Mundarija: Kirish I. Bob Bozor iqtisodiyoti sharoitida valuta siyosatining ilmiy asoslari


O'zbekistonda valyuta bozori erkinlashtirish huquqiy asoslari


Download 0.94 Mb.
bet5/13
Sana05.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1275724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Valuta siyosati tayyor22222

1.4. O'zbekistonda valyuta bozori erkinlashtirish huquqiy asoslari
1989-1991 yillarda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning yillik o’sishi amaldagi 5,2 foizdan 1,6 foizgacha pasaydi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o’sish sur’ati esa, mazkur davrda 5,8 foizdan 2,8 foizga qadar pasaydi.
Mustaqillik arafasida O’zbekistonning eksport salohiyati juda past edi. O’zbekistonning sobiq Ittifoq eksportidagi ulushi atigi 3,3 foizni tashkil etar edi. Holbuki, iqtisodiy salohiyat jihatidan O’zbekiston Ittifoqda mavjud 15 respublika ichida to’rtinchi o’rinda turar edi (Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan keyin).

2-rasm. Markaziy bank dollar kursi va aholi omonatlaridagi soʻnggi oʻzgarishlar
Buning ustiga, eksport tarkibi xom-ashyo mazmuniga ega bo’lib, paxta tolasini eksport qilish asosiy o’rinni egallar edi.
Achinarli jihati shundaki, paxta tolasini eksport qilish natijasida olingan valyuta tushumlari to’liq Moskvada, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida qolar edi.
Byudjet siyosati sohasidagi vaziyatimiz ham ayanchli edi. 1991 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kamomadi uning umumiy xarajatlariga nisbatan 44 foizni tashkil qilar edi. Bu esa, nihoyatda salbiy ko’rsatkich bo’lib, xalqaro amaliyotda bu ko’rsatkichning me’yoriy darajasi 8 foizni tashkil qiladi.
1993-1996 yillarda mamlakatda baholarning yuqori o’sish sur’atlari kuzatildiki, buning natijasida mamlakat korxonalari faoliyatiga va aholining turmush darajasiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga keldi.1992 yilda chakana baholar 9,1 martaga, 1993 yilda 8,8 martaga oshdi. 1993 yilning ikkinchi yarmida ulgurji baholarning o’rtacha oylik o’sish sur’ati 131,4 foizni tashkil etdi.
1994 yilda inflyatsiya darajasi o’z cho’qqisiga chiqdi va uning yillik darajasi 1282 foizni tashkil etdi. Bu haqiqiy giperinflyatsiya edi.
Bizga ma’lumki, inflyatsiyaning yillik darajasi 1000 foizni tashkil qilsa va undan oshsa, bu giperinflyatsiya hisoblanadi. Giperinflyatsiya esa, inflyatsiyaning eng yuqori darajasi hisoblanadi.
Inflyatsiya darajasi juda yuqori bo’lganligi sababli, tovar ishlab chiqaruvchilarning real daromadlari miqdorining kamayishi yuz berdi. Natijada soliqqa tortish bazasining qisqarishi yuz berdi. Buning oqibatida davlat qo’shilgan qiymat solig’i stavkasini yuqori darajada, ya’ni 25 % darajasida saqlab turishga majbur bo’ldi. Bu esa, tovarlar baholarini yanada oshishiga xizmat qildi.
O’zbekiston Respublikasi valyuta tizimi yaxlit tizim sifatida shakllangan va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.
1. Milliy valyuta-so’m.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870-sonli “O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, so’m 1994 yilning 1 iyulidan boshlab muomalaga kiritildi. Amaldagi valyuta-so’m-kupon so’mga 1000ga 1 nisbatda almashtirildi.
Muomaladagi pul belgilarining barchasi banknotalar bo’lib. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aktivlari bilan ta’minlangan. Respublikamizda xazina biletlari mavjud emas. Chunki, Moliya vazirligi pul emissiya qilish huquqiga ega emas.
2. Milliy valyuta - so’m, almashinish shartiga ko’ra, to’liq almashinadigan valyuta hisoblanadi.
2003 yilning 8 oktyabrida boshlab, O’zbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro valyuta fondi Kelishuv moddalarining VIII-moddasi bo’yicha majburiyatlarni qabul qilgan. Shunga muvofiq, 2003 yilning 15 oktyabridan boshlab, joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha valyutaviy cheklashlar bekor qilingan.
3. Milliy valyuta - so’m boshqariladigan suzish rejimiga ega edi. Ammo, O’zbekistonni 2018 yildan boshlab inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tishi munosabati bilan milliy valyutaning erkin suzish rejimi joriy etildi.
2017 yilda valyuta siyosatini liberallashtirilishi munosabi bilan milliy valyutaning nominal almashuv kursi keskin pasaydi, ya’ni qariyb ikki barobarga milliy valyuta qadrsizlandi.
4. Milliy valyutaning pariteti.
So’mning pariteti uning xarid qobiliyatini AQSh dollarining xarid qobiliyati bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Chunki, so’mning nominal almashuv kursi AQSh dollariga nisbatan aniqlanadi. Bunda so’m to’g’ri kotirovkaga ega.
5. Mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy to’lovga qobilligi.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro miqyosda valyutaviy to’lovga qobil hisoblanadi.
2018 yil yakunlari bo’yicha respublikamizda davlatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,2 foizni tashkil etdi17.
6. Mamlakatda valyutaviy cheklashlarning mavjudligi yoki yo’qligi.
O’zbekiston Respublikasida to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’limi bo’yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo kapitallar va kreditlarning harakat balansi bo’yicha valyutaviy cheklovlar mavjud.
7. Milliy valyuta bozori va oltin bozorining rejimi.
O’zbekiston Respublikasi valyuta bozori Respublika valyuta birjasi va birjadan tashqari valyuta bozoridan iborat.
1994 yilning 15 aprelidan boshlab, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida doimiy savdolarni o’tkazish va uning natijasi bo’yicha so’m-kuponning, keyinchalik so’mning chet el valyutalariga nisbatan qiymatini e’lon qilish joriy qilindi. Valyuta birjasidagi savdolar haftasiga ikki marotaba, 1997 yil aprel oyidan boshlab esa, har kuni o’tkazila boshlandi18.
Respublikamizda oltin savdosiga nisbatan davlat monopoliyasi mavjud bo’lganligi sababli oltin bozori yo’q.
8. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilash.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Respublika hududida esa, barcha hisob-kitoblar va to’lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.
9. Mamlakatda xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat organlari.
O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi organ hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat Bojxona qo’mitasi esa, valyutani nazorat qiluvchi organlardir.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling