Mundarija: Kirish I. Bob. Dramatik turning genezesi va tadrijiy takomili


Download 145.5 Kb.
bet4/7
Sana23.03.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1288282
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi. adabiyot

II. Bob. Dramatik tur janrlari1
2.1. Tragediya va komediya : janrlarga xos xususiyatlar
Faqat harakat jarayonidagi g‘oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi; bu o‘z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli – tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to‘liq voqea – hodisalar va xarakterlarning ko‘p qirraligi ko‘plab dramatik janr (ularning hammasini “pyesa” - “bir butun”, “ulush” deb yurutish odati ham hayot)larning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediy, drama, trigokomediya, melodrama, insenirovka intermediya, monodrama va boshqalar.
Komediya (gr. “komos” - ommaviy qo‘shiq nomi) dramatik turning komiklikka asoslangan janridir. Komediyaning markazida komik xarakter turadi. Odatda komik xarakter deganda o‘zida idealga tamoman zid illatlarni jam etuvchi yoki ulardan ayrimlarini namoyon etuvchi personajlar nazarga olinadi. Bu o‘rinda asosiy shartlardan biri shuki, komik personal o‘zining mavjud holatini idrok etmaydi, o‘ziga real baho berishdan ojiz. Aksincha, u o‘zini bor holiga nisbatan tamoman teskari baholashga moyil: g‘irt tentak bo‘lgani holda o`zini aqlli sanaydi, maʼnan tuban bo`lgani holda o‘zini pokdomon biladi - o`zini o‘zgalarga shunday sifatlarda taqdim etishga chiranadi. Masalan, “Parvona”dagi O‘tkuriy: u o‘zining ma’nan tubanligini, axloqan buzuqligini, plagiatligini, oddiy mahmadonaligiyu firibgarligini tan oladimi? Yo‘q, aksincha, u o`zini aqlli, so`zamol, uddaburon, yashashni biladigan va h. fazilatlar egasi deb biladi, shunday ko`rinishga urinadi. Natijada xarakterning mohiyati bilan mavjudligi orasidagi nomutanosiblik, ziddiyat komiklikni yuzaga chiqadi. Komediyada xarakter komikligi bilan holat komikligi ko‘pincha uyg‘unlashib keladi, bir-birini to‘ldiradi. Komediya satirik yoki yumoristik ruhda bo‘lishi mumkin. Har ikki holda ham u g‘oyaviy-hissly inkor qiladi: satirik ruhdagi komediya qalamga olingan xarakter yoki holatni to`la Inkor qilsa, yumoristik ruhdagi komediya xarakter yoki holatdagi ayrim Jihatlami qisman inkor qiladi. Masalan, A.Qahhorning “Tobutdan tovush”, “Og‘riq tishlar” komediyalari satirik ruhdagi asarlar sanalsa, “Oltin devor”da yumoristik ruh ustivorlik qiladi.3 Yuqoridagi asosiy janrlardan tashqari kichik dramaturgik janrlar, shuningdek, turli janr modifikatsiyalari ham mavjud. Jumladan, Janr modifikatsiyasi sifatida musiqali drama, musiqali komediyalar ko`rsatilishi mumkin. Musiqa jo‘rligida ijro etishga mo‘ljallangani, dialog va monologlar o‘rini qisman vokal (ariya va duetlar) egallashi ularning o‘ziga xosligini, sintetik san’at namunasi ekanligini ko‘rsatadi. Ayrim san’at turlarining, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi natijasida dramatik turning yangi janrlari paydo bo‘ldi, vojlanishi dramati borlari faollashdi. Masalan, estrada san’atining rivoji natijasida monolog janri dunyoga keldi, qo‘g‘irchoq teatrlari rivoji va modernizatsiyasi uning uchun yoziladigan pyessalarni faollashtirdi, televideniyening rivoji esa intermediya janrini faollashtirdi. Komediyada voqealar bilamizki kulguga olingan holda beriladi. Bu xususiyati bilan u “tragediyaga tamoman qarshidir. Tragediyaning mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning qahramonlari ma’naviy inson tablatining substansial kuchlari bilan to‘la bo‘lgan shaxslardir, komediyaning mi-aqliy zaruriyatdan mahrum tasodiflar, sharpalar dunyosi yoki bor kabi ko‘rinib, haqiqatda mavjud bo‘lmagan voqelik hodisalaridir ; komediyaning qahramonlari o‘z ma’naviy tabiyatining substansial (tub, mohiyat.) asoslaridan voz kechgan odamlardir. Shuning uchun tragediyaning koʻrsatgan ta’sir ruhni qaltiratuvchi muqaddas dahshatdir, komediya ko‘rsatgan ta’sir sho‘x kulgudir..tragediya o‘z hayotining tor doirasida faqat yuksak momentlarni, qahramon voqeasining shoirona momentlarini to‘plasa, komediya har kungi hayotning oddiy ko‘rinishlarini, uning mayda-chuydasini, tasodiflarini ko‘rsatadi” 4 Komediyaning mohiyati-komik konfliktga bog‘liq bo‘lib, unda “hayot o‘z- o‘zini inkor qiladi” 5, ya’ni aslida xunuk, zararli, razil va nopok xulqli inson (mazmun) o‘zini yaxshi, ilg‘or, pok, odamiy qilib ko‘rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo‘lsa, kulgu keltirib chiqarad.6 Unda shoirning shaxsi faqat tashqi jihatdan ko‘rinmaydi, deb yozadi V.Belinskiy. Lekin uning subyektiv mushohadasi yashirin fikr sifatida ko‘p komediyada bevosita hozir bo‘ladi, komediyada ko‘rsatilgan hayvonlar va rasqara basharalar orqasidan sizga boshqa yuzlar, go‘zal, insonly yuzlar ko‘ringanday bo‘ladi, kulgusi sho‘x xursandchilikni emas, alam va norozilikni ifoda qiladi... Badiiy komediyaning eng yaxshi namunasi namunasi Gogolning “Revizor” nomli asaridir. O‘zbek adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning Ishi”, Abdulla Qahhorning “So‘nggi nusxalar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, Erkin Vohidovning “Oltin devor”, Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, Abduqahhor Ibrohimovning “Zo‘ldir” kabi asarlari ham komediya janrini rivojlantirish ishiga qo‘shilgan hissalardir.

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling