Mundarija kirish I bob. Burchoqdoshlar oilasiga tavsif


Download 274.38 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi274.38 Kb.
#1624854
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yunusova Dilnura Botanika kurs ishi (2)

Achchiqmiya (Gobelia pachycarpa)- Burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 — 45 sm, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uzunligi 10 — 18 sm. Gullari poyaning yuqorisida shingil boʻlib joylashgan. Dukkagining uzunligi 4,5 — 6 sm, eni 7 — 9 mm. Achchiqmiya aprel — mayda gullab, iyun — iyulda urugʻlaydi. ToshkentSamarqandFargʻona va Buxoro viloyatlarida turli sharoitda, shuningdek lalmi ekinlar orasida oʻsadi. Eron va Afgʻonistonda xam tarkalgan. Achchiqmiya zaharli oʻsimlikUrugʻida va poyasida 2,5 — 3 % alkaloid (asosan paxikarpin, sofokarpin, soforamin, soforidin va aloperinlar) bor. Paxikarpin alkaloidi tibbiyotda har xil qon va teri kasalliklarini davolashda keng qoʻllaniladi. Achchiqmiya urugʻi aralashgan bugʻdoy uni achchiq va zaxarli boʻladi. Xalq tabobatida Achchiqmiyaning maydalangan urugʻi ovqat xazm boʻlishini yaxshilash va ishtaxa ochishda qoʻllaniladi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, oila haqida quyidagicha ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) - ikki urugʻpallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Baʼzan Burchoqdoshlar oilasini 3 kenja oila - mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye yoki Fabaceae)ga ajratiladi. Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketma-ket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi - dukkakQabila katta Burchoqdoshlar oilasidan iborat, u 12000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi.
Burchoqdoshlar ajdoddagi eng yirik oilalardan bo'lib, 650 ta turkumga mansub 18000 ta turlarni o'z ichiga oladi. Ular Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra o't, yarimbuta, buta va daraxtlardan iborat. Barglari asosan murakkab, ba'zan oddiy, hamisha yonbargchali. Gullari ikki jinsli, zigomorf, ba'zan aktinomorf, shingilsimon, kallaksimon yoki yoyiq to'pgullarda o'rnashgan. Bu oila vakillarining ko’pchiligi bir, ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi.Yer yuzidagi oilalarning o’ziga xos morfalogik tuzilish va etologik tuzilishi bo’lgani kabi yuqoridagi oila vakillarining o’ziga xos jihatlari anchagina.Oilaga o’tloq sebargasi, isirg’ao’t, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak, astragal, burchoq, beda, mosh, no’xot, loviva, soya va yasmiq kabi o’simliklarning o’rganilishi kerak bo’lgan xuxusiyatlari anchagina. Hamda bu o’simliklarning oziq ovqat, texnika, ijtimoiy va iqtisodiy sohasidagi ahamiyati juda kattadir.



Download 274.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling