Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishning ahamiyati


Quyida 4-sinfda o‘tkaziladigan ta’limiy bayon darsining namunasi


Download 94.56 Kb.
bet9/13
Sana28.12.2022
Hajmi94.56 Kb.
#1024126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI ONA TILI

Quyida 4-sinfda o‘tkaziladigan ta’limiy bayon darsining namunasi:
Darsning mavzusi: „Qovun sayli" . (Bayon)
Darsning maqsadi: o‘quvchilarning yozma nutqlarini o‘stirish. ”O‘qish kitobi”dagi Sh.Sa’dullaning „Qovun sayli" hikoyasi matni va rasm asosida yozma qayta bayon qilishga o‘rgatish. O‘quvchilarning ona Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini oshirish. Mehnatsavarlik ruhida tarbiyalash.
Darsning turi: o‘quvchilarning yozma nutqini va imloviy savodxonligini aniqlash.
Darsning metodi: suhbat, mustaqil ish metodi va amaliy ish metodi..
Darsning jihozi: qovun polizi aks ettirilgan rasm.
Darsning borishi:
O‘qituvchi bugungi darsda ta’limiy bayon o‘tkazilishini aytib, ularni bayonyozishga tayyorlaydi.

  1. O‘quvchilar diqqatiga „Qovun polizda" rasmi havola qilinib, suhbat uyushtiriladi.

— Rasmda nimalarni ko‘ryapsiz?
— Polizda nimalar pishib yetilgan?
— Polizda bolalarni kim kutib oldi?
— Bolalar polizda nima qildilar?

  1. ”O‘qish kitobi”dagi Sh. Sa’dullaning „Qovun sayli" hikoyasining 2-qismi o‘qitiladi.

  2. Doskada oldindan yozib qo‘yilgan quyidagi so‘zlar o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi.

Tog‘a, Hasan, Husan, Munisa, hatto, dala, sarg‘aygan qovunlar, olachipor tarvuzlar, chayla, umrvoqi, ko‘kalapish, doniyor, qo‘zivoy, shirinak, uzilgan, dumalab yotardi.

  1. O‘qituvchi qovun turlari haqida, ko‘rinishi haqida ma’lumot beradi. O‘quvchilar yuqoridagi so‘zlar ishtirokida rasmga qarab gap tuzadilar.

  2. Reja tuzish. O‘quvchilardan har bir rejada nima haqda yozmoqchi ekanliklari so‘raladi. So‘ngra reja tuzishlariga vaqt beriladi. Uch-to‘rt o‘quvchi o‘z rejasini o‘qiydi va shu reja asosida matnni qayta hikoyalaydilar. Lozim bo‘lsa, o‘qituvchi o‘quvchilar hikoyasiga tuzatishlar kiritib boradi. O‘quvchilarga noaniq bo‘lgan o‘rinlar oydinlashtiriladi.

O‘quvchilar o‘z rejalarini aytadilar va rejaning eng ma’qul deb topilganlari doskaga yozib boriladi.
Reja:
Qovun polizining ko‘rinishi.
Mavlon tog‘aning hikoyasi.
Shirinak tanlovi.
Bolalar xursand qaytdilar.


  1. Download 94.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling