Mundarija: Kirish I. Bob Bozor iqtisodiyoti sharoitida valuta siyosatining ilmiy asoslari


Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari haqida


Download 0.94 Mb.
bet7/13
Sana05.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1275724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Valuta siyosati tayyor22222

2.2. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari haqida
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotli davlatlar valyuta kurslari, xususan Braziliya reali (BRL), Meksika pesosi (MXN), Rossiya rubli (RUB), Janubiy Afrika randasi (ZAR), Indoneziya rupiyasi (IDR) va turk lirasi (TRY) sezilarli darajada qadrsizlandi (1-rasm). 2020 yil fevral oyining oxiri va mart oyining o‘rtalari/oxirigacha bo‘lgan davrda valyutalarning qadrsizlanish sur’atlari jadallashdi.

4-rasmRivojlanayotgan bozor iqtisodiyotlarida valyuta kurslari
(2020 yil yanvar-may oylari)
Izoh: Nominal samarali almashuv kursi (keng ma’nodagi indeks), 2020 yil 15 yanvar bazaviy davr (100 ga teng). Ko‘tarilish iqtisodiyot valyutasining keng valyutalar savatiga nisbatan qadrini oshishini ko‘rsatadi. Natijada, ushbu mamlakatlarning birinchi galdagi harakati valyuta bozoriga aralashuv bo‘ldi. Bunday sharoitda, mazkur mamlakatlar milliy valyutalari barqarorligini saqlab qolish va ichki valyuta bozorida valyuta likvidligini ta’minlash maqsadida oltin-valyuta zaxiralaridan foydalanishdi.
Koronavirus inqirozi rivojlangan davlatlarning valyuta almashuv kurslari va makroiqtisodiy barqarorligiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy rivojlanishida neft eksporti muhim hisoblangan Norvegiyada Markaziy bank neft narxining keskin tushib ketishi va pandemiya oqibatlari tufayli 20 yil ichida birinchi marta Norvegiya kronasi barqarorligini saqlab qolish maqsadida valyuta bozoriga aralashishga tayyorligini ma’lum qildi. Shveysariya Milliy banki esa o‘z franki qadrini yanada oshib ketishini cheklash maqsadida teskari yo‘nalishda (dollar/yevro sotib olish orqali) valyuta bozoriga aralashdi.
Markaziy banklar tomonidan milliy valyutalari barqarorligini ta’minlash maqsadida valyuta bozoriga bunday aralashuvlar oltin-valyuta zaxiralari hajmi va valyuta tarkibida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Xalqaro valyuta fondining Rasmiy valyuta zaxiralari valyuta tarkibi (COFER) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1-choragida dunyo rasmiy valyuta zaxiralari hajmi 92,8 mlrd. AQSh dollariga kamaydi (5-rasm).
Shu o‘rinda, ta’kidlab o‘tish kerakki, dunyoning 149 ta mamlakatlari rasmiy valyuta zaxiralari tarkibida AQSh dollarining ulushi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Xususan, 2020 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha mazkur mamlakatlar rasmiy valyuta zaxiralari tarkibida AQSh dollari ulushi 62 foizni tashkil etdi.
2-rasm. Dunyo mamlakatlari rasmiy valyuta zaxiralari va valyuta tarkibi o‘zgarishi

Izoh: Taqsimlanmagan zaxiralar – IFSdagi jami valyuta zaxiralari va COFERdagi jami taqsimlangan zaxiralar o‘rtasidagi farq. Taqsimlanmagan zaxiralar tarkibiga hozirda IFS uchun zaxira aktivlari to‘g‘risida hisobot beradigan, ammo COFERga hisobot bermaydigan mamlakatlarning valyuta zaxiralari kiradi.
2020 yil 1 yanvar holatiga oltin-valyuta zaxiralari tarkibida xorijiy valyuta ulushi 43 foiz, sof oltin ulushi 56 foizni tashkil etgan bo‘lsa, birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 39 foiz va 60 foizga o‘zgardi (6-rasm).
Mazkur davrda oltin zaxiralari sof hajmi yil boshiga nisbatan 170 ming troy unsiyaga kamayib, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari hajmi qariyb 1,2 mlrd. AQSh dollari miqdoriga oshgan bir paytda, oltin ulushining 4 foiz bandga (56 foizdan 60 foizga) ko‘payishi jahon bozorida oltin narxining sezilarli darajada ko‘tarilishi natijasida sof oltin zaxiralari qoldig‘ini qayta baholashlar bilan izohlanadi.
6-rasm. O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi

Manba: Markaziy bank ma’lumotlari asosida hisob-kitoblar
2020 yil 31 iyul holatiga London oltin bozorida (London vaqti bilan soat 15:00 da) 1 troy unsiya oltin narxi yil boshiga (1515 AQSh doll.) nisbatan 29,7 foizga oshib, 1965 AQSh dollarini tashkil etdi (4-rasm).
7-rasm. London oltin bozorida oltin narxi (London vaqti bilan soat 15:00 holatiga, AQSh doll.)

Manba: ICE Benchmark Administration Limited (IBA)
Mazkur ma’lumotlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, 2020 yil 1 avgust holatiga oltin-valyuta zaxiralari hajmining 5,6 mlrd. AQSh dollariga ko‘payishining 86 foizi (4,8 mlrd. AQSh dollari) oltin narxining (yil boshiga nisbatan 30 foizga yoki 450 AQSh dollariga) oshishi natijasida sof oltin miqdorini qayta baholashlar hissasiga to‘g‘ri keldi (5-rasm). Bunda, eng katta o‘zgarish iyul oyida ro‘y berdi. Mazkur oyda oltin narxining sezilarli darajada ko‘tarilishi oltin-valyuta zaxiralarining (qayta baholashlar hisobiga) 1,99 mlrd. AQSh dollariga oshishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, ta’kidlash lozimki, 2020 yil yanvar-iyul oylarida oltin zaxirasi sof hajmining kamayishi oltin-valyuta zaxiralari umumiy hajmiga 386,6 mln. AQSh dollari miqdorida kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur davrda 3,2 mlrd. AQSh dollarlik (2019 yil mos davriga nisbatan 95,3 foiz ko‘proq) oltin eksport qilindi.
Ushbu raqamlar shundan dalolat beradiki, 2020 yil yanvar-iyul oylarida oltin-valyuta zaxiralarining oshishi asosan jahon bozorida oltin narxining sezilarli darajada ko‘tarilishi hisobiga ro‘y berdi.
5-rasm. O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi o‘zgarishi
mln. AQSh doll.

Manba: Markaziy bank ma’lumotlari asosida hisob-kitoblar
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshirib keladi. Tabiiyki, oltin ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olinishi natijasida bank tizimida ortiqcha likvidlilik vujudga keladi. Shuning uchun, Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirish va inflyasiyani jilovlash maqsadlaridan kelib chiqib, ortiqcha likvidlilikni sterilizatsiya qilib boradi. Buning uchun Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga intervensiya operatsiyalari amalga oshiriladi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling