MUNDARIJA
KIRISH…………….……………….………………………………..…..…….2
I.bob. Burchoqdoshlar oilasiga tavsif
1.1 Burchoqdoshlar oilasi haqida………………………………………………….4
1.2 Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning o’ziga xos belgilari……..…7
II.bob. Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning xillari
2.1. Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi vakillariga tavsif.……………………........13
2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati………………………………………………………………..……...…23
XULOSA.…….…………………….…………………………..….………..…27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………....………..28
ILOVALAR……………………………………………………………….…...29
KIRISH
Tabiatda o'simliklar qoplami hech vaqt bir tur o’simlikdan tuzilmaydi. Uning tarkibiga har doim bir nechta o'simlik turlari kiradi va ular o'simliklar guruhi (fitotsenoz)ni hosil qiladi. O'simliklar guruhi yoki fitotsenoz tashqi muhit va u orqali bir-biri bilan mustahkam bog'langan va ma’lum bir maydonda (hududda) tarqalgan o'simliklar yig'indisidir. O'simliklar guruhi tuzilishi, tarkibi bo'yicha har xil bo'ladi, chunki ularning hosil bo'lishida tabiiy sharoitlar (iqlim, tuproq, nur va boshqalar) katta rol o'ynaydi.
Mavzuning dolzarbligi: Mavzuimizning dolzarbligi shundan iboratki, burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning sonini kamayib borayotganligi, hayvonlar, tabiiy ofatlar va insonlarning ta’siri natijasida yo’qolib borayotganligini o’rganish va shu borada keraklicha hamda yetarli ishlarning qilinayotganligini o’rganish.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903-1992) “Zarafshon daryosi havzasining o'simliklari” (2 tomli), akad. Y.P.Korovin “O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami” (2 tomli), prof. I.I.Granitov “G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami” (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova “Farg'ona vodiysi o'simliklari” (2 tomli) nomli asarlari bilan O'rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.
Mashhur botanik olim P.A.Baranov (1882-1962) O'zbekistonda o'simliklar anatomiyasi va embriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909-1999) esa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar. Akad. A.M.Muzaffarov (1909-1997) O'zbekiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Akad. F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida chet ellardan olib kelingan o'simliklarni o'rganish bo'yicha juda katta ishlar qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |