Mundarija kirish I bob. Burchoqdoshlar oilasiga tavsif


Download 274.38 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi274.38 Kb.
#1624854
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yunusova Dilnura Botanika kurs ishi (2)

Qizilmiya — dukkakdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻtPoyasi sershox, dagʻal, boʻyi 40— 150 sm, tik oʻsadi. Barglari murakkab, toq patsimon, uzunchoq. Gullari binafsha rang , shoda toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi choʻzinchoq dukkakAprel - iyunda gullab mevalaydi. Urugʻi va vegetativ usulda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Ildiz sistemasi kuchli rivojlanadi, 3 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizpoyalaridan yer usti novdalari hosil boʻladi, urugʻi qattiq qobiqli, 30—35° C haroratda koʻkaradi. Oʻrta Osiyoning hamma rayonlarida, jumladan, ToshkentFargʻonaQashqadaryo viloyatlarida tarqalgan. Hamma chopiqtalab ekinlar, ayniqsa, beda va donli ekinlar orasida uchraydisugʻorish kanallari boʻylari, ariq yoqalari, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi. Kurash choralari: yerni haydashda ildiz qoldiqlarini yoʻqotish; nihollari paydo boʻlgach, ekin qator oralariga chuqur ishlov berish; don ekinlariga gerbitsidlar purkash.
Shildirbosh, boʻyan — dukkakdoshlar oilasi boʻyandoshlar’ turkumiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Oʻrta Osiyoda daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlari, adirlar, vodiylarda, toʻqaylarda oʻsadi. Ekinzorlarda begona oʻt sifatida uchraydi. Ildizi tarqoq, poyasi tik, 45—80 sm, barglari toq patsimon, 4— 8 sm, 5—9 juft ellipssimon yoki choʻziqtuxumsimon bargchalari bor. Guli qizgʻish rang. Mevasi dukkak. May oylarida gullab, iyun—avgustda urugʻlaydi. Tarkibida 0,12—0,4% alkaloid (asosan, tibbiyotda qoʻllaniladigan sferofizin) lar bor.
Oqquray (Psoralea L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumikoʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda (P. drupacea Bge.) dukkakli oqquray turi uchraydi. Ildizi yoʻgʻon va uzun. Poyasi tarvaqaylab shoxlangan, uz. 130 sm cha. Barglari oddiy, yaxlit, yumaloq yoki uch boʻlakli, cheti arrasimon, bandli, ket-ma-ket joylashgan. Guli mayda, toʻpguli shingilsimon, gultojisi binafsha rang. Gulkosalari qoʻngʻiroqsimon, 5 tishli. Mevasi bir urugʻli dukkak. Dukkagi paxmoqtukli. Poyasi, bargi hamda mevasi tuk va mayda bezakchalar bilan qoplangan. Iyun—sentabr oylarida gul-,1ab urugʻlaydi. Dorivor oʻsimlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va boshqalar), mevasida efir moyi va boshqa mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligi (vitiligo)ni davolashda ishlatiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, baxrrikor yerlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Choʻl va adir mintaqalariga keng tarqalgan.
Oqmiya (Vexibia alopecuroides (L.) jakov) — dukkakdoshlar oilasiga mansub ildiz bachkili, koʻp yillik karantin begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 40—80 sm. Barglari choʻzinchoq, chetlari yaxlit, kumush-ipaksimon. Gullari sargʻish shoda toʻpgulga yigʻilgan. Urugʻi va ildizpoyalaridan koʻpayadi. Bir tupi 600—800 urugʻ beradi. Urugʻlari zaharli. 15—20° haroratda unib chikali. Ildiz boʻgʻzidan ildizpoyalar oʻsib chiqib, 50—60 sm dan koʻproq chuqurga kirib boradi. Ildizpoyadan koʻplab kurtaklar hosil boʻladi. Oʻrta Osiyoda keng tarkalgan. Beda, gʻoʻza, gʻalla ekinlari orasida uchraydi. Sugʻorish shoxobchalari boʻylari, dala, yoʻl yoqalari, bogʻ, tokzorlar, qoʻriq yerlarda oʻsadi.
Kurash choralari: urugʻlikni tozalash; yerni 30—35 sm chuqurlikda xdydash; chopiqtalab ekinlarni moti-galash; gʻalla ekinlariga 2,4 — D gerbitsidi purkash tavsiya etiladi.

Download 274.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling