Mundarija. Kirish I bob. Davlat mustaqilligi va inson erkinligi qomusi


Download 1.01 Mb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1632045
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 nomer akbar

Kurs ishining maqsadi: Konstitutsiyani o’rganish, unda belgilangan ustivor qonunlarning amaliyotga sifatli va o’z vaqtida tadbiq etilishini jadallashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Birinchidan, bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir.
- Ikkinchidan, bizning Konstitutsiya eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan. Bunda qaysidir davlatning tayyor Konstitutsiyasini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish yo‘lidan bormay, balki eng ilg‘or xorijiy konstitutsiyaviy tajribalarni o‘rgandik va e’tiborga oldik. Natijada endilikda Bosh Qomusimiz dunyo miqyosida ham har qanday taraqqiy topgan davlat Konstitutsiyasi bilan bemalol kuch sinashmoqda.
- Uchinchidan, Konstitutsiyaning g‘oya va normalari o‘zbek xalqining teran tarixiy ildizlariga asoslangan bo‘lib, u ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlarni, ulug‘ ajdodlarimizning huquqiy merosini o‘z ichiga olgan.
Kurs ishining tadqiqot usullari: Kurs ishini yozishda tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, xronologik tizimli tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Kurs ishining amaliy natijalari:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning predmeti va vazifalariga bag’ishlangan ilmiy adabiyotlar va birlamchi manbalarning o’ziga xos umumiy hamda xususiy jihatlari, miqdor va sifat darajasi aniqlandi.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari:Kurs ishining ilmiy natijalaridan mamlakatlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilashda, aynan ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohani rivojlantirish, bozor munosabatlarini yaxshilash,davlatlar oʻrtasida oʻzaro madaniy va manaviy aloqalarni rivojlantirishda,faol davlat organini shakllantirishda asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.
Kurs ishining obyekti O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Komstitutsiya asosiy qomusimiz hisoblanadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling