Mundarija kirish I bob. Buyumlar ishlab chiqarish
I BOB.Buyumlar ishlab chiqarish
Download 207.5 Kb.
|
xayotxon maxsulot
I BOB.Buyumlar ishlab chiqarish
Buyumlarni ishlab chiqarishning bosqichlari.Tajriba sexdagi texnologik operatsiyalarning tasnifi Tikuvchilik korxonalarining tajriba sexida yangi model uchun tavsiya etilgan hamma razmer-rostdagi andozalar tayyorlanadi. Andozalar asosan 3 turga bo’linadi: etalon andozalar, ishchi andozalar, yordamchi andozalar va qo’shimcha andozalar. Etalon andozalar asosan, nusxa ko’chirish va ko’paytish uchun ishlatiladi, ko’pincha ular originallar – asl nusxalar deb ham ataladi va hamma kiyimlar detallar konstruksiyasining etaloni hisoblanadi. Ishchi andozalar detallarni bichish bo’rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi, ular asosan 5 ta komplektda tayyorlanadi: 2 tasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo’rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo’rlamalar uchib ketgan joylarni bo’rlash uchun ishlatiladi. Andozalar 0,9–1,2 mm qattiq kartondan tayyorlanadi. Yordamchi andozalar detallarni tikishga tayyorlayotganda bo’r yoki qalam bilan yordamchi chiziq o’tkazish va belgilar qo’yish uchun ishlatiladi. Lentali bichuv mashinasida kiyim detallarini tekislab qirqish uchun qo’shimcha andozalardan foydalaniladi. Andozalarni tayyorlashda ma’lum talablarga javob berish talab etiladi. Ular quyidagilardir: - andozalar tayyor bo’lib qirqilgandan so’ng, ularning cheti aylantirib tamg’alab chiqiladi; - andozaga gazlamani o’rish va arqoq iplari qanday yo’nalishda bo’lishi chiziladi; - hamma andozalarga modelning nomeri, o’lchami, bo’yib yoziladi - ishchi va yordamchi andozalarga texnik nazorat bo’limidan tekshirilib tamg’a qo’yiladi va ular oyda bir yoki ikki marta andoza bilan solishtirib tekshiriladi; - karton qurish natijasida kirishishi mumkin bo’lgani uchun italon andozalari ham chorakda bir marta o’lchash tabeliga asosan tekshiriladi. Ma’lumki gazlama qiymati tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 % tashkil etadi. Mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarish rentabilligini oshirish uchun, bichish paytida chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash kerak. Gazlama shaklini tejash asosan, ma’lum fason uchun uning andozalari satxini to’g’ri o’lchashga bog’liqdir. Kiyim detallarining shakli ko’pincha Murakkab va egri chiziqli konturlaridan iborat. Uni satxini hisoblash ancha murakkab hisoblanadi. Geometrik usulda har qaysi andoza satxi mayda geometrik shakllarga bo’linib, ular aloxida hisoblab chiqiladi. Olingan natijalar yig’ilib, andoza satxi aniqlanadi. Ammo, bu usulda satxni o’lchash uchun ko’p vaqt ketadi. Olingan natija ham aniq bo’lmaydi. Andozalarni tarozida tortish usuli. Andozalar kartondan qirqib olingandan so’ng, ular og’irligi tarozida o’lchanadi. Tarozida tortib o‘lchashning ikki xil usuli bor: - absolyut og’irligini topish buning uchun kiyimning hamma andozalari alohida – alohida tortilib og’irliklari qo’shiladi. - nisbiy og’irligini topish uchun, hamma andozalar birgalikda o’lchanib, umumiy og’irlik aniqlaniladi. So’ngra, shu kartondan bir bo’lak, hajmi 10 sm x 10 sm ya’ni 100 sm2 qirqib olinib, uning ham og’irligi o’lchanadi va shu yuza og’irlikka nisbatan andozalar satxi quyidagi formula orqali aniqlanadi: Sa – andozalarning umumiy satxi Sb – karton bo’lagining satxi Qa – andozalrning umumiy og’irligi Qb – karton bo’lagining og’irligi Bu usul ancha oson va oddiy hisoblanadi, faqat natijalar aniq chiqishi uchun, barcha andozalar bir xil kartondan qirqilgan bo’lishi kerak. 3. Aralash usulda andoza satxining katta qismi to’g’ri burchakli turtburchaklik satxi tarzida topiladi, egri chiziqli qismlarning satxi planimetr bilan o’lchab topiladi. Andozalar satxini fotoelktron mashinada hisoblash usuli maqsadga muvofiqdir. Bu uchun IL mashinasidan foydalaniladi. IL mashinada andozalar satxi yorug’lik turi yordamida, fotoelektron qurilmadan foydalanib o’lchnadi. Bunda, andozalar satxi bevosita o’lchanmay, balki surilib borilayotgan andoza yorug’lik yo’lini to’sgan vaqt mobaynida generator hosil qilgan impulslarni sanasi vositasi bilan hisoblanadi.Yakka ishlab chiqarish qayta tayyorlash ko‘zda tutilmagan kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish shakli oqimsiz bo'lib, tanavorlarga ishlov berish nomlari bir xilda bo'lgan universallardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu uchastkalarga: tokarlik stanoklar uchastkasi; frezerlik stanoklari uchastkasi va boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi buyumlaming soni bitta-beshtadan ko'p bo'lmaganligi sababli, detal xomaki tanavorlari chiviq po'lat prokatlardan, bolg'alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz yerga quyilgan chushkalardan olinadi. Bunday tanavorlarga ishlov berib, detal shakliga keltiiguncha juda ko'p miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffitsiyenti yuqori bo'ladi. Qo'llaniluvchi moslamalar, o'lchagich asboblar ko'pincha universal bo'ladi va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilaming malakasi esa yuqori bo'ladi. Seriyalab ishlab chiqarish deb buyumlami, detallami davriy ravishda qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlash yoki ta’mirlash tushuniladi. Seriyalab ishlab chiqarish, buyumlami yoki detallami ishlab chiqarish hajmiga, murakkabligiga va og'irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o'rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishga aytiladi. Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og'ir mashinasozlik ishlab chiqarishga taalluqli bo'Ub, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo'ladi, ishlab chiqariluvchi buyumlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, soni esa juda ham kam miqdorda bo'ladi. Universal stanoklar bilan bir qatorda dasturli stanoklar ham qo'llaniladi. Ishchilar malakasi yakka ishlab chiqarish kabi juda yuqori bo'ladi. Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri har bitta ishchi joyga tanavorlar partiyalab keltirilishi va shu partiya tanavorlarga sozlangan stanoklarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli potokU ham potoksiz bo'lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko'pincha yakka ishlab chiqarishdagi kabi potoksiz ish tashkil qilish usuli qo'llaniladi. Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan stanoklar sexlarda tanavorlarga ishlov berish texnologik marshruti bo'yicha joylashtiriladi. Universal stanoklar bilan bir qatorda maxsus-agregat stanoklari, raqamli-dasturli boshqariluvchi stanoklar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalari, moslashuvchan avtomatik ishlab chiqarish va boshqalar qo'llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda maxsus yig'ib-tuziluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig'iluvchan moslamalar qo'llaniladi. Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Tanavorlar ko'pincha maxsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda tayyorlangan bo'lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga qaraganda pastroq bo'ladi. Ko'pincha malakaU sozlovchi ishchilar ishlaydi va stanoklami asosiy ishchilarga sozlab beradi. Yirik seriyalab ishlab chiqarish buyum ishlab chiqarish hajmi bo'yicha ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo'lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar texnologik marshrut-rejasi bo'yicha joylashtiriladi. Bu yerda ham ishchilar malakasi past bo'lib, ko'pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita detallami tayyorlash operatsiyasini bajarish biriktirilgan bo'ladi. Operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti 2 ga yaqin bo'ladi. Buyumlami katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda uzluksiz tayyorlanishini yoki ta’mirlanishini ta’minlovchi ishlab chiqarishga ommaviy (ko'plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri bitta ishchiga bitta operatsiyani bajarishni uzoq muddatga bog'lab qo'yilganligidadir. Omaviy ishlab chiqarishda operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti Kb = 1 ga yaqin bo'ladi. Ommaviy ishlab chiqarish bundan tashqari quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: asbob-uskunalaming joylashishi, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikga ega bo‘lgan asbob-uskunalar, maxsus stanoklar, keskich asboblar va moslamalar qo'llaniladi; tanavorlami oqimli liniyalar bo'ylab o'tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish va boshqalar. Qotishmaning tuzilishi, m a’lumki, sof tuzilishiga qaraganda ancha m urakkab bo'ladi. Qotishmanning tuzilishi shu qotishma tarkibiga kirgan komponentlaming o'zaro qanday ta’sir etishiga bog'liq. Qotishmalar quyidagi uch guruhga bo'linadi. 1. Mexanik aralashma. 2. Qattiq eritma. 3. Kimyoviy eritma. Mexanik aralashma komponentlari qattiq holatda bir-birida erimaydi va kimyoviy birikma hosil qilmaydigan qotishmalardir. Qattiq eritma ikki element suyuq holatda bir-birida erigan holatda bo'ladi, kristallanish jarayonida komponentlar bir-birida eriydi. Bunday qotishmaning kristallanishida hosil bo'ladigan qattiq faza qattiq eritma deyiladi. Download 207.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling