Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishning ahamiyati


Download 94.56 Kb.
bet12/13
Sana28.12.2022
Hajmi94.56 Kb.
#1024126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI ONA TILI

Ijodiy qayta hikoyalash va bayon
Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
SHaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang‘ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko‘proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o‘quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o‘quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o‘qituvchi rahbarligida gapning kesimini o‘zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o‘zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so‘zini ishlatadilar. SHaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o‘qish darslarida olib borilgan bunday og‘zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o‘tkaziladi.
Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.
Matnni ijodiy to‘ldirib qayta hikoyalash. O‘quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to‘ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko‘pincha og‘zaki tarzda o‘tkaziladi.
So‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlarni bajartirish asosida o‘tkaziladi: «Siz shu vaziyatda o‘zingizni qanday sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb o‘ylang. SHu voqealar ko‘z oldingizdan o‘tyapti, siz ko‘ryapsiz, eshityapsiz va o‘zingiz tasvirlayapsiz deb o‘ylang». O‘quvchilarga topshiriq sifatida matndagi tabiat tasviri, qahramonlarning tashqi ko‘rinishi, portretini so‘z bilan tasvirlash berilishi mumkin. Bu asosan og‘zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida yozdiriladi.

II bob bo’yicha xulosa Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayon yozishning qanchalik ahamiyatli ekanligini mavzu jihatidan o’rganib chiqish jarayonida shuni anglab oldikki har o’quvchining yozma nutqini rivojlantirish uchun turli mavzudagi bayon tanlashda e’tiborli jihatlariga ahamiyat berish zarur. Bugungi kunda zamon talablariga har tomonlama mos keluvchi, vositalar darsliklarning asosiy yo’nalishi ham aynan shunda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodkor va yozma nutqqa har tomonlama tayyor qilib tarbiyalash uchun va eng muhimi ularda bog’lanishli nutq komponentlarini tog’ri shakllantirish uchun ham bayon turlaridan boshlang’ich ta’limda unumli foydalaniladi.


Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni barkamol avlod ruhida tarbiyalashda ona tili darslarining alohida o’rni bor. Ona tili darslarida bog’lanishli nutqni o’stirish ayniqsa muhimdir.
XULOSA
1. Boshlangich sinf ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish bilan bog’liq izlanish natijasida mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi, bu muammoni maktab o’quvchilari ona tili tayyorgarligiga nisbatan qo’llash shart-sharoitlari belgilandi.
2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasining asosiy yo’nalishi sifatida turli psixologik jarayonlarni faollashtirish (qabul qilish, diqqat va hokazo) asos qilib olindi.
3. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi yuksak mahorat, bilimni egallashda ijodiy xususiyat hosil qiladi.
4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili va o’qishni o’qitish jarayonida bayon yozishning ahamiyati bilan bog’liq ishlar natijasida mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi, bu jarayonni maktab o’quvchilari bayon yozishga tayyorgarligiga nisbatan qo’llash shart-sharoitlari belgilandi.
5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili va o’qish fanlarini o’qitish jarayonida bayon yozish haqida beriladigan bilimlarni chuqur, keng, oson va samarali yetkazish zarur.


Download 94.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling