Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishning ahamiyati
Reja asosida to‘liq qayta hikoyalash
Download 94.56 Kb.
|
KURS ISHI ONA TILI
Reja asosida to‘liq qayta hikoyalash. O‘qituvchi o‘quvchilar bayonni yozolmay qiynalsalar, yuqoridagi matnni o‘qib berishi va ularga yo‘llanma ko‘rsatishi, o‘quvchilarning diqqatini yana rasmga qaratishi mumkin.
O‘quvchilar bayonni yozishga kirishadilar. O‘qituvchi parta oralab yurib, o‘quvchilarga qiynalgan o‘rinlarda yordam beradi. O‘quvchilar yozgan bayonda imlo xato bilan yozilgan so‘zlar kiritilgan matnni havola qilamiz: Kuz fasllar ichida eng go‘zali fasl hisoblanadi. Kunlarning birida shaxarda yashovchi Munisa onasi va dadasi, akalari Hasan, Husan bilan qishloqga bordi. Ularni buvasikutib oldi. Ertasi qishloqda „Qovun sayli" bo‘lib o‘tdi. Qizlar qovun saylini birinchi ko‘rishlari edi. Juda xursan bo‘ldilar. Poliz egasi Mavlon tog‘a qovin sayli uchun alohida tayyorgarlik ko‘rgan ekan. U kishi bolalarni chaylaga taklif qildi. Chayla atrofiga terib qo‘yilgan turli qovunlarni ko‘rgan qizlar hayron bo‘lib, Movlon tog‘adan qovunlar haqida so‘radilar. Mavlon tog‘a qovunchilik bilan bolaligidan shug‘illanib kelganini, O‘zbekistonimizda qovunlarning bir necha xili borligini aytdi. Qo‘liga tuxumga o‘hshash botiq yo‘lli sariq qovunni olib ko‘rsatdi. Uning oti bosvoldi ekan. Nonishta qilib olgan bolalar poliz oralab ketishdi. Ular eng shirin qovunni tallab, shirinaki o‘yinining g‘olibi bo‘lishni istardilar. Munisa ham chiroyli qovun tanladi. Chaylada qovunlarni so‘yib, sinab ko‘rishdi. Eng shir-ini HasanHusanlar tanlab chiqqan donyor qovuni bo‘ldi. Bolalar qanday qilib kech tushganini bilmay qoldilar. O‘quvchilarning daftarlari yig‘ib olinib, dars yakunlanadi. Bayonni tekshirganimizda, 140 dan ortiq so‘zli matndan 70-80 so‘z atrofidagi matn yaratganlari ma’lum bo‘ldi. Bayonda qo‘shimchalarni qo‘llashda, so‘z qo‘llashda uslubiy xatolarga yo‘l qoyishgan. Biz imlo xatolarni keltirdik. Bosh harflar imlosida xato qilishmagan. Bo‘g‘in ko‘chirishda kam xato qilishgan. Keyinchi bayon natijasi tahlilida imlo xatolar ustida ishlandi. Xato yozilgan so‘zlarning tagiga chizib qo‘yilgan edi, o‘quvchilarning o‘zlari uni doskaga chiqib yozdi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib va tuzatib bordilar. Xulosa qilib aytganda bayon yozish o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish bilan birga imloviy savodxonliklarini ham mustahkamlaydi. Download 94.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling