Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishning ahamiyati
-sinfda “Kuch birlikda” matni asosida bayon yozish namunasi
Download 94.56 Kb.
|
KURS ISHI ONA TILI
2-sinfda “Kuch birlikda” matni asosida bayon yozish namunasi:
2-sinfda bayon birinchi marta yozdiriladigan darsda bayonning nima ekani, qanday yozma ish turi ekankigi bolalarga tushuntiriladi. “Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlarning imlosi” mavzusi o‘rganilgandan so‘ng quyidagi matn asosida bayon olish mumkin. Bu dars quyidagicha tuzulishda bo‘ladi: 1. O‘qituvchining o‘quvchilarni bayon yozishga tayyorlovchi kirish nutqi: -Biz bugun bayon yozamiz. Bayon o‘zi nima? Biz ona tili darsimizda aralash berilgan so‘zlardan gap tuzganmiz. Aralash berilgan gaplarni tartibga solib matn tuzganmiz. Rasmlarga qarab savollarga javob yozganmiz. O‘qish darslarida o‘qigan asarlarimizni o‘z so‘zlarimiz bilan og‘zaki qayta hikoyalaganmiz. Bular bayon yozishga sizni tayyorlab bordi. Endi ona tili darsida o‘qish darsida o‘qigan hikoyalarimizga o‘xshagan matnni o‘qib, qayta hikoyalab, so‘ng o‘z so‘zlarimiz bilan yozsak, bayon bo‘ladi. 2. Matnni ifodali o‘qish va tahlil qilish. “Kuch birlikda” matni ifodali o‘qib beriladi: Bir chumoli katta don topib oldi. Uni iniga olib ketmoqchi bo‘ldi. Don og‘ir edi. Chumoli donni ko‘tara olmadi. Shundan keyin chumoli o‘rtoqlarini yordamga chaqirib keldi. Ular birgalikda donni inlariga olib keldilar. (33 so‘z) O‘qituvchi matnni o‘qib beradi. So‘ng usti yopib qo‘yilgan shu matnni ochiladi. O‘quvchilar ichlarida o‘qiydilar. 3. Matn yuzasidan suhbat: –Hikoyada qanday chumolilar haqida gap boradi? –Chumoli nima uchun yordamga chaqirdi? –Chumolilar birlashib nima qildilar? 4. Hikoya sarlavhasi ustida ishlash: -Nima uchun hikoyaga “Kuch birlikda” deb sarlavha qo‘yilgan? 5. Hikoyaning leksik birliklari ustida ishlash. -Doskadagi hikoyani qayta o‘qing. Qaysi so‘zlarni yozish xato qilish mumkin? (kata, ketmoxchi, topip, olip, o‘rtog‘lari, chaqirip) Shu so‘zlarning talaffuzi va yozilishi ustida ishlanadi. 6. O‘quvchilarni hikoyani kengaytirib hikoyalashga tayyorlash. Matndagi gaplarni biroz o‘zgartirgan holda yozishga o‘rgatish uchun quyidagi savollarga javob olinadi: Chumoli qayerdan don topib oldi? U nima uchun donni ko‘tara olmadi? Boshqa chumolilar nima uchun unga yordam berishdi? 7. Reja tuzish. Reja so‘roq gap shaklida tuziladi va o‘quvchilar shu asosda hikoya qildiriladi. Reja: Chumoli nima uchun qiynalib qoldi? Chumoliga o‘rtoqlari qanday yordam ko‘rsatdi? 8. Raja asosida matnni to‘liq qayta hikoyalash. Tayanch so‘zlar. Doskaga ”katta, don, ketmoqchi, topib, olib, o‘rtoqlari, chaqirib, in” so‘zlari yozib qo‘yiladi. 9. Yozilgan bayon matni tahlili. O‘quvchilarga yozgan bayonlarini o‘qib, xato-kamchiliklarini tuzatishlari aytiladi va o‘rgatiladi. Bu paytda bayon matni yana doskaga ilib qo‘yildi. O‘quvchilar yozganlarini unga qarab tekshirdilar. Download 94.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling