvchini fikrlashga, izlanishga dunyoqarashini kengaytirishga olib keladi. Har bir dars ko’rgazmali va ko’rsatmali bo’lmog’i lozim. Chunki:“Sinfga surat olib kirsang soqov ham tilga kiradi” deb bejizga aytilmagan. Dars mobaynida o’quvchilar bilan qiziqarli suhbatlar o’tkazish, ular bilan birga sahna, badiiy ko’rinish va savol-javoblar o’tkazish har bir miqdor birliklariga doir test kartochkalaridan foydalanish ham ko’zda tutilgan. Biz tajriba-sinov ishimizni Qarshi shahridagi 10-umumiy o’rta ta‘lim maktabida olib bordik.
Tajriba sinov-ishlarini o’tkazish natijalariga ko’ra quyidagi xulosalarga keldik.

  1. 3-sinf o’quvchilari miqdorlarni o’rganish natijasida hayotiy hisob–kitoblarni bajarishga qulaylik yaratadi.

  2. 3- sinf o’quvchilariga miqdorlarni hayotiy masala va misollar orqali o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  3. 3-sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  4. 3- sinf o’quvchilari interfaol metodlar asosida o’rganish natijasida miqdorlarga doir bilimlari oshadi va iqtisodiy bilim, ko’nikmalari shakllanadi hamda 4-5-6 sinflarda miqdorlarni yechishga zamin yaratiladi.




Download 343 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling