Mundarija kirish I bob. Burchoqdoshlar oilasiga tavsif
II.Bob. BURCHOQDOSHLAR OILASIGA KIRUVCHI O’SIMLIKLARNING XILLARI
Download 274.38 Kb.
|
Yunusova Dilnura Botanika kurs ishi (2)
II.Bob. BURCHOQDOSHLAR OILASIGA KIRUVCHI O’SIMLIKLARNING XILLARI
2.1. Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi vakillariga tavsif Sebarga (Trifolium) - dukkakdoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. 200 ga yaqin turi Shimoliy Yarimsharning moʼtadil, shuningdek, subtropik mintaqalarida, qisman Janubiy Amerika va Afrikada uchraydi. Qizil (T.pratense L.), pushti sebarga (T. hubridum), oq sebarga (T. repens), misr sebargasi (T. alexandrinun L.), eron sebargasi (T. resupinatum L.) turlari dehqonchilikda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda, asosan, qizil sebarga, misr sebargasi (T. bersim) va ekiladi. Qizil yoki oʻtloq sebargasi ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik. Ildizi oʻq ildiz, 30 - 40 sm chuqurlikda joylashadi, ayrimlari 1 m gacha boradi; ildizida 1-3 mm li tugunaklar hosil boʻladi. Poyasi tik o’sadi, shoxlanadi. Bargi 3 boʻlakli, chetlari tekis, bandining uzunligi 12-20 sm. Guli mayda, qizil, oq, binafsha. Gultoʻplami dumaloq, baʼzida shingilsimon. Bir toʻplamda 100-135 gul mavjud. Mevasi 3-6 urugʻli dukkak, rangi sariq, qoʻngʻir. Urugʻi sariq, binafsha; mayda, 1000 ta urugʻi vazni 1,2-2 g . Urugʻi 1- 2° haroratda unib chiqadi. 15-29° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Moʼtadil nam iqlimga moslashgan. Ekilganidan keyin 6-7 kunda unib chiqadi. Maysasi 65-80 kunda gullaydi, 110-120 kundan keyin urugʻi pishadi. Qizil sebargadan yuqori toʻyimli koʻkat, pichan, silos, vitaminli oʻt uni tayyorlanadi. 100 kg koʻkatida 20 ozuqa birligi, 2,7 kg oqsil, 380 g kalsiy, 70 g fosfor, 400 mg karotin; 100 kg pichanida esa 52,2 ozuqa birligi, 7,9 kg oqsil, 1200 g kalsiy, 340 g fosfor, 2500 mg karotin mavjud. Sebarga tuproqni azot bilan boyitadi. 1 ga da 100-200 kg hisobida sof azot toʻplaydi. Bir dalada S. 2-3 yil davomida oʻstiriladi. Har oʻrimda 1-3 marta sugʻoriladi. Toʻyimli pichan, koʻkat olish uchun gullagan davri boshlanishi bilan oʻrib olinadi. Oʻzbekistonda qizil sebarganing Oʻzbekiston sholichilik institutida UzRos (1954) va Oʻzbekiston 3 (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan. Yeryongʻoq, Xitoy yongʻogʻi (Arachis hupogaea L.) - dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, moyli ekin. 10 dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan mintaqalarida oddiy turi ekiladi. Vatani - Janubiy Amerika (Braziliya). 16-asrda Jan. Amerikadan Osiyoga, soʻng Yevropaga (Xitoydan) tarqalgan. Yeyong'oq Hindiston, Xitoy, Myanma (Birma), Yaponiya, Markaziy va Shimoliy Afrika, AQSH, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Jahon boʻyicha umumiy ekin maydoni 24,7 mln. ga, oʻrtacha hosildorligi 13,4 s/ga, yalpi hosili 33 mln.t tashkil qiladi. Loviya (Phaseolus) - dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Jahon dehqonchiligida Loviyaning oddiy Loviya (P. vulgaris) turi (vatani - Markaziy va Janubiy Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli Loviya, lima Loviyasi, ingichka bargli Loviya, osiyo Loviyasi, adzuki Loviya, guruchsimon Loviya va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida Loviya ekiladigan maydonlar 22 mln.ga (1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi. Oʻzbekistonda qadimdan oddiy Loviya ekiladi. Ildizi - oʻq ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5–2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi oʻtsimon, shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3–4 m gacha yetadi. Bargi murakkab, toq, patsimon, uch boʻlakli. Guli ikki jinsli, barg qoʻltiqlarida bittadan yoki shingil toʻplam hosil qilib joylashadi. Mevasi dukkak, rangi och pushti yoki toʻq jigarrang , kora. Dukkagida 6-12 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti va boshqa rangda. 1000 donasi 50-370 g .Loviya issiqsevar oʻsimlik, urugi kamida 8-10° da unib chiqadi. Maysasi - 0,5, - 1,0° da nobud boʻladi. Maysalanishi uchun 15-18°, gullashi uchun eng qulay harorat 18-25°, meva hosil qilishi uchun 20-23°. L. namsevar, Oʻzbekistonda suvli yerlarga ekiladi. Unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. Oʻsuv davri 75-120 kun. Yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega. Tula pishmagan dukkaklari va donlaridan konserva ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 20-31% oqsil, 0,7-3,6% moy, 50-ye kraxmal, 2,3-7,1% kletchatka, alkil kislotalar mavjud. Poyasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ayrim turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.Asosiy ekin tarzida bahor (apr.ning oxiri yoki may oyi)da va takroriy ekin sifatida iyun oyida ekiladi. 1 ga maydonga 60–250 kg urugʻlik sarflanadi. Ekish chuq. 3-5 sm. Hosil dukkaklari 75-80% pishganda, dukkaklar kam chatnaydigan vaqtda yigʻiladi, xirmonda quritiladi, tozalanadi. Hosildorligi 25-40 s/ga.Navlari. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda Navroʻz, Kaxrabo va boshqa navlari ekiladi. Loviya zararkunandalari: loviya va noʻxat donxoʻrlari; kasalliklardan eng koʻp zararlaydigani antraknoz va bakterioz. Yeryong'oqning ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 2 m. chuq.ga kirib boradi, azot toʻplovchi tugunaklar hosil qiladi. Poyasi oʻtsimon, bal. 50-60 sm, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bagʻirlab oʻsadi. Bargi murakkab, juft patsimon, yoki teskari tuxumsimon shaklda. Har bir barg qoʻltigʻida gultoʻplam (shingil) joylashgan. Gullari ikki jinsli, kapalaksimon; rangi sariq, zargʻaldoq. Yer tagidagi gullari (kleystogamli gullar) ochilmaydi, oʻzidan changlanadi. Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, soʻng pastga qarab oʻsadi, 8-10 sm chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi. Dukkagida 1-6 gacha urugʻi boʻladi. 1000 dona urugʻining vazni 200-1500 g (oʻrtacha 400-500 g). Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 gacha dukkak boʻladi. Ye.yo.- issiqsevar, namsevar, yorugʻsevar va qisqa kun oʻsimligi. Qumoq va unumli tuproqlarga talabchan, shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi oʻsmaydi. Urugʻi 12-15° da unib chiqadi, maysasi - G sovuqda nobud boʻladi. Oʻsuv davri 150-170 kun. Oʻzbekistonda Ye.yo. sugʻoriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20-40 s/ga. Yeryong'oq mevasi tarkibida 48-66% yogʻ va 23-38% oqsil, 22% gacha uglevodlar bor. Urugʻi aksariyat qovurilgan (dukkagi bilan yoki tozalanib) holda isteʼmol qilinadi. Urugʻi va yogʻi qandolatchilik mahsulotlari (xolva, konfet) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yeryong'oq tuproqda biologik azot toʻplab, tuproq unumdorligini oshiradi. Agrotexnikasi chopiq qilinadigan ekinlarnikiga oʻxshash. 2-3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda (aprel oxirida) ekiladi. Fosforli va azotli oʻgʻitlarga talabchan. Urugʻi yoki dukkagi makkajoʻxori yoki chigit seyalkalarida keng qatorlab (60-70 sm) 70x10, 70x15 sxemasida har uyaga 7-8 yoki 4-5 tadan urugʻ tashlab 5-7 sm chuqurlikka ekiladi. Gektariga 70- 100 kg urugʻlik sarflanadi. Oʻsish davrida 4-6 marotaba sugʻoriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, oʻsuv davrida 2-3 marta chopiq qilinadi, ildiz boʻgʻzi tuproq bilan koʻmilsa hosildorlik ancha oshadi. Beda (Medicago) - dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk beda (M. sativa L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 - Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2 - 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik B. madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Janubiy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda B. asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi.Botanik taʼrifi. Poyasi sershox, boʻyi 70 - 150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12-16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk bedaning guli zangori, sariq bedaning guli sariq, duragay beda koʻk-sariq tusda. Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 -3 buralgan dukkak. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 - 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8 - 2,7 g . Ildiz tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 – 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 - 5 tartibli ingichka iddizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan tugunak bakteriyalar rivojlanadi. Bedaning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. Bedaning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki-uch yilda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 - 40 t goʻngga teng keladigan 80 - 120 s ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari: beda uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay bedalar koʻk bedaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Beda namsevar oʻsimlik. Issiq iqlimli r-nlarda sugʻorish bilan yuqori hosil olish mumkin. Beda suv va havoni yaxshi o’tkazadigan qumloq va qumloq gʻovak tuproqlarda yaxshi o’sadi. Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 - 20 yilgacha o’sadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha o’stiriladi. Beda yakka oʻzi yoki arpa, bugʻdoy kabi ekinlar bilan birga bahorda yalpi qatorlab ekiladi. Gektariga 12 – 22 kg urugʻ sarflanadi. Urugʻi 15 - 20 kunda unib chiqadi. Beda urugʻi unib chiqish qobiliyatini 5- 7, baʼzan 10 yilgacha saklaydi. Bahorda alohida ekin sifatida ekilganda koʻpay sharoitda tez o’sadi, birinchi yili sershox, serbarg poyalar hosil qilib gullaydi va urugʻ beradi. Sugʻoriladigan yerlarda beda birinchi yili 40 -50% gul-laganda 2-3 marta, 2 va 3 yillarda esa 40- 45 kun oralatib 5- 6 marta va undan ham koʻproq oʻriladi. Har o’rim oraligʻida 1 - 2 marta sug’oriladi. Oʻrimdan keyin tez koʻklashi bilan boshqa koʻp yillik oʻtlardan ustun turadi. Xoʻjalik ahamiyati. Beda vitamin, oqsilga boy yem-xashak ekinidir. Uning 100 kg koʻk massasi tarkibida 21,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein; 100 kg pichanda 45,3 ozuqa birligi va 10,3 kg hazm boʻladigan protein bor. B. pichani tarkibida 0,35 - 0,40% fosfor, 0,25 - 0,3% kalsiy va boshqa mik-roelementlar boʻladi. Beda ozuqasining hazm boʻlishi 70 - 80% ga yetadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. Beda 2 - 3 yil ichida tuproqda gektariga 300– 400 kg va undan koʻproq azot toʻplaydi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini oʻtaydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. Beda bir mavsumdagi oʻsuv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun oʻzidan gektariga 12-15 ming m3 gacha suv bugʻlatadi. Bedaning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joy-lashgan maydonlarda dehqonchilik sa-maradorligini koʻtarishga yordam beradi va tuproq shoʻrlanishini ancha kamaytiradi. Beda tuproqni vilt qoʻzgʻatuvchidan tozalovchi ekin hamdir. Beda muttasil uch yil eqilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikroorganizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zamburugʻlarni nobud qiladigan antogonistlar toʻplanadi (qarang Almashlab ekish). Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda har gektardan 150 -200 s beda pichani yetishtiriladi. Urugʻlikka moʻljallangan beda-zordan 5 -7 s/ga urugʻ olinadi.Navlari. bedaning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, Oʻzgan va boshqa navlari koʻp tarqalgan (yana q. Dukkakdoshlar). Beda zararkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, beda bitoʻ va boshqa ka -salliklari: zang kasali, unshudring , barg dogʻlanishi va boshqalar. Gledichiya, tikandaraxt (Gleditshia) - burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bargi qoʻsh patsimon murakkab. Gullari bir jinsli., aktinomorf, mayda, koʻkish, barg qoʻltigʻidan chiqqan boshoqsimon chochoq toʻpgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang , Shimoliy va Janubiy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi maʼlum. Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan tikanli Gledichiya (Gleditshia tricanthos) Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ekiladi. Tez usadi, boʻyi 40 m gacha boʻladi. May-iyunda gullaydi; qurgʻoqchilikka chidamli, qattiq tikanli, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi. Gledichiyaning guli nektarga boy Yantoq - dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻrta Osiyoning dasht, choʻl, chala choʻllarida hamda Rossiyaning Yevropa qismidagi chala choʻllarida 5 turi maʼlum. Oʻzbekistonda yantoqning soxta yantoq va qirgʻiz yantogʻi turi oʻsadi. Boʻyi 40-110 sm, tik, sershox, ildizi kuchli rivojlangan, yer osti suvlarigacha yetib boradi (10 m va undan ortiq). Barg qoʻltigʻida qattiq tikanlari bor. Barglari choʻziq, nashtarsimon, barg bandi kalta, ketmaket joylashgan. Gullari mayda, qizil yoki pushti. May- sentyabrda gullaydi, avg .- oktyabr oylarida urugʻlaydi. Mevasi 10 tagacha urugʻ boʻlgan dukkak. Yantoqning yer usti qismi qishda qurib qoladi, bahorda ildiz boʻgʻzidagi kurtaklardan yangi poyalar oʻsib chiqadi. Urugʻi va ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Urugʻi poʻstlogʻi qattiq boʻlganligi tufayli juda sekin unadi. Yantoqning hamma turi tuyachilik va qoʻychilikda yaxshi ozuqa hisoblanadi. Guli va ildizidan xalq tabobatida turli damlamalar tayyorlanadi. Yantoqdan yuqori sifatli yemxashak, silos va oziq uni olinadi. Yantoq yaxshi asal beruvchi oʻsimlik. Daraxtsiz choʻllarda Yantoqdan oʻtin sifatida foydalaniladi. Sugʻoriladigan yerlarda, yoʻl, ariq, kanallar boʻylarida, tashlandiq yerlarda, ekinzorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Astragal (Astragalus) burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. O’t, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon to’pgulda joylashgan. Mevasi dukkak. O’rta Osiyoda 592 va O’zbekistonda 250 turi o’sadi. Talayginasi (no’xatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Kopetdog’ va Turkmanistonda o’sadigan A.dan (A. piletocladus, A. turcmenorum) tibbiyotda, qandolat sanoatida va texnikada qo’llaniladigan, suvda erimay, faqat bo’kadigan tragakant yelimi olinadi. Ayrim turlarining yer ustki qismi tarkibida glitserizin moddasi, flavonoidlar va mikroelementlar bor. Damlamasi gipertoniya kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Tosh va shag’al aralash tog’ oldi va tog’ zonalarida o’suvchi balandligi 30-60 sm kеladigan Isfagon astragali (Astragalus ispaganicus), balandligi 30-80 sm ga qadar bo’lgan ko’p yillik Boysun astragali (A. Boisunensis), balandligi 70-120 sm bo’lgan mеvali astragal, (A. retamocarpus), Sivеrе astragali (A. Siversianushn), yaylovlarda kеng tarqalgan Massa- gеtov astragali - (A. rqassagetovii). Shugnan astragali - (A. Schugnanicus) va Shut astragali - (A. Schuten- e1zni)dеyarli barcha zonalarda uchraydigan bir yillik astragallardan. Shmalgauzеn astragali - (A. Schmal- hausenii), urok,simon astragal - (A. harpilobus), ilon- simon astragal - (A. vicarius), qarmoqsimon astragal –(A.campilotrichus), kunjutsimon astragal - (A. sesamoioles), ingichka poyali astragal - (A. filicaulis) kabilarini ko’rsatish mumkin. Astragallar O’zbеkiston o’simlik qoplamini shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Ular cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarida kеng tarqalgan. Oqsilga boy muhim yеm-xashak o’simliklari, cho’lda bahor oylarida, adir, tog’ va yaylovlarida yoz oylarida muhim ozuqabop ekin hisoblanadi. Beda (Medicago) - dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk beda (Sh. sativa L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 - Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxm. 2 - 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik beda madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Janubiy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi. Botanik taʼrifi. Poyasi sershox, boʻyi 70 - 150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12-16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk bedaning guli zangori, sariq bedaning guli sariq, duragay beda koʻk-sariq tusda. Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 -3 buralgan dukkak. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 - 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8- 2,7 g . Ildiz tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 - 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 - 5 tartibli ingichka ildizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan tugunak bakteriyalar rivojlanadi. Bedaning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. Beda yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki-uch yidda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 - 40 t goʻngga teng keladigan 80 - 120 s ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. Beda uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay bedalar koʻk bedaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli beda namsevar oʻsimlik. Issiq iqlimli r-nlarda sugʻorish bilan yuqori hosil olish mumkin. Beda suv va havoni yaxshi o’tkazadigan qumloq" va qumloq gʻovak tuproqlarda yaxshi o’sadi. Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 - 20 yilgacha usadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha o’stiriladi. Beda yakka oʻzi yoki arpa, bugʻdoy kabi ekinlar bilan birga bahorda yalpi qatorlab ekiladi. Gektariga 12 - 22 kg urugʻ sarflanadi. Urugʻi 15 - 20 kunda unib chiqadi. Beda urugʻi unib chiqish qobiliyatini 5- 7, baʼzan 10 yilgacha saklaydi. Bahorda alohida ekin sifatida ekilganda koʻpay sharoitda tez o’sadi, birinchi yili sershox, serbarg poyalar hosil qilib gullaydi va urugʻ beradi. Sugʻoriladigan yerlarda beda birinchi yili 40 -50% gullaganda 2-3 marta, 2 va 3 oylarda esa 40- 45 kun oralatib 5- 6 marta va undan ham koʻproq oʻrilad. Har Urim oraligʻida 1 2 marta sugoriladi. Oʻrimdan keyin tez koʻklashi bilan boshqa koʻp yillik oʻtlardan ustun turadi.Xoʻjalik ahamiyati. B. vitamin, oqsilga boy yem-xashak ekinidir. Uning 100 kg koʻk massasi tarkibida 21,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein; 100 kg pichanda 45,3 ozuqa birligi va 10,3 kg hazm boʻladigan protein bor. B. pichani tarkibida 0,35 - 0,40% fosfor, 0,25 - 0,3% kalsiy va b. mik-roelementlar boʻladi. Beda ozuqasining hazm boʻlishi 70 - 80% ga yetadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. Beda 2 - 3 yil ichida tuproqda gektariga 300- 400 kg va undan koʻproq azot toʻplaydi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini oʻtaydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. Beda bir mavsumdagi oʻsuv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun oʻzidan gektariga 12-15 ming m3 gacha suv bugʻlatadi. Bedaning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joy-lashgan maydonlarda dehqonchilik sa-maradorligini koʻtarishga yordam beradi va tuproq shoʻrlanishini ancha kamaytiradi. Beda tuproqni vilt qoʻzgʻatuvchidan tozalovchi ekin hamdir. Beda muttasil uch yil ekilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zam-burugʻlarni nobud qiladigan antogonistlar toʻplanadi (q. Almashlab ekish). Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda har gektardan 150 -200 s Beda pichani yetishtiriladi. Urugʻlikka moʻljallangan beda-zordan 5 -7 s/ga urugʻ olinadi. Navlari. B.ning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, Oʻzgan va b. navlari koʻp tarqalgan (yana q. Dukkakdoshlar). B. z a -rarkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, beda bitoʻ va b. K a -salliklari: zang kasali, unshudring , barg dogʻlanishi va boshqalar. Navlari: bedaning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, Oʻzgan va boshqa navlari koʻp tarqalgan Beda zararkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, beda bitoʻ va boshqa kasalliklari: zang kasali, unshudring , barg dogʻlanishi va boshqa. Afsonak (Thermopsis) - burchoqdoshlar oilasiga mansub ko‘p yil-lik o‘tlar turkumi. Asosan Osiyo va Shim. Amerikada o‘sadi. Ko‘pchiligi zaharli. Ba’zi turlari ekinlar orasida o‘sadi. O‘rta Osiyoda bu turkumning 3 turi bo‘lib, O‘zbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alternifl ora nomli turlarining bar-glari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil to‘pgulga yig‘ilgan, kosa-chasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon cho‘ziq, bir oz buqilgan, tukdor. Urug‘lari jigarrang , ba’zan ko‘kimtir. Yozda gul-laydi. A.ning ba’zi turlaridan tibbiyot-da balg‘am ko‘chiruvchi va nafas markazini qo‘zg‘atuvchi dori sifatida foydalaniladi. Soya (Glycine) - dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Jan.Sharqiy Osiyoning nam tropik va subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq Sharqda uchraydi. Vatani - Xitoy. Soya juda qadimdan ekiladigan ekin. Mil. av. 5ming yillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, RF, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha soya ekin maydoni 73,6 mln.ga, oʻrtacha don hosildorligi 22,1 s/ga (2000): Oʻzbekistonda 20-asrning 60 yillaridan keng tarkala boshladi. Oddiy soya (G.max) turining ildizi yaxshi rivojlangan, oʻq ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi). Poyasi dagʻal, silindrsimon, tik o’sadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Bo’yi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2-8 ta boʻladi. Bargi sertuk, bandli, bandining uz. 8-20 sm, barg shapalogʻining uz. 13-15 sm., Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gultoʻplamga yigʻilgan, barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi dukkak, sariq, qora, qoʻngʻir, sertuk. Har bir dukkagida 2-6 ta don bor, 1000 ta doni vazni 40-425 g . Tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yogʻ, 20-32% uglevodlar, 1-2 % litsitin, D. V, E va boshqa vitaminlar bor. Urugʻidan yogʻ, oqsil va glitsitin olinadi. Oʻsuv davri 75-200 kun. Soya issiqsevar va namsevar, yorugsevar qisqa kun oʻsimligi. 21-23° da yaxshi rivojlanadi. Urugʻi 8-10°da unib chiqadi. Soya uzidan changlanadi. Gullash davri 15-55 kun davom etadi. Undan soya uni va moyi (q. Soya moyi) olinadi. Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi ovqatga ishlatiladi. soya unidan sut, tvorog , qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Somoni, tuponi, koʻk poyasi, silosi ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. Oʻzbekiston sholichilik institutida 1981-88 yillarda soyaning Oʻzbekiston 2, Oʻzbekiston 6, Doʻstlik navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun mo‘ljallashtirilgan. Yasmiq, (adas) - dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik donli oʻtsimon oʻsimlik turkumi, don ekini. Oʻrta dengiz, Kichik Osiyo, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda 10 turi tarqalgan. Yasmiqning oddiy xoʻraki turining yirik urugʻli va mayda urugʻli navlari qadimdan Yevropa mamlakatlarida, Shim. Afrika, Kolumbiya, Chili, Rossiya va boshqalar mamlakatlarda ekib kelinadi (Oʻzbekistonda 20-asrning 50-yillariga qadar koʻp ekilgan). Yasmiqning ildizi oʻqildiz, boʻyi 60-70 sm. Bargi murakkab, juft patsimon, uchida jingalaklari bor. Gullari mayda, pushti, binafsha, koʻk, koʻpincha oq, barg qoʻltiqlariga 2-4 tadan joylashgan, oʻzidan changlanadi. Mevasi dukkak, urugʻi yumaloq, sariq, pushti, yashil, jigarrang . 1000 urugʻi vazni 20-65 g . Urugʻi tarkibida 2 3 3 2 % oqsil (oqsil miqdoriga koʻra dukkakli ekinlar oʻrtasida soyadan keyingi oʻrinda turadi), 0,6-2,1% yogʻ, 47-70% kraxmal, 2,3-4,4% kul, 2,44,9% kletchatka, shuningdek, B1 B2vitaminlari bor. Yirik urugʻli yasmiq donidan taomlar tayyorlanadi (tez va ezilib pishadi), un va yorma ishlab chiqariladi, uni kolbasalarga qoʻshiladi, mayda urugʻli yasmiq doni, umuman koʻk massasi, toʻponi chorva mollari uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Yasmiq bahori, issiqsevar, namsevar, qisqa kun va uzun kun oʻsimligi. Urugʻi 4-5° (8-10 kun)da unib chiqadi. Naviga qarab oʻsuv davri 80-120 kun. Qisqa muddatli qorasovuqlar (-8°)ga chidamli. Erta bahorda keng qatorlab ekiladi. Hosili poyaning oʻrta va pastki qismidagi dukkaklar sargʻayganda oʻriladi. Hosildorligi 20-22 s/ga (baʼzan 30-35 s/ga). Akatsiya - (Acacia) juft patsimon bargli uncha katta bulmagan daraxt, gullari aktinomorf. Changchilari och pushti rangli. Akatsiyaning tashki kiyofasi nixoyatda turli-tuman. Avstraliya akatsiyalarining barg shapalori rеluktsiyalangan barg bandi-fillodеyalarga aylangan. Afrika savannalari akatsiyalarining tanasi soyabonsimon 1aklda. Turkumga 500 ga yakin usimlik turi mansub. zbеkistonda akatsiyaning ayrim Acacia deaibata - kumush katsiya dеb ataladigan turi manzarali usimlik sifatida ustiriladi. Mimoza (MimosaXnap) turkumining 350 dan ortik turi Janubiy Amеrika tropiklarida tarkalgan. Kеnja oilaning O’zbеkistonda kеng tarqalgan turkumlari monotip Jinjak (Lagonichum farctum). tropiklarida tarqalgan. Kеnja oilaning Uzbеkistonda kеng tarqalgan turkumlari- gan monotip Jinjak (Lagonichum farctum). Buning balandligi 30-50 sm ga qadar bo’lgan, butacha, loy tuproqli Qarshi va Shеrobod cho’llarida tarqalgan. Uning ildizi va dukkagi tarkibida 12% ga qadar oshlovchi tannid moddasi tufayli qadimda ko’pchilikda ishlatilgan. Download 274.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling